Javoblar
1. Qo‘zg‘almas fazani ushlovchi qog‘ozga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qog‘oz kulsiz va organik chiqindilardan xoli bo‘lishi;
qog‘ozning qalinligi butun satx bo‘ylab bir xilligi;
qo‘zg‘aluvchi faza va aniqlanuvchi modda bilan reaksiyaga kirishmasligi;
standart eritmani aniq va to‘liq ajratib berishi;
qo‘zg‘aluvchi fazani bir xil tezlikda xarakatlanishini ta’minlashi;
2. Ma’lum vaqt o’tgan qo’zg’aluvchi fazadan
Xolis bo’lgan qo’g’oz tasmasi rangli birikmalar hosli qiluvchi reaktivlar bilan purkaladi.
3. Maxsus xromatografik qog‘oz bo‘lmagan xollarda oddiy filtr qog‘oz tasmasi olinib, uni 0,1n natriy ishqoriy spirtli eritmasi bilan so‘ng 2% xlorid kislota eritmasi bilan yuvib quritilgach, xromatografik jarayon uchun qo‘llash mumkin.
4. xromatografik qog‘ozlar yuqori sifatli paxta tolalaridan maxsus tayyorlanadi. Ular N1, 2, 3, 4 raqamlari bilan va M, B va "Vatman" belgilari bilan chiqarilib, sekin va tez xromatografik jarayonlar o‘tkazishda qo‘llaniladi. Qog‘oz qancha zich bo‘lsa, (B) qo‘zg‘aluvchi faza xarakati shunchalik sekin
bo‘ladi.
5. Xromatografik qog‘oz sifatida maxsus tayyorlangan qog‘ozlardan tashqari zichligi yuqori bo‘lgan filtr qog‘ozlar, vatman xromatografik qog‘ozlarini ham ishlatish mumkin.Odatda to‘rt xil xromatografik qog‘ozlar ishlab chiqiladi. N1,2,3,4. Ular tolalarini zichligi, erituvchilarni qo‘zg‘alishi tezligi bilan bir-biridan farqlanadi.
N1,2 raqamli xromatografik qog‘ozlar zichligi kam bo‘lgani uchun ular "tez",3, 4 raqamlilar esa zichligi yuqori bo‘lgani uchun "sekin" xromatogramma olinuvchi xromatografik qog‘ozlar deb yuritiladi.
Xromatografik qog‘ozni asosan uni 1 m2 hajmini og‘irligi (gr.), qatlam qalinligi (mm), vaqt birligida erituvchini, suvni hamda n-butanol - sirka kislotasi - suv (4:1:5) aralashmasini qo‘zg‘alish vaqti xisobi bilan belgilanadi.
Aniq xromatogramma olishda, ya’ni moddalar aralashmasini aniq ajralishini ta’minlashda qog‘oz tolalarini erituvchini yurish yo‘li bo‘yicha joylashishi katta ahamiyatga ega.
6. .Qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz o‘z tarkibida ma’lum miqdorda qo‘zg‘almas faza ya’ni suv saqlashi lozim. Odatda xromatografik qog‘oz gidrofil bo‘ladi, chunki qog‘oz tarkibida 20-22 % suv saqlaydi.
7. Suvda erimaydigan moddalarni ajratishda qog‘ozni gidrofil holatidan gidrofob holatiga o‘tkaziladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: qog‘ozni turli gidrofob moddalar bilan shimdirish va qog‘ozni atsetillash.
Masalan: qog‘ozni 1% parafinni petroleyn efiridagi eritmasi bilan shimdirish, 0,5% kauchukni benzoldagi eritmasi bilan shimdirish, 1-2% tozalangan o‘simlik yog‘ini etil efiridagi eritmasi bilan shimdirish.Qog‘oz xromatografiyasi variantlari bir tomonlama yuqoridan pastga, bir tomonlama pastdan yuqoriga, ikki tomonlama xromatografik usulda, aylana (radial) xromatografik usulda, qog‘oz kolonkali xromatografiyasi hamda elektroforetik xromatografik taqsimlanish usullaridan iborat.
8. Xromatografik qog‘ozni atsetirlash uchun uni atsetirlovchi aralashma bilan shimdiriladi. Atsetirlovchi aralashma 90 ml sirka angidridi,10ml petroleyn efiri, 8-10 tomchi konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan tayyorlanib, qog‘oz shu aralashmaga 45 daqiqaga bo‘ktiriladi, so‘ngra uni olib, oqar suvda 15 daqiqa davomida yuviladi, 10-15 daqiqa distillangan suvda qoldirilib, so‘ng yuviladi va quritiladi.
9. Xromatografik qog‘ozning gidrofobligini gidrofoblangan qog‘ozda bajariladigan xromatogramma asosan suvda erimaydigan yoki yomon eriydigan moddalarga nisbatan keng qo‘llaniladi. Gidro-foblangan xromatografik qog‘ozda qo‘zg‘almas faza sifatida qutbsiz erituvchi, qo‘zg‘aluvchi faza sifatida qutbli erituvchilar olinadi.
10. Gidrofoblangan xromatografik qog‘ozlar gidrofoblangan qog‘ozda bajariladigan xromatogramma asosan suvda erimaydigan yoki yomon eriydigan moddalarga nisbatan keng qo‘llaniladi. Gidro-foblangan xromatografik qog‘ozda qo‘zg‘almas faza sifatida qutbsiz erituvchi, qo‘zg‘aluvchi faza sifatida qutbli erituvchilar olinadi.
11. Tahlil qilinayotgan aralashma komopnentlarni ajralishi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi faza suyuq fazalar yoki suyuq va gaz xolidagi fazalar orasidagi taqsimlanish koeffitsentlarni turliligiga asoslansa, birinchi yo‘nalish suyuqlik – suyuqlik, ikkinchi gaz suyuqlik taqsimlanishi xromatografiyasi deyiladi.
12. Qo‘zg‘almas faza qattiq, qo‘zg‘aluvchan faza suyuqlik yoki gaz bo‘lishi mumkin. SHu sababli suyuqlik – qattiq modda yoki gaz – qattiq modda xromatografiyasi bo‘lishi mumkin. Bu xromatografiya turi har xil ko‘rinishga ega.Qo‘zg‘almas faza qattiq modda bo‘lsa, tahlil qilinayotgan modda (sarbat) qattiq faza (sorbent) bilan o‘zaro ta’siri yana: adsorbsiya akti – molekulyar adsorbsion xromatografiyasi bo‘lishi mumkin. qattiq faza ionlarini eritmalardagi ionlarga almashishi ionalmashinuv xromatografiyasi. xromatografik tahlilida qiyin eruvchi moddalarni kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘lishi va bir biridan ajralishi cho‘ktiruvchi xromatografiyasi.
13. Qog‘oz tolalarining kapillyar quvvati hisobiga qo‘zg‘aluvchi erituvchi sistemasi qog‘oz tasmasi bo‘ylab sekin asta shimilib yuqoriga ko‘tariladi va u o‘zi bilan start nuqtasiga qo‘yilgan aniqlanuvchi aralashma komponentlarini ham xarakatlantiradi. Zarur kenglik va uzunlikda qirqib olingan xromatografik qog‘ozni bir uchidan start chizio‘i belgilanib, u erga nuqta xolida (yoki chiziqli xolda) aniqlanuvchi namuna aralashmasi kapillyar naycha yordamida shimdiriladi va nuqta dog‘i quriguncha kutiladi. So‘ng qog‘oz tasmasi start chizig‘i tomoni bilan oldindan tayyorlab qo‘yilgan, organik erituvchi sistemasi qo‘yilib, uning bug‘i bilan 20-30 daqiqa to‘yintirilgan kameraga tushiriladi va maxsus moslama yordamida osib qo‘yiladi.
14. Xromatografik jarayonni bajarish uchun zarur bo‘lgan qog‘oz o‘lchami qirqib olingach, uning bir tomoniga (start), qirg‘og‘idan 2-3 sm yuqorida nuqtalar belgilanib, tekshiriluvchi namuna eritmasi kapillyar naychalar yordamida shimdi-riladi, bunda shimilishdan hosil bo‘ladigan namlik diametri 0,5 sm dan oshmasligi kerak. Nuqta qurigach xromatografik lenta avvaldan qo‘zg‘aluvchi faza porlari bilan 20-30 daqiqa davomida to‘yintirilgan kolonkaga joylashtiriladi.
15. Qo‘zg‘aluvchi faza gaz bo‘lsa, u gaz suyuqlik xromatografiyasi deyiladi. Qo‘zg‘aduvchi faza modda bo‘lsa, u xolda bu fazada eriydigan qattiq suyuqlik moddalar tekshirilishi mumkin. Agar qo‘zg‘aluvchi faza gaz bo‘lsa, tahlil qilinayotgan moddalar gaz yoki bug‘ xolatida bo‘lishi lozim.
16.Qog‘oz xromatografiyasida moddani qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas fazalar orasidagi miqdoriy proporsiya bilan aniqlash katta xatoliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun Rf qiymati asosida xisoblab toppish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |