Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari



Download 6,28 Mb.
bet91/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari

Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni va bug‘larni uzluksiz tarzda avtomatik
tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa bu usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning mikrokonsentrasiyasini, toza gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar konsentrasiyasini, shuningdek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentrasiyasini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi.
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida biror komponentning konsentrasiyasi
aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralashmasining elektrkimyoviy xossalarining o‘zarishiga qarab aniqlanadi. Quyida eng ko‘p tarqalgan asboblar ko‘rib chiqiladi.
Konduktometrik gaz analizatorlari gaz aralashmasining o‘lchanadigan
komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini
o‘lchashga asoslangan. Kontaktli konduktometrik usullar shu bilan xarakterlanadiki, yutuvchi eritma o‘lchash yacheykasining elektrodlari bilan bevosita kontaktlashadi. Bu asboblar murakkab qurilmalar bo‘lishni talab qilmaydi, ko‘rsatishlarni bevosita hisoblab borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda. YUtuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi.
Dissosiasiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda kamayadi.
YUtuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishi
natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o‘lchash elektrodlarida
cho‘kmalar hosil bo‘ladi, bu esa o‘lchash natijalarini xato ko‘rsatadi va
komponentlarning mikrokonsentrasiyalarini aniqlashda gaz analizatorlaridan
foydalanishni cheklab qo‘yadi. Konduktometrik o‘lchashlar uchun o‘lchanayotgan komponent absorbsiyasining qaytar reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin; ularning afzalliklari: reaksiyalarda cho‘kmalar absorbsiyalanmaydi va yutuvchi eritmalarning regenerasiyalanish imkoni bor. Biroq, ko‘pgina hollarda bunday yutuvchi eritmalarning tanlash darajasi kam bo‘ladi. 6.7- rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorning sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillyar naycha 1 orqali o‘tadi va reaksiya boradigan idish 2 hamda chulg‘amli naycha 3 ga beriladi, u erda aniqlanadigan komponent o‘zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit eritmasi bilan absorbsiyalanadi. SHundan keyin elektrolit eritmasi bir juft elektrodlari 5 turgan o‘lchash yacheykasidan o‘tadi, gaz fazasi esa gaz analizatoridan naycha 6 orqali chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7 naychada turadi, bu naycha orqali elektrolitning yangi eritmasi beriladi.

SHunday qilib, gaz analizatorlarida elektrolit eritmasining elektr


o‘tkazuvchanligi o‘lchanayotgan komponent absorbsiyalanguncha va
absorbsiyalangandan keyin o‘lchanadi. O‘tkazuvchanlik qiymatlaridagi farqlar
aniqlanadigan komponentning ikkilamchi asbob 8 yordamida o‘lchanadigan
konsentrasiyasiga mutanosib bo‘ladi. Elektroliz vaqtida cho‘kmalar hosil bo‘lishining
oldini olish uchun yacheyka elektrodlariga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, keyin
bu kuchlanish to‘g‘rilanadi.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashga asoslangan gaz analizatoridan O2, CO2,
H2S, SO2, NH3, suv bug‘i va boshqa komponentlarni tahlil qilishda foydalanish
mumkin.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish