4.Mustahkamlash.(16 min)
a) masofaga oid masala
b) amaliy ish
5.Dam olish daqiqasi.(2 min)
Yangi yil she’rlari
6.Yakunlash.(2 min)
a) g`olib guruhni aniqlash.
b) uyga vazifa
c) darsni yakunlash.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’qituvchi:
Salom aziz bolalarim
Gulu rayhon lolalarim
Qani, tinglang so’zlarim
Jajji o’g’il qizlarim
Ona yurt egasisiz,
Keksalarning suyanchisiz,
Istiqlol ertasisiz
Bo’ling aqlu rasolar
Ham bilimdon donolar.
Bugun oddiy dars emas
Balki soinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan
Bu hammadan yaxshidir
Qani, ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Bizga aytib beradi?
Navbatchi:
Bugun hafta kunining beshinchisi bo’ladi.
Olloh ushbu kunga katta nazar solibdi.
Barcha yaxshi yumushlar
Ushbu kunning o’zida ijobat ham bo’libdi.
O`qituvchi: Qaysi darsni boshlaymiz?
O`quvchi: O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilisimi.
O’qituvchi:
Tayyormisiz, o’g’il – qizim?
Boshlayman ustoz so’zim.
Odob boshi assalom
Ishning boshi intizom.
Oltindan qimmat duo,
Berar bizga nur ziyo.
Berar ta’lim tarbiya.
Darsimiz matematika.
Matematika fani –
Fanlarning kalitidir.
Matematikasiz hayot,
Quruq cho’lning o’zidir
Olim bo’laman desang
Matematikani o’rgan
Bu fan ila Ulug’bek
Fazolarga yo’l ochgan.
a) psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar hozir sizga ertak aytib beraman.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan.O`tgan zamonda emas hozirgi zamonda bir ajoyib maktab bor ekan.Har tong shu maktab tomon bir-biridan aqlli,odobli, bilimdon bolajonlar bilim egallash uchun shoshib kelarkan.19 - dekabr ayni qish tongida, ha shu bugun tongda 4 o`rtoq maktab tomon kelayotib yo`lda uchrashib qolishibdi. Ularga yana bir bola yetib olibdi.O`rtoqlar bir-birlari bilan qo`l berishib salomlashibdilar. Qani bolalar aytingchi qo`l berib ko`ri-shishlar soni jami nechta bo`ladi? Chizmada ko`rsating.
J avob: 10 ta
Javoblar tinglanadi. To`g`ri javob tanlanib rag`batlantiriladi.
b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash mezoni bilan tanishtirish.
O`qituvchi: Rahmat barakalla, bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan Harakat bir vaqtda boshlanganda masofa bilan vaqt orasidagi bog’lanish o`rganamiz.
Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`lingan: 1.Bilimdonlar
2.Zukkolar
3.Topqirlar
Demak,har bir guruhda to’qqiztadan o`quvchi bo`lib, har bir topshiriq bajarilganda guruh uchun bitta baho qo`yiladi. Baholash mezoni quyidagicha:
Topshiriqlar to`liq va aniq bajarilganda – 5 bahoni bildiruvchi qorparcha bilan;
Topshiriq chala bajarilganda – 4 bahoni bildiruvchi to`rtburchak bilan;
Topshiriq qoniqarsiz bajarilganda – 3 bahoni bildiruvchi uchburchak bilan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |