Bir pallali yoki lolasimon o`simliklar sinfi-monocotyledonae yoki liliopsida



Download 1,54 Mb.
bet1/12
Sana12.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#781245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azimova Xumora


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA (turlari bo`yicha) YO`NALISHI
KECHKI BO`LIM 1-KURS TALABASI
AZIMOVA XUMORANING
BOTANIKA FANIDAN

KURS ISHI



Mavzu: Bir urug`pallalilar sinfi

Qabul qildi: Sotiboldiyeva D.
Toshkent – 2022


Reja:



  1. Kirish.

II . Asosiy qism

  1. Bir urug’ pallalilar yoki lolasimonlar sinfi tavsifi

  2. Bir pallali o`simliklarning ikki pallali o`simliklarga o`xshashligi va farqi

  3. Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Bu sinfga 104 oila, 3000 turkum va 63000 tur kiradi. Bular gulli o`simliklarning yaqin 25% tashkil etadi. Bu sinf urug` pallasining 1 ta bo`lishidan tashqari bir qancha o`ziga xos belgilarga ega.
Mavzuning maqsadi: 1. Lolanomalar qabilasi haqida umumiy ma`lumotga ega bo`lish. 2.Lolanomalar qabilasi sistematikasi va tartibini o’rganish.
O'simliklar dunyosi vakillari tabiatda juda keng tarqalgan: ulami quruqlikda, chuchuk va sho'r suvlarda, hatto Arktika va Antarktida muzliklarida ham uchratish mumkin. O'simliklar Yer yuzasida keng tarqalishidan tashqari juda xilma-xildir. Bularni bir-biridan ajratish va turli maqsadlarda foydalanish uchun ulami har tomonlama o rganish zarur. Yer sharida tarqalgan o'simliklarni o'rganish bilan botanika fani shug'ullanadi. Hozirda o'simliklarning ichki va tashqi tuzilishi, o'sishi, rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muxit bilan o'zaro munosabatlari, Yer sharidagi o'simliklar qoplamining tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o'simliklar olamining kelib chiqishi, o'simliklarning tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli o'simlik turlarining tabiiy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish yo'llarini, yem-xashak, dorivor, mevali, sabzavot, texnik va boshqa turlarni madaniylashtirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish tabiatni va o'simliklar resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish botanikaning oldida turgan vazifalardir.
O'simliklar foydalanish xarakteriga ko'ra bir nechta guruhlarga ajratiladi. Bunda eng muhimi inson uchun ozuqa hisoblangan o'simliklardir. Ularga bug'doy, sholi, makkajo'xori kabi qimmatli o'simliklar kiradi. Sabzavot o'simliklari, rezavor mevali, yong'oq meva, boshoqli, dukkakli, madaniy o'simliklar ham katta ahamiyatga ega O'simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moy beruvchi, efir moyli, tola beruvchi, oshlovchi, bo'yoq beruvchi o'simliklardir. Uchinchi guruhga dorivor o'simliklar kiritilib, ular kishilami turli kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Qishloq xo'jaligida yem-xashak hisoblangan o'simliklar to'rtinchi guruh sifatida ahamiyatga ega. Beshinchi guruxni bakteriya va zamburug'lar tashkil etib bijg'ish jarayonlarida va tuproq unumdorligini oshirishda katta rol o'ynaydi. Insonning xo'jalik faoliyatida o'simliklardan hosil bo'lgan mahsulotlar toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va neft kabilar muhim ahamiyatga ega.
Tirik tabiatning muhim tarkibiy qismi bo'lgan o'simliklar biologik moddalami normal aylanishini ta'minlaydi, atmosferani kislorod bilan boyitadi, organik moddalami to'playdi. Bu esa o'z navbatida inson va hayvonlar uchun ozuqadir. O'simliklar mikro iqlimga ham ta'sir etadi, issiqlik balansini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligini oshiradi va joyning suv va shamol rejimlariga ta'sir etadi. Barcha o'simlik turlari ilmiy-amaliy maqsadlar uchun bitmas-tuganmas boylik hisoblanadi. Shuning uchun ham noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik turlarini muhofaza qilish muhimdir. O'zbekistonda 1998 yillarda chop etilgan Qizil kitobga 301 ta o'simlik turlari kiritildi.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish