Bir o`zgaruvchili funktsiyalarning integral hisobi


Ikki o‘zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari



Download 3,16 Mb.
bet26/50
Sana24.06.2022
Hajmi3,16 Mb.
#699109
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Bir o`zgaruvchili funktsiyalarning integral hisobi

Ikki o‘zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari. Bir o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi ∆f funksiya orttirmasining ∆x argument orttirmasiga nisbatining ∆x→0 bo‘lgandagi limiti kabi aniqlanishini eslatib o‘tamiz. Ikki o‘zgaruvchili funksiya uchun ham hosila tushunchasini shunday tarzda kiritamiz.
Berilgan z=f(x,y) funksiya biror D sohada aniqlangan va M(x,y) shu sohaning ichki nuqtasi bo‘lsin. Bu nuqtaning x abssissasiga x orttirma berib, yordinatani o‘zgartirmay qoldiramiz. Bunda hosil bo‘ladigan N(x+x,y) nuqta ham D sohaga tegishli deb hisoblaymiz. Bu holda z=f(x,y) funksiyaning o‘zgarishi
xf = f (x+x , y) – f (x, y),
ya’ni x argument bo‘yicha xususiy orttirma orqali ifodalanadi.
Ta'rif.Agar z=f(x,y) funksiyaning х bo‘yicha х f xususiy
orttirmasining x argument orttirmasiga nisbati x→0 bo‘lganda chekli limitga ega bo‘lsa, bu limit qiymati funksiyaning x bo‘yicha xususiy hosilasi deb ataladi.
Bu hosila

kabi belgilardan biri bilan belgilanadi. Bunda indeks yoki maxrajdagi x belgi hosila x argument bo‘yicha olinayotganligini ifodalaydi. Ta’rifga ko‘ra
. (1)
Bu yerda xf xususiy orttirma faqat x hisobiga o‘zgarib, unda y o‘zgarmas bo‘ladi. Shu sababli xususiy hosila bir x o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi singari aniqlanadi. Bundan z=f(x,y) funksiyaning x bo‘yicha xususiy hosilasini hisoblashda ikkinchi y o‘zgaruvchinio‘zgarmas son kabi qarash kerakligi va oldin ko‘rib o‘tilgan hosilalar jadvali hamda differensiallash qoidalaridan foydalanish mumkinligi kelib chiqadi.
Masalan,


.
Xuddi shunday tarzda z = f (x,y) funksiyaning

kabi belgilanadigan у bo‘yicha xususiy hosilasi kiritiladi:
. (2)
Yuqoridagi misolda xo‘zgaruvchini o‘zgarmas deb qarab, y bo‘yicha xususiy hosilani hisoblaymiz:


Yana bir misol sifatida

funksiyaning xususiy hosilalarini hisoblaymiz:

.
Bir o‘zgaruvchili funksiya hosilasining gеomеtrik mazmuniga o‘xshash ikki o‘zgaruvchili z=f(x,y) funksiyaning xususiy hosilalarining ham gеomеtrik mazmuni mavjud. Yuqorida aytilgandek, bu funksiya grafigi biror S sirtni ifodalaydi. Bu sirtga tegishli M0(x0, y0) nuqtani qaraymiz. Bu holda f(x,y0)=φ(x) bir o‘zgaruvchili funksiya bu S sirtni y=y0 tekislik bilan kesishda hosil bo‘ladigan biror L chiziqni ifodalaydi. Shu sababli x bo‘yicha xususiy hosilaning son qiymati L chiziqqa M0(x0, y0) nuqta o‘tkazilgan urinmaning burchak koeffitsiyentini ifodalaydi.

9-MAVZU: YUQORI TARTIBLI XUSUSIY HOSILALAR. YUQORI TARTIBLI DIFFERENTSIALLAR. OSHKORMAS FUNKSIYANI DIFFERENTSIALLASH. SIRTGA OʻTKAZILGAN URINMA TEKISLIK VA NORMAL TENGLAMALARI. KOʻP OʻZGARUVCHILI FUNKSIYANING EKSTREMUMLARI. SHARTLI EKSTREMUM. KOʻP OʻZGARUVCHILI FUNKSIYALARNI MUHANDISLIK MASALALARINI YECHISHGA TADBIQI.

REJA:

  1. Ko`p o`zgaruvchili funktsiyaning yuqori tartibli xususiy hosilalari va differentsiali.

  2. Teylor formulasi. Oshkormas funktsiyaning mavjudligi haqidagi teorema.

  3. Oshkormas funktsiyani differentsiallash.

Ko`p o`zgaruvchili funktsiyaning yuqori tartibli xususiy hosilalari va differentsiali. Teylor formulasi. Oshkormas funktsiyaning mavjudligi haqidagi teorema. Oshkormas funktsiyani differentsiallash. Berilgan z=f(x,y) funksiyaning



xususiy hosilalari mavjud bo‘lsin. Bu holda ular ху o‘zgaruvchilarning funksiyalari bo‘ladi va shuning uchun ulardan yana xususiy hosilalar olish mumkin. Agar bu xususiy hosilalar mavjud bo‘lsa, unda

z=f(x,y) funksiyaning ху argumentlari bo‘yicha II tartibli xususiy hosilalari,

esa z=f(x,y) funksiyaning II tartibli aralash hosilalari deyiladi. Shunday qilib jami 4 ta II tartibli hosilalarga ega bo‘lamiz.
Masalan, funksiyaning I tartibli xususiy hosilalari

bo‘lgani uchun uning II tartibli hosilalari quyidagicha bo‘ladi:

Yana bir misol sifatida yuqorida ko‘rib o‘tilgan
funksiyaning II tartibli hosilalarini topamiz:


Bu misollarda II tartibli aralash hosilalar o‘zaro teng, ya’ni ekanligini ko‘ramiz. Ammo bu tenglik barcha funksiyalar uchun o‘rinli bo‘lishi shart emas. Masalan, ushbu funksiyani qaraymiz:

Bu funksiyani xbo‘yicha xususiy hosilasini hisoblab, quyidagi natijani olamiz:

Bu yerda x=0 deb,

natijaga kelamiz. Xuddi shunday tarzda ekanligini ko‘rish mumkin. Demak, bu funksiya uchun O(0,0) nuqtada II tartibli aralash hosilalar o‘zaro teng emas.
Ammo ma’lum bir shartlarni qanoatlantiradigan funksiyalar uchun yuqoridagi misollarda ko‘rilgan aralash hosilalar tengligi o‘rinli bo‘ladi.
1-TEOREMA: Agar z=f(x,y) funksiya va uning hosilalari М(х,у) nuqta va uning biror atrofida aniqlangan, bu nuqtada II tartibli aralash hosilalar uzluksiz bo‘lsa, unda aralash hosilalar bu nuqtada o‘zaro teng, ya’ni bo‘ladi.
Bu teorema aralash hosilalar haqidagi teorema deb ataladi va uni isbotsiz qabul qilamiz.
O‘z navbatida z=f(x,y) funksiyaning II tartibli hosilalaridan yana xususiy hosilalar olib (ular mavjud bo‘lgan taqdirda), quyidagi 8 ta III tartibli hosilalarga ega bo‘lamiz:
.
Bu jarayonni davom ettirib, ikki o‘zgaruvchili funksiyalar uchun 2n ta n- tartibli hosilalarni n–1-tartibli hosilalar orqali birin-ketin aniqlab borish mumkin.
Ikki o‘zgaruvchili funksiya xususiy hosilalarining iqtisodiy tatbig‘iga doir bir misol qaraymiz. Yo‘lovchilar soni z bilan aholi soni x va shaharlar orasidagi masofa y o‘zaro z=x2/y ikki o‘zgaruvchili funksiya ko‘rinishida bog‘langan. Bu holda xususiy hosila shaharlar orasidagi masofa y bir xil bo‘lganda yo‘lovchilar sonini oshishi x aholi soniga k=2 koeffitsiyent bilan to‘g‘ri proporsional bog‘langanligini ifodalaydi. xususiy hosiladan esa aholi soni xo‘zgarmaganda yo‘lovchilar sonini oshishi shaharlar orasidagi y masofaning kvadratiga teskari proporsional bo‘lishi kelib chiqadi .

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish