Ishning bajarilishi
Probirkaga arabinoza yoki boshqa pentozaning bir necha donachasidan solib, ustiga ikki marta suyultirilgan konsentrlangan xlorid kislotadan 2 ml quyiladi va aralashma biroz qaynatiladi. Probirka og’ziga anilin atsetat bilan hoʻllangan filtr qog’oz tutiladi yoki probirkaga 1-2 ml anilin quyiladi. Eritma ( yoki anilinli qogʻoz) to’q qizil tusga kiradi.
6-tajriba.Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash
3-dezoksipentozaga aromatik amin (difenilamin) qo’shib asta-sekin qizdirilsa, ko’k rangli kompleks birikma hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |