Laboratoriya ishi № 21
Tamakidan nikotin alkaloidini ajratib olish.
Kerakli asboblar: 200ml Stakan, Voronka, ajratkich voronka.konussimon kolba
Reaktivlar: Tamaki o’simligi, Sulfat kislotaning 10%li eritmasi, Natriy ishqorining 10%li eritmasi.
Ishning borishi: 200-250 ml sig’imli konussimon kolbaga 10g tamaki, sulfat kislotaning 10%li eritmasidan (100 ml) solib shtativga to’r ustida 10-15 daqiqa qaynatamiz. Keyin sovitib Burma filtr orqali filtrlaymiz. Filtratda ishqoriy muhit hosil bo’lgancha natriy ishqorining 10% li eritmasidan tomchilatib qo’shamiz. Neytrallangan filtratni ajratish voronkaga quyib ustiga 50 ml xloroform qo’shib voronka og’zini yopib aralashtiramiz. 2-3 marta chayqatgach voronka jo’mragini yuqoriga ko’tarib turib jo’mrakni ochib bug’larini chiqarib yuboramiz va yana yopib 2-3 marta chayqatamiz. Aralashma ikki qavatga ajragach xloroform qavatini jo’mrak orqali ajratib olamiz. Xloroformda nikotin o’tganligini bilish uchun kapilyar yordamida 1 tomchi olib filtr qog’oziga tomizamiz yoki purkaymiz. Bunda qizil dog’ paydo bo’lishi xloroformga nikotin o’tganligidan dalolat beradi.
Nikotin.
100 gr tamaki chinni havonchaga 15 gr so’ndirilgan ohak bilan ezib maydalanadi va aralashmani yumaloq tubli kolbaga solib suv bug’i bilan haydaladi; haydash xlorid kislota qo’shib kislotali muhit hosil qilingan na’muna distillat 2% li kremniy volfram kislota eritmasi bilan cho’kma bermaguncha davom ettiriladi. So’ngra distillat maydalangan oksalat kislota bilan kislotali muhitga keltirilib, suv hammomida sharbat holiga kelguncha bug’lantiriladi. Quyultirilgan eritma sovutilgandan so’ng nikotin oksalati va tamakida bo’lgan boshqa alkaloidlarning tuzlari cho’kadi. Cho’kma filtrlanadi va erkin holidagi alkaloidni olish uchun cho’kma 30% li ishqor eritmasi bilan ishlangandan so’ng, eritma 3-4 marta (har gal 30-40ml dan) efir bilan ekstraksiya qilinadi.
Efirli ekstraktni potash bilan quritib haydaladi va kolbada qolgan organic asosning yig’indisi pipetkasimon qilib tayyorlangan shisha moy yordamida ikki yonida yopiq o’simtasi bo’lgan 3-5 ml sig’imli haydash kolbasiga solib, paraffin hammomi bilan vakuumda haydaladi. Distillat oldindan tortilgan pipetkasimon nayga yig’ilib, uning miqdori aniqlanadi va olingan modda shu idishning o’zida kavsharlangan holda saqlanadi (nikotin-zahar). Bu olingan asosning tarkibida oz miqdorda bo’lsa ham boshqa alkaloidlar bo’ladi. Nikotinning qaynash temperaturasi 247,30S (760 mm sim.ust), 1200S (14 mm sim.ust).
Yangi haydalgan nikotin rangsiz, hidsiz moysimon suyuqlik bo’lib, u turishi bilan (vaqt o’tishi bilan) yopishqoq holga kelib qorayib ketadi. Nikotin ko’p organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |