Gerbariy papkasi Tesha Qog’ozlar Qalam Fotoaparat
Ekskursiyani tashkil etish: O’simliklar qoplamini o’rganishda to’qay yoki cho’llarda 1 m2dan 100m2gacha namuna maydonchasi ajratib olinadi va quyidagi tomonlariga e’tibor beriladi.
1. O’simliklarning turlar tarkibi. 2. Qavatlilik tizilmasi. 3. Fenologik holatlari. 4. Mo’lligi.
Ekskursiyaning borishi: O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’linadi.
1.to’qay yoki shahar o’rmonlaridan 100 m2 namuna maydonchasi ajratib oling va u yerdagi daraxt va butalarni aniqlang. Namuna maydonchasida urug’dan unib chiqqan maysalar yoki yosh o’simliklar qancha miqdorda uchraydi? Natijalarni quyidagi jadvalga qayd eting.
№
|
O’simlikning
nomi
|
Maysalar
soni
|
Yosh o’simliklar
soni
|
Voyaga yetgan o’simliklar
soni
|
|
|
|
|
|
2. O’t o’simliklar qoplamini o’rganing. Qaysi o’tlar ko’p yoki kam uchraydi? jadvalni to’ldiring.
№
|
O’simlikning
nomi
|
Ko’p uchraydi
|
Kam uchraydi
|
|
|
|
|
3. To’qay yoki shahar o’rmonlarida o’simliklar bir biriga nisbatan fazoda qanday joy egallaydi? Ayrim qavatliliklardagi turlarning hayot sharoitlari qanday? Quyidagi jadvalni to’ldiring.
№
|
Qavatlilik (yarus)
|
Shakl hosil qoluvchi omillar
|
O’simlikning moslashish xususiyatlari
|
I
|
|
|
|
II
|
|
|
|
III
|
|
|
|
IV
|
|
|
|
V
|
|
|
|
4. Hamjamoalardagi o’simliklar o’rtasidagi asosiy bog’lanishlarni aniqlang.
Turlar o’rtasidagi bog’lanishlar nomi
|
O’zoro aloqa bog’lanishdagi organizmlar
|
Ahamiyati
|
Simbioz
|
Zamburug’ va yuksak o’simlik
|
Har ikki organizm uchun ijobiy
|
Mikoriza
|
|
|
Parazitlik
|
|
|
Yirtqichlik
|
|
|
Raqobat
|
|
|
5. To’qaydagi ozuqa zanjirini aniqlang. Namuna uchun quyidagi jadvalni to’ldiring.
O’simliklar
|
O’txor hayvonlar
|
Etxor hayvonlar
|
O’ta yirtqich hayvonlar
|
Ajriq
|
Chigirtka
|
Qirg’ovul
|
Kalxat
|
Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.
6-sinf biologiya.
3-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Xona o’simliklarini ko’paytirish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga xona o’simliklarini ko’payish yollarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Tuproqlar, gultuvaklar, xona o’simliklari, pichoq.
Tuproqlar Gultuvaklar Xona o’simliklari Pichoq
Ishning borishi: Gultuvaklarga 3-5 kun oldin tuproq solinib suv solib qo’yiladi.
1. Tuproq aralashmasini tayyorlash.
Tuproqlar
|
Qism hisobida
|
Chimli tuproq
|
Barg chirindisi yoki parnik go’ngi
|
Qush go’ngi
|
Og’ir
|
3
|
1
|
1
|
O’rtacha
|
2
|
2
|
1
|
Yengil
|
1
|
3
|
1
|
2. Xona o’simliklarini qalamchalaridan ko’paytirish. Buning uchun 2-3 hafta oldin 3-5 tagacha kurtagi bo’lgan novdalar kesib olinadi. Qum sulingan tuvakda yoki suvga 2 ta kurtagigacha solinib qo’yilsa 2-3 haftadan so’ng ildiz otadi.
3. Xona o’simliklarini tuplarga ajratib ko’paytirish. Ildizpoyali o’simliklarni tuplarini bo’lib kesilgan joyiga ko’mir kukuni sepib tuvaklarga o’tko’ziladi va yengil tuproq bilan atroflari zichlanadi.
Qalamchalardan ko’paytirish. Tupidan ko’paytirish.
4.Quyidagi jadvalni to’ldiring.
O’simliklar nomi
|
Ko’paytirish usullari.
|
Qalamchalaridan
|
Tupidan
|
Gajaklaridan
|
Parxesh usulida
|
Yorongul
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
1- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Tirik tufelka harakatini, tuzilishini, ta’sirlanishini mikroskop ostida kuzatish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash va tirik obektlar bilan mustaqil ishlash, o’z-o’zini nazorat qilish va baholash ko’nikmasini hosil qilish. Tufelka misolida bir hujayralilarning tuzilishi, harakatlanishi va ta’sirlanishini mustaqil o’rganish va kuzatish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), nina,tufelkali pichan ivitmasi, mikroskop, soat oynasi, qoplag’ich oynacha, buyum oynasi, tomizgich, kongo bo’yog’i, shisha tayoqcha, filtr qag’ozi, yashil metil, 1:1nisbatdagi suv va sirka kislota eritmasi.
Mikroskop Buyum oynasi Tomizgich Kongo bo’yog’i Pichan ivitmasi Nina
Ishning borishi:
1. 2-3 kun oldin pichan iliq suvga solinib ivitib qo’yiladi.
2. Tomizgich yordamida tufelka ko’paytirilayotgan pichan ivitmasidan 15-20 tomchi olib, soat oynasiga tomizilib unga biroz qizil kongo bo’yog’i qo’shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Tomizgich yordamida bo’yoqli ivitmadan bir tomchi olib buyum oynasiga tomiziladi. Tufelka harakatini sekinlashtirish uchun paxta tolasi tashlanadi va filtr qag’oz yordamida suvi so’rdirib olinadi va preparat tayyorlanadi.
3. Preparatni mikroskopning kichik va katta obektivlarida kuzatib. Tufelka topiladi va uni harakatlanishi, oziqlanishi og’iz teshiqi chiqaruvchi teshigi va ichki tuzilishi aniqlanadi.
4. Buyum oynasiga ikki tomchi suv tomizilib igna bilan ingichka kanalcha orqali tutashtiriladi va unga bir tomchi tufelkali ivitma solinib bir tamoniga osh tuzi solinadi, shunda tufelka toza suvli tomonga o’tishini kuzating.
5. Bir tomchi ivitmani buyum oynasiga tomizib ustidan metil bo’yog’i va sirka kislota tomiziladi, bunda tufelka otiluvchi tanachalarini otib halok bo’lishini ko’rish mumkin. 6.Tufelkaning rasmi chizib olinadi va izohlanib xulosa yoziladi.
1-2-ish. Preparat tayyorlash.
3-4-ish. Preparatni mikroskopda kuzatib, Tufelka topiladi. Tashqi va ichki tuzilishi, hamda tasirlanishi o’rganiladi.
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
2- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Yomg’ir chuvalchangining tuzilishi, harakatlanishi va refleksini kuzatish.
Mashg’ulotning maqsadi: Yomg’ir chuvalchangining tashqi tuzilishi va harakatlanishi tuproq muhitida yashashga moslashganligi to’g’risida tushuncha hosil qilish, o’quvchilarda hayvonlarni mustaqil o’rganish va kuzatish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), tirik chuvalchang solingan nam tuproqli idish, lupa, oyna, karton qag’oz, chizgich.
Tirik chuvalchang Lupa Oyna Karton qog’oz Chizgich
Ishning borishi: Tirik chuvalchang tuproqdan olinib quyidagi ishlar bajariladi.
1. Tanasining oldingi konussimon ingichkalashgan va keyingi birmuncha to’mtoq romonini aniqlanadi.
2. Tana halqalari lupa yordamida sanab chiqiladi, uning turli qismlarida halqaning katta kichikligi aniqlanadi.
3. Tananing qoramtir do’ng orqa va oqish yassi qorin tomonini aniqlab, oldingi tomonidagi belbog’ topiladi.
4. Orqa va qorin yirik tomirlari topiladi va ularning yo’nalishi aniqlanadi.
5. Chuvalchang bir qavat silliq bo’lmagan qog’oz ustiga qo’yiladi. Yomg’ir chuvalchangi qog’oz ustida harakatlanganda uning tuklari qag’ozga ishqalanib shitirlagan tovush chiqarishi tinglanadi.
6. Juda ehtiyotkorliklik bilan barmog’ingizni chuvalchangning qorin tomoni bo’ylab orqadan oldinga, keyin oldindan orqaga yuriting. Bunda chuvalchangning tuklari barmog’ingizga tegishini sezasiz
7. Lupa yordamida tana halqalarining qorin tomonida joylashgan tuklarini toping.
8. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo’lmagan qag’oz ustiga qo’yib, uning harakatini kuzating. Uning oyna ustida qiyin harakatlanishi sababini tushuntiring.
9. Cho’p yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga tekkizib ko’ring va chuvalchangning harakatini kuzating.
10. Chizgich bilan chuvalchang tanasini uzunligini har-xil holatda o’lchab ko’ring. Chuvalchang rasmini chizib, a’zolarini ko’rsating.
11. Chuvalchangni tuproq ustiga qo’yib, uni tuproq zarralari orasiga suqilib kirishini kuzating.
Uyga vazifa: Mashg’ulotning texnologik xaritasini to’ldirib xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
3- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Hashorotlarning tashqi tuzilishini yashil bronza qo’ng’izi misolida o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: Hashorotlar tashqi ko’rinishi va tuzilishini tabiiy materiallardan o’rganish, o’quvchilarning tirik obekt bilan ishlash, o’z-o’zini baholash va bilimini nazorat qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), Bronza qo’ng’izi (qotirilgan yoki fiksatsiya qilingan), chigirtka, hashorotlarning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi rasmlar, kichik qaychi, lupa.
Bronza qo’ng’izi Lupa Qaychi
Ishning borishi:
1. Hashorotlarning tashqi ko’rinishi kuzatilib, tanasining uzunligi va rangi aniqlanadi.
2. Tanasining bosh, ko’krak va qorin qismlari aniqlab olinadi.
3. Bosh qismida joylashgan ko’rish (ko’zlar), hid bilish (mo’ylov) va og’iz organlari shunchaki ko’z bilan yoki lupa yordamida tekshiriladi. Mo’ylovlarning tuzilishidagi farq aniqlanadi.
4. Oyoqlarining tuzilishi, bo’g’imlarga bo’linishi, tirnoqlari, oldingi va keyingi oyoqlarining tuzilishidagi farq, oyoq bilan tana qismlari o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.
5. Ko’krak bo’limidagi ikki juft qanotlaridan birinchi jufti (ustki qanoti) qisqich yordamida ko’tarilib, ikkala juft qanotlarining bir-biridan farqi yoki o’xshashligi aniqlanadi.
6. Qanotlar qaychi yordamida kesilib, qorin qisminig tuzilishi ko’zdan kechiriladi.
Lupa yordamida qorin qismida joylashgan nafas olish teshiklari topiladi.
Uyga vazifa: Mashg’ulotning texnologik xaritasini to’ldirib, xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
4- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Baliqlarning tashqi tuzilishi va harakatlanishini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: Zog’ora baliq misolida baliqlarning tashqi tuzilishi va harakatlanishi bilan tanishish, O’quvchilarda tabiiy obektlarni o’rganish, kuzatish va rasmini chizish ko’nikmasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), Tirik yoki formalin eritmasida fiksatsiyalangan zog’ara baliq (o’rganishdan oldin bir necha soat formalin hidi ketguncha sovuq suvda yuviladi), suvli akvarium, yoki kengroq idish, qo’l lupasi, shisha tayoqcha.
Zog’ora balaiq Lupa Suvli akvarium
Ishning borishi:
1. Baliqni suvli kengroq idishga olib, gavda tuzilishi, tanasining rangi, tangachalarining joylashishi aniqlanadi.
2. Baliq tanasining qorin va orqa tomonining rangi bir xilda bo’lmasligi sababini tushuntiring.
3. Bosh, gavda va dum qismlarining qo’shilib ketganligi, tanasining ikki yondan siqilganligi, yashash muhiti bilan qanday bog’liqligiga e’tibor bering.
5. Tirik baliq terisi shilimshiq bo’lishiga e’tibor berib uni nima ahamiyati borligini ayting.
6. Tangachalarining oldingi uchi teriga botib keyingi uchi terisiniing ustida turganligini kuzating.
7. Baliqning og’zi va ko’zining joylashuviga e’tibor bering, labi va ko’zining tuzilishini o’rganing.
8. Boshining ustida joylashgan burun teshiklari va ikki yonida joylashgan jabra qapqoqlarini o’rganing. Jabra qopqoqlarini ko’tarib jabra yoriqlarini toping.
9. Baliq tanasidagi juft va toq suzgichlarni o’rganing va vazifasini tushuntiring.
10. Akvariumdagi baliqning suzgichlarining harakatiga, jabra qopqog’ining ochilib yopilish mohiyatini tushuntiring. Shisha naycha bilan akvarium urilgandagi baliqning harakatini kuzating.
Uyga vazifa: Mashg’ulotning texnologik xaritasini to’ldirib xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
5- Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Qushlarning tashqi tuzilishi. Qushlarning pat va par qoplamini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda qushlarning tana shakli va pat qoplami tuzilishining havoda uchishga moslashganligi to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Mashg’ulotning texnologik xaritasi(har bir o’quvchiga bittadan), Qush tulumi yoki tirik kaptar, patlar komplekti, qo’l lupasi, mikroskop.
Qush tulumi Lupa Patlar komplekti
Ishning borishi: 1. Tulum yordamida qushlarning tashqi tuzilishini o’rganing. Boshi, bo’yni, qanotlari, dumi va oyoqlarini diqqat bilan ko’zdan kechiring.
2. Qush tumshug’ining tuzilishini ko’zdan kechiring. Tili, burun va quloq teshigini toping.
3. Qush oyoqlari quyi qismining tangachalar bilan qoplanganligini kuzating. Oyoqlaridagi barmoqlarini sanang, barmoqlarining qanday joylashganligiga e’tibor bering.
4. Qushning pat qoplamini diqqat bilan ko’zdan kechiring. Patlarning qush tanasida qanday joylashganligiga e’tibor bering. Eng yirik va mayda patlarning qanday joylashganligini aniqlang.
5. Qoplag’ich kontur patlarni ko’zdan kechiring, pat uchi, yelpigichi va o’zagini toping. Pat yelpigichida o’siqchalarning joylashishini lupa va mikroskop yordamida tekshiring. Pat yelpigichini nina bilan titib, mikroskopda birinchi va ikkinchi tartib o’siqchalarni toping.
6. Yelpigichi titilgan patni siqilgan barmoqlaringiz orasidan o’tkazib, yelpigichni yana o’z holatiga kelishini tekshirib ko’ring.
7. Pat va parlarning tuzilishini solishtirib ko’rib, ular orasidagi farqni aniqlang. Pat va momiq parning tuzilishini daftaringizga chizib oling.
8. Qushlar bilan sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va teri qoplami o’rtasida qanday o’xshashlik va farq borligini aniqlang.
1-ko’zi, 2-burun teshigi, 3-ustki tumshuq, 4-til, 5-ostki tumshuq, 6-ilik,
7-barmoqlar,8-dum, 9-qanot, 10-bo’yin, 11-quloq teshigi, 12-bosh,
13-kontur qoqish pat, 14-kontur qoplag’ich pat, 15-par, 16-birinchi tartib o’siqchalar, 17-ikkinchi tartib o’siqchalar, 18-o’zak, 19-qalam uchi.
Uyga vazifa: Mashg’ulotning texnologik xaritasini to’ldirib, xulosa yozib kelish.
7-sinf biologiya.
1-Ekskursiya.
Mavzu: “O’lkamiz qushlari va sut emizuvchi hayvonlarining xilma-xilligi, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida tabiat, tabiat muzeyi, hayvonot bog’iga yoki “chorvochilikning asosiy tarmoqlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida chorvochilik fermalariga ekskursiya.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda hayvonlarni tashqi muhit bilan o’zoro aloqasi va moslanishlari kabi tushunchalarni rivojlantirish hamda fauna ya’ni hayvonot olami, mahalliy qushlar hamjamoalari bilan tanishtirish. O’quvchilarni tabiatda o’zini tutish ko’nikmalarini rivojlantirish, hayvonlar olamiga nisbatan ongli munosabatda bo’lishni o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qog’ozlar, blaknot, qalam, fotoaparat.
Do'stlaringiz bilan baham: |