Biologiya fanidan uzviylashtirilgan dts talablari asosida bajariladigan labarotoriya, amaliy mashg’ulot va sayohat darslarini tashkil qilish metodikasi



Download 1,79 Mb.
bet1/7
Sana08.09.2017
Hajmi1,79 Mb.
#20537
  1   2   3   4   5   6   7
Biologiya fanidan uzviylashtirilgan DTS talablari asosida bajariladigan labarotoriya, amaliy mashg’ulot va sayohat darslarini tashkil qilish metodikasi
(5-9 sinflar)


Urganch 2015 yil

Biologiya fanidan uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga kiritilgan amaliy va o’quv laboratoriya mashg’ulotlari hamda ekskursiyalar.


5-9 sinflar


Sinflarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar.

Laboratoriya mashg’uloti.

Amaliy mashg’ulot.

Ekskursiya.

Sinflarda jami ajratilgan soat.

5- sinf uchun.

4 soat




2 soat

6 soat

6- sinf uchun.

2 soat

3 soat

3 soat

8 soat

7- sinf uchun.

5 soat




1 soat

6 soat

8- sinf uchun.

10 soat







10 soat

9- sinf uchun.

9 soat




1 soat

10 soat

jami

30 soat

3 soat

7 soat

40 soat



5-sinf biologiya.

1-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: . Gulli o’simliklarning organlari bilan tanishish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga gulli o’simliklarning qanday organlari borligini va ularning o’zoro bog’likligini o’rgatish. Gulli o’simliklar insonlar hayotida qanday ahamiyati borligini hamda qanday hatotiy shakllarga ega ekanligini o’gatish.

Kerakli jihozlar: Qurttana va gulhayri o’simliklari, Pinset, lupa, gerbariylar.

scanner1

Gullar Pinset Lupa Gerbariylar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

I. Darslikdagi “gulli o’simliklar va ularning o’rganlari” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

1. Daraxt va butalar o’rtasida qanday farq bor?

2. O’t o’simliklar qanday guruhlarga bo’linadi?

3. Ko’p yillik o’tlar bir yillik o’tlardan qanday farq qiladi?

4. O’simliklar tanasini qanday organlarga ajratish mumkin?

5. Gulli o’simliklarnimg yer yuzida necha turi bor?

6. Gulli o’simliklar insonlar hayotida qanday ahamiyatga ega?

II Gulli o’simliklarning organlarining tuzilishini o’rganish.

1. Qurttana va dorivor gulhayri o’simliklarini ko’zdan kechiring.

2. Bu o’simliklarning organlarini toping. So’ngra har ikkala o’simlikning organlarini taqqoslang. Botonikadan tutgan daftaringizga bu o’simliklarning rasmini chizing va organlari nomlarini yozing.

3.O’simliklar gulini ko’zdan kechiring (gulhayri gulini). Gulbandi, gulqo’rg’oni, (Kosachabarglari, tojbarglari). Changchilari va urug’chisini toping. Changchilari va urug’chisini lupada ko’ring. Botonikadan tutgan daftaringizga bu o’simliklarning rasmini chizing.




Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

5-sinf biologiya.

1-Ekskursiya.

Mavzu: Kuzda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan tanishish .

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga kuzda o’simliklar hayotida ro’y beradigan biologik o’zgarishlarni va kuz faslida ayrim o’simliklarda uchraydigan o’ziga xos o’zgarishlarni o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Gerbariy papkasi, tesha yoki pichoq, qog’ozlar, urug’ va mevalarni yig’ish uchun qutichalar yoki polietilen xaltachalar, topshiriqlar yozilgan kartochkalar, tabiatda o’zini qanday tutish kerakligi haqida eslatma, navbatchi “yashil patrullar” uchun bog’lagichlar, yon daftar, fotoaparat.



Gerbariy papkasi Tesha Qog’ozlar Yashil patrullar Fotoaparat

Ishning borishi: O’quvchilar guruhlarga ajratiladi.

I. Darslikdagi “Kuzda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

1. Kuzda tabiat qanday o’zgaradi?

2. Kuzda ham gullab turuvchi qanday o’simliklarni bilasiz?

3.Nima uchun qishki sovuqlarda daraxt va butalar nobud bo’lmaydi?



II. Kuzda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan tanishish .

1. Yo’l yoqalarida, ekinlar orasida, dala va xiyobonlarda qanday o’simliklarni uchratdingiz? Ular qanday ko’rinishda (daraxt, butalar yoki o’t o’simlik)? Kuzatganlaringiz asosida quyidagi jadvalni to’ldiring. Begona o’tlardan gerbariy tuzing.



O’simliklar nomi

Daraxtlar

Butalar

Yarim butalar

O’t o’simliklar

Bir yillik

Ikki yillik

Ko’p yillik

Jiyda

+





































2. 2-3 ta o’simlikning rasmini yon daftaringizga chizib, organlarini ko’rsating. Meva va barglaridan namunalar oling.

3. Daraxt va buta barglarining rangi qanday o’zgargan? Qaysi o’simliklarda xazonrezgilik boshlangan, qaysilarida tugagan? Qaysi o’simlik barglarining rangi hali yashil rangda, yil bo’yi yashil rangda turadigan o’simlik bormi? To’kilgan barglardan namunalar yig’ing.

4. Qaysi o’simliklarda gullash haligacha davom etayapdi? Biror o’simlik gulini olib diqqat bilan qarab chiqing. Gul qismlarini toping, sonini aniqlang.

5. Qanday o’simliklarda meva va urug’lar hosil bo’lgan? Bir necha o’simlik urug’laridan namunalar oling, ularni bir biridan farqini ayting.
Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.

5-sinf biologiya.

2-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Mikroskopning tuzilishi bilan tanishish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga kattalashtirib ko’rsatuvchi asboblarni lupa va mikroskopning tuzilishini va ishlatish tartibini o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Mikroskop, qo’l lupasi yoki shtativli lupa, buyum oynasi, prepraval nina.



Mikroskop Qo’l lupasi

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

I. lupaning tuzilishini va ishlatish tartibini o’rganish.

1. Qo’l lupasining umumiy ko’rinishi bilan tanishib chiqing.

2. lupani ko’zingizdan 10-12 sm uzoqlashtirib, uning ostida buyum oynachasiga qo’yilgan tarvuz yoki pomidor etidan ozroq olib ko’ring. Ko’rganlaringizni botanikadan tutgan daftaringizga chizib oling.

II. Mikroskopning tuzilishini va ishlatish tartibini o’rganish.

1. Mikroskopning umumiy tuzilishini ko’rib chiqing.

2. Mikroskopning mexanik qismlari qanday bo’laklardan tuzilganligiga e’tibor bering, optik qismlariga nimalar kiradi?

3. Mikroskopning necha marta kattalashtirib ko’rsatayotganini aniqlang.

4. Mikroskopning rasmini chizib oling.

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

5-sinf biologiya.

3-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Piyoz po’stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko’rish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga mikroskop bilan ishlash tartibini va vaqtinchalik preparat tayyorlashni o’rgatish va bu borada malaka ko’nikmalarini shakllantirish.

Kerakli jihozlar: Qizil piyoz, tukli chigit, mikroskop, pichoq, pinset, suv tomizhich, buyum va qoplag’ich oyna.



Mikroskop Qizil piyoz Pichoq Tomizgich Pinset

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

I. Mikroskopning ishga tushirish tartibi.

1. Mikroskop bilan har doim o’tirgan holda ishlanadi.

2. Mikroskopni chap ko’zingiz ro’parasiga to’g’irlab, stol chekkasidan 3-4 sm ichkarida qo’yiladi. Ishlash uchun zarur bo’lgan jihozlar va daftar mikroskopning o’ng tomonida bo’ladi.

3. Mikroskopni okulyari, obektivi va ko’zgusi artiladi. Diafragmani to’liq ochiladi hamda kondensor yuqoriga ko’tariladi (kichik obektiv 8x buyum stolidan taxminan 1 sm yuqorida turishi kerak).

4. Chap ko’z bilan okulyarga qarab, ko’zguni yorug’lik tomon harakatlantirib, yorug’lik to’plab olinadi.

II Preparat tayyorlash tartibi.

1. Piyoz epidermisidan o’tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo’lakchalar tayyorlanadi.

2. Buyum va qoplag’ich oynalar tozalab yuviladi.

3. Buyum oynasiga 2-3 tomchi suv tomizib, pinset yoki prepravol nina yordamida piyoz epidermisi joylashtiriladi.

4. Olingan obekt asta sekin havo pufakchalari chiqarilgan holda qoplag’ich oyna bilan yopiladi.

5. Preparat mikroskopning buyum stolchasi ustida joylashtirilib, qisqichlar yordamida mahkamlab qo’yiladi.

6. Makrovint yordamida obektiv Preparatga 4-5 mm masofa qolguncha pastga tushiriladi.

7. Chap ko’z yordamida okulyarga qarab, makrovintni o’ziga tomon buragan holda asta-sekin ko’tarib, buyumning aniq tasviri hosil qilinadi.

8. Katta obektivda ishlash uchun revolverdan foydalaniladi. Odatda katta obektivga o’tkazilganda buyumning xira tasviri ko’rinadi, makrovint orqali uning aniq tasviri hosil qilinadi.

9. Ishning ohirida mikroskop kichik obektivga o’tkazilib, undan so’ng preparat buyum stolchasidan chiqarib olinadi



1-ish. Piyoz po’stidan yupqa kesik ajratib olish. 2-3 ish. Preparat tayyorlash.



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

5-sinf biologiya.

4-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Ildizning tizimlari bilan tanishish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga loviya, bug’doy o’simliklarining ildiz turlari, ildiz tizimlari, undagi bo’linuvchi, o’suvchi, shimuvchi va o’tkazuvchi qismlarini o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Mikroskop, lupa, loviya, bug’doy o’simligining bankada o’stirilgan maysalari, ustara, pinset, suv tomizhich, buyum va qoplag’ich oyna (mikropreparat ildizning ko’ndalangiga kesigidan tayyorlanadi).



Mikroskop

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

1. Lupa yordamida loviya, bug’doy o’simliklarining ildiz turlari aniqlanadi.

2. Lupa yordamida loviya, bug’doy o’simliklari ildiz tizilishi o’rganiladi va ildiz tizimlari aniqlanadi.

3. Lupa yordamida loviya, bug’doy o’simliklari ildiz tikchalarini kuzating.

4. Tayyor mikropreparatlardan yoki o’zingiz tayyorlagan preparatlardan (ildizning ko’ndalang va bo’ylama kesimidan tayyorlangan) foydalanib mikroskop orqali ildiz tuzilishini ko’ring. Undagi bo’linish o’sish, shimish va o’tkazuvchi qismlarni aniqlang hamda rasmini botanikadan tutgan daftaringizga chizib oling.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

5-sinf biologiya.

2-Ekskursiya.

Mavzu: Issiqxonalarda o’stiriladigan o’stiriladigan o’simliklar bilan tanishish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga issiqxona va parniklarda o’simlik yetishtirish usullarini o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Qog’ozlar, blaknot, qalam, ruchka, fotoaparat.



Qog’ozlar Qalam Fotoaparat

Ishning borishi: Ekskursuyani fan o’qituvchisi, agranom yoki maxsus mutaxasis olib boradi.

1. Parnik va issiqxonalarning tuzilishi hamda amaliy ahamiyati bilan o’quvchilar tanishtiriladi. isitish, yoritish, oziqlantirish va sug’orish sistemalari namoyish qilinadi,

2. Fotosintez jaroyonining boshqarilishi, issiqxona va parniklarda madaniy o’simliklar hosildorligini oshirish yo’llari bilan tanishtiriladi. Bunda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlatish uchun yorug’lik va issiqxona havosi karbanat angidridga to’yintiriladi. Buning uchun ohakka xlorid kislota ta’sir ettiriladi (kichik isiqxonalarda). Katta issiqxonalarda ammiakdan, go’ng chirindisidan va boshqa manbalardan foydalaniladi.

3. Ayrim o’simliklarning o’ziga hos biologik xususiyatlari bilan tanishtiriladi. Yorug’sevar soyaga chidamli manzarali va sabzavot ekinlari namoyish qilinadi.



Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.

1. Mazkur issiqxonada qanday o’simlilar o’stiriladi? Ulardan inson qanday foydalanadi?

2. O’simliklar yorug’lik bilan qanday ta’minlangan? Fotosintezning borishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

3. Yorug’sevar o’simliklar nomini yon daftaringizga yozib oling. Sabzavot ekinlarining ekilishi va pishishi davrini bilib oling.

4. Issiqxona va parniklarda qanday ob-havo sharoitlarida va kunning qaysi vaqtida o’simliklar ko’chirib o’tkaziladi?

5. Issiqxonada o’simliklar yorug’lik, issiqlik bilan qanday ta’minlanadi? Tuproq qanday o’g’itlanadi, karbanat angidrid bilan qanday qilib to’yintiriladi?

6. Issiqxonadan uzilgan gul uzoq saqlanishi uchun u qaysi paytda uzilishi kerak? Nima sababdan?

7.Yorug’sevar va soyada o’suvchi o’simliklarning joylanish tartibiga e’tibor bering, ularni tashqi belgilari bo’yicha ajrating.

8. barglarda organik moddalarning hosil bo’lishini qanday qilib boshqarish mumkin?

9. Nam va qurg’oqchil paytlarda o’suvchi o’simliklarni tashqi belgilari bo’yicha ajrating. Ular qanday qilib sug’oriladi?

10. Nima uchun o’simliklarni ko’chirib o’tkazilganda barglari yoki bargli poyalarining bir qismi chilpib tashlanadi?
Uyga vazifa: Savollarga javob topib, xulosa yozib kelish.
6-sinf biologiya.

1-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Tabiatdan yig’ilgan hamda xona o’simliklaridan foydalanib, to’pgullar va gullarning tuzilishi bilan tanishish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni o’simliklarning guli va to’pgullarining tuzilishi, gullarning o’simlik hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish, gul qismlari, to’pgul xillarini tanish va tabiatda ajrata olish ko’nikmasini tarkib toptirish.

Kerakli jihozlar: Olma shaftoli g’o’za gullari, o’simlik gerbariylari, lupa, lezviya, qag’oz, chizg’ich qalam.

scanner1

Gullar Lezviya Lupa Gerbariylar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.I Gullarni tuzilishini o’rganish.

1. Olma, shaftoli yoki g’o’za gulini lupa yordamida kuzating. Gulning gulbandi, gulo’rni, gulqo’rg’onini aniqlang.

2. Gulni Bo’laklarga ajratib gulkosachabarglar, gultojbarglar va changchilarni sonini aniqlang.

3. Ushbu gullar gulqo’rg’oni oddiymi yoki murakkabmi? Gultojbarglari erkinmi yoki qo’shilganmi?

4. Lupa yordamida changchilarni tuzilishini kuzating. Chang ipi va changdonni aniqlang.

5. Gulning o’rtasidagi urug’chini kuzating. Uning tuzilishini lupa yordamida o’rganib chiqing. Tugunchani bo’yiga ikkiga ajratib uning ichidagi urug’kurtakni ko’rib chiqing. Urug’kurtakdan qanday o’rganlar shakllanadi?

6. Gul qismlarini chizing va ularni nomlarini belgilang.

II. To’pgullarni o’rganish.

1. Shingil- gullar uzun gulbandlar yordamida navbat bilan gulpoyada joylashadi.

2. Oddiy boshoq- gulpoyada bandsiz yoki qisqa bandli gullar joylashgan.

3. Mrakkab boshoq-gulpoyada ayrim gullar emas, balki mayda boshoqchalar joylashadi.

4. Murakkab soyabon-oddiy soyabon to’pguldan poyalarining uchlarida ayrim gullar emas, balki kichik soyabonchalar joylashadi.

5.Ro’vak- o’sosiy gulpoyadan mayda shingillar o’sib chiqadi, ular ham o’z navbatida shoxlanadi.

6. Savatcha gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan.

7. jadvalni to’ldiring.

To’pgullar

To’pgullar

Oddiy boshoq

Murakkab boshoq

Oddiy soyabon

Murakkab soyabon













Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish