Biologiya fanidan uzviylashtirilgan dts talablari asosida bajariladigan labarotoriya, amaliy mashg’ulot va sayohat darslarini tashkil qilish metodikasi



Download 453.4 Kb.
bet5/7
Sana08.09.2017
Hajmi453.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

5-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: 1. Ko’krak qafasining harakatini kuzatish.2. Nafas bilan chiqaradigan havodagi karbonat angidridni aniqlashga oid tajriba o’tkazish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga nafas olish a’zolarining tuzilishi, funksiyasi, boshqarilishi, nafas to’xtaganda birinchi yordam, nafas o’zolari kasalliklari, chekishni zarari to’g’risidagi bilimlar berish. Nafas harakatlari, chiqarilgan havo tarkibidagi CO2 ni aniqlash, o’pka tiriklik sig’imini o’lchash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.

I. Ko’krak qafasining harakatini kuzatish.

Kerakli jihozlar: Santimetrli o’lchov tasmasi, Sekundomerli soat.



Santimetrli o’lchov tasmasi Sekundomer

Ishning borishi: 1. Bir o’quvchi belidan yuqorigi ustki kiyimini yechib stulga o’tiradi. Boshqa o’quvchilar u tinch holatda nafas olayotganda ko’krak qafasining harakatini kuzatadilar. Bu harakatlarga qarab bir minutdagi nafas soni sanaladi.

2. nafas olganda va chiqarganda ko’krak qafasi aylanasining o’zgarishi quyidagicha aniqlanadi.

Tasmaning yuqori qismi tik turgan tekshiriluvchining orqa tamonidan ko’krakning ostiga old tomondan ko’krak bezining ustidan qo’yiladi, so’ngra chuqur nafas olganda va chuqur nafas chiqarganda ko’krak qafasining aylanasi o’lchanadi. Natijalarga qarab xulosa chiqariladi.

II. Nafas bilan chiqaradigan havodagi karbonat angidridni aniqlashga oid tajriba o’tkazish.

Kerakli jihozlar: Ikkita toza probirka, 2 ta shisha naycha, distillangan suv, ohakli suv (oldindan bir stakan suvga biroz ohakni eritib, tindirib tayyorlab qo’yiladi).

Ishning borishi: 1. Ikkita probirkaga ohakli suv quyib shtativga o’rvatiladi.

2. Tajtibani o’tkazayotgan o’quvchi rezina nay bilan 2 minut davimida nafas ilib chiqaradi (puflaydi). Bora-bora 2 chi probirkadagi tiniq ohakli suvning rangi o’zgarib, xiralashadi, 1 chi probirkadagi ohakli suvni rangi o’zgarmaydi. 2 chi probirkadagi tiniq ohakli suvning rangi o’zgarishiga sabab nafas bilan chiqarilgan CO2 gazi ohak bilan qo’shilib kalsiy karbonat hosil qiladi.



Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O



1. Ko’krak qafasining harakatini kuzatish. 2. Nafas bilan chiqaradigan CO2ni aniqlash.

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

6-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: So’lak fermentining kraxmalga ta’siri.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi, vazifasi, boshqarilishi, ovqatnung fizik va kimyoviy o’zgarishi to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: Shtativ, 3 ta probirka, 3 ta pipetka, termometr, suyuq kraxmal kleysteri, stakanga olingan 10 ml hajmdagi so’lak, yodning suvdagi kuchsiz eritmasi, xlorid kislotaning 0.1 % li eritmasi, suv hammomi, muz solingan idish.



3-Shtativ, 3 ta probirka 3 ta pipetka Muz So’lak Termometr Yod
Ishning borishi: 1. Uchta probirkaga 3 ml dan kraxmal kreysteri eritmasi solinadi.

2. Ularga teng miqdorda suv bilan suyultirilgan so’lak eritmasidan 3 ml solinadi.

3. Birinchi proborka 37ºC li iliq suv hammomiga qo’yiladi.

4. Ikkinchi probirkaga 2-3 tomchi xlorid kislotaning 0.1 % li eritmasidan tomizib u ham suv hammomiga joylashtiriladi.

5. Uchinci probirka muz solingan idishga joylashtiriladi.

6. 30 minut o’tgach, uchala probirkaga 2-3 tomchidan yod eritmasi tomiziladi.

7. 2-3 probirkadagi suyuqlik ko’k rangga bo’yaladi. Chunki ularda so’lak fermentlari kraxmalga ta’sir qila olmagan. 1-probirka qulay sharoitda saqlanganligi uchun undagi kraxmal so’lak fermentlari ta’sirida shakarga aylangan, ya’ni parchalangan.


1-probirka. 2-probirka. 3-probirka.
Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun savollar.

1.kraxmal so’lak ta’sirida parchalanishi uchun qanday sharoit zarur?



2.Tajribadagi 2-3 probirkalardagi suyuqlikka yod tomizilganda nima uchun ko’k rangga kirdi?
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish. Savollarga javob yozish.
8-sinf biologiya.

7-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Jadvaldan foydalanib, sutkalik ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog’, uglevodlar va qancha kkal energiya bo’lishini aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga o’z yoshini, tana massasini hisobga olgan holda sutkalik ovqat ratsionini tuzishni o’rgatish

Kerakli jihozlar: Ushbu quyidagi jadvallar.

Bolalar va o’smirlarning bir kecha kunduzdagi ovqat tarkibida bo’ladigan

oqsil, yog’, va uglevodlar normasi. I- jadval

Bolalar va o’smirlarning yoshi.

Oziq moddalar miqdori.

Shu moddalardan ajraladigan energiya (kkal)

Oqsil

Yog’

Uglevodlar




5-7

65-75

75-80

250-300

1800-2300

8-11

75-90

80-90

350-400

2400-2800

12-14

90-100

90-100

400-450

2800-3200

15-16

100-120

100-110

450-500

3200-3500

Katta odamlar

100-120

80-110

450-500

3200-3500



Turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil, yog’, uglevodlar va energiya miqdori. II- jadval

Oziq mahsulotlari

100g oziq mahsulotidagi oqsil, yog’, uglevodlar va energiya miqdori

Oqsil %

Yog’ %

Uglevod %

Kkal

Mol go’shti

17.7

3.6

-

106

Tovuq go’shti

17.2

12.3

-

185

Baliq

16.0

0.7

-

72

Tuxum (1dona)

12.5

12.1

0.55

175

Sut

2.8

3.5

4.5

65

Qatiq

2.8

3.5

2.9

56

Tvarog

11.1

18.9

2.3

230

Pishloq

22.6

25.7

-

332

Oq non

6.7

0.7

50.3

240

Qora non

5.3

1.2

46.1

222

Guruch

6.4

0.9

72.5

332

Makaron

9.3

0.8

70.9

336

No’xat

19.8

2.2

50.8

310

Loviya

19.6

2.0

51.4

310

Shakar

-

-

95.5

390

Kartoshka

2.4

0.22

19.5

62.5

Sabzi

1.2

0.3

9.0

30.5

Pomidor

0.5

-

4.0

18

Bodring

0.7

-

2.9

15

Olma

0.3

-

10.8

45

Ishning borishi: 1. Har qaysi o’quvchi o’z yoshini hisobga olgan holda I-jadvaldan foydalanib, bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionida necha gramm oqsil, yog’, uglevod va energiya (kkal) bo’lishi kerakligini aniqlaydi.

2.Ikkinchi jadvaldan ovqat ratsioniga kiradigan oqsil, yog’, uglevodlar oziq mahsulotlari tarkibida necha grammdan bo’lishi aniqlanadi.

3. Bir kecha –kunduzgi ovqat ratsioniga kiritilgan asosiy ovqat mahsulotlarining miqdori

(g hisobida) va ulardan ajralgan energiya (kkal hisoblab chiqiladi) aniqlanadi.



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish. Savollarga javob yozish.

8-sinf biologiya.

8-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Tizza refleksini kuzatish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga nerv sistemasining tuzilishi, funksiyasi, ahamiyati to’g’risida berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Orqa miya reflekslarini mashg’ulot bajarish jaroyonida mustaqil, amaliy ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Kerakli jihozlar: Tizza refleksi tasvirlangan jadval, rezina bolg’acha.

Rezina bolg’acha

Ishning borishi: I. Darslikdagi “orqa miya reflekslari” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

  1. Orqa miya qanday funksiyalarni bajaradi?

  2. Nima uchun baqa bosh miyasi olib tashlanganda ham uning oyog’iga ta’sir ettirilganda javob reaksiyalari yuzaga keladi?

  3. Nima uchun ta’sir kuchaytirilganda baqa ikkinchi oyog’ini ham tortib oladi?

  4. Odamda tizza refleksini qanday kuzatish mumkin?

  5. Tizza refleksi hosil bo’lishida ishtiroq etadigan refleks yoyi qanday qismlardan iborat?

  6. Nima uchun refleks yoyi qismlaridan birining ish faoliyati buzulsa ham javob reaksiyasi yuzaga kelmaydi?

  7. Nima uchun tizza reflekslari orqa miya refleksi deb ataladi?

  8. Orqa miya to’qimasi yallig’langanda qanday holat yuzaga keladi?

  9. Nima uchun umurtqa pog’onasi singanda tananing ayrim qismlari shol bo’lib qoladi?

  10. Polimiolit kasalligida qanday belgilar bo’ladi va uning oldini olish uchun qanday tadbirlar amalgam oshiriladi?

II. 1. O’quvchilar 3-4 tadan bo’lib guruhlarga bo’linadi.

2. Darslikning “Nerv sistemasi” va “orqa miya reflekslari” mavzularida bayon etilgan tizza refleksi hosil bo’lishiga ta’luqli ma’lumotlar bilan tanishadilar.

3. O’quvchilar bir-birlarida tizza refleksini hosil qilish tajribasini bajaradilar. Buning uchun tekshiriluvchi stulda oyoqlarini chalishtirib o’tiradi.

4. Uning yuqorida turgan oyog’ining tizza payiga maxsus rezina bolg’acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko’tariladi. Bu tizzaning harakat refleksini ko’rsatadi.



Tizza refleksini kuzatish tajribasi.

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.
8-sinf biologiya.

9-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Nerv tizimi gigiyenasi.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda orqa va bosh miyaning tuzilishi, funksiyasi, ahamiyati to’g’risida berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Nerv sistemasi gigienasi to’g’risidagi ko’nikmalarini hosil qilish.

Kerakli jihozlar: Bosh va orqa miyaning tuzilishi tasvirlangan jadvallar, bosh va orqa miyaning modeli.



Bosh miya Orqa miya

Ishning borishi: O’quvchilar 3-4 tadan bo’lib guruhlarga bo’linadi va darslikdagi “nerv sistemasi” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

1. Nerv sistemasi qanday funksiyalarni bajaradi?

2. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?

3. Orqa miyani joylshishi va tuzilishini tushuntiring.

4. Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasini tushuntiring.

5. Orqa miya qanday sigmentlardan iborat va ular qanday funksiyani bajaradi?

6. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasini ayting.

7. Uzunchoq miya va miya ko’prigining funksiyasini ayting.

8. O’rta va oraliq miyaning joylashuvi hamda funksiyasini ayting.

9. Miyachani tuzilishi va funksiyasini ayting.

10. Po’stloq osti nerv markazlari qanday vazifani bajaradi?

11. Bosh miya yarim sharlari hujayralari qanday joylashgan?

12. Nerv sistemasi zararlanmasligi uchun qanday gigienik qoidalarga amal qilish kerak?


Orqa miya va

bosh miya qismlari



Tuzilishi

joylashgan joyi

Funksiyasi

O’tkazuvchanlik

Reflektorlik

Orqa miya













Uzunchoq miya













Miya ko’prigi













O’rta miya













Oraliq miya













Miyacha













Oqimtir yadro













Targ’il tana













Bosh miya postloq qavati















Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

10-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: 1.Ko’rish o’tkirligini aniqlash.2. Ko’zning qorachig’i refleksini aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga ko’rish o’tkirligini va ko’zning qorachig’i refleksini aniqlashni o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Golovin jadvali, metr, ko’rsatkich.


Golovin jadvali



D=50,0


Ш Б



V=0,1


D=25,0

М Н К


V=0,2


D=16,0

Ы М Б Ш


V=0,3


D=12,0

Б Ы Н К М


V=0,4


D=10,0

И Н Ш М К


V=0,5


D=8,33

Н И Ы И К Б


V=0,6


D=7,14

Ш И Н Б К Ы


V=0,7

D=6,35

К Н Ш М Ы Б И

V=0,8

D=5,55

Б К Ш М И Ы Н

V=0,9

D=5.0


Н К И Б М Ш Ы Б

V=1,0

D=3,34


Ш И Н К М И М Б

V=1,5

D=2,5


И М Ш Ы Н Б М К

V=2,0







Ishningborishi:

1.Ko’risho’tkirligini aniqlash.

1. Golovin jadvali yorug’lik yaxshi tushadigan joyga osib qo’yiladi.

2. Tekshiriluvchi o’quvhi jadvaldan 5 m narida tik turadi. U avval chap ko’zini daftar (kitob) bilan to’sib, o’ng ko’zi bilan jadvalni yuqori qatoridan pastki qatorga tomon o’qiydi.

3. Tekshiruvhi jadval yonida turib, ko’rsatkich bilan jadvaldagi harflarni yuqoridagi qatordan pastki qatorga tamon ko’rsatadi.

4. Tekshiriluvchi ma’lum qatorga kelib harflarni to’g’ri aniqlay olmasa, o’sha qatordan yuqoridagi qatorning ko’rsatkichi uning ko’z o’tkirligini bildiradi. Shu qatorning boshida yozilgan raqamga ko’ra uning ko’z o’tkirligi belgilanadi. O’ng ko’zidan so’ng chap ko’zining ko’rish o’tkirligi aniqlanadi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa