Biologiya fanidan uzviylashtirilgan dts talablari asosida bajariladigan labarotoriya, amaliy mashg’ulot va sayohat darslarini tashkil qilish metodikasi



Download 1,79 Mb.
bet4/7
Sana08.09.2017
Hajmi1,79 Mb.
#20537
1   2   3   4   5   6   7

Qog’ozlar Qalam Fotoaparat

Ekskursiyani tashkil etish: Maktab yetakchisi va fan laboranti bilan birgalikda ish olib borish.

Ekskursiyaning borishi: 1. O’kamiz qushlari va sutemizuvchilarining xilma-xilligini o’rganing.

2. O’lkamiz hayvonlarining tabiatdagi ro’lini tushintiring.

3. O’lkamiz hayvonlarining inson hayotidagi ro’lini tushintiring.

4. Chorvochilikda boqiladigan hayvonlarning insonlar hayotidagi rolini ayting.



Sinf

Qushlar sinfi.

Yashsh zonasi

Voha qushlari

To’qay va tog’ o’rmoni qushlari

Dasht va cho’l qushlari

Suv havzasi qushlari qushlari

Yirtqich qushlar

Turkumi

Chumchuqsimon- lar turkumi

Kaptarsimon- lar turkumi

Tovuqsimonlar turkumi


Qizilishtonlar turkumi

Tuvoloqlar turkumi

Bulduruqlar turkumi

Tuyaqushlar turkumi

Chumchuqsimon- lar turkumi

G’ozsimonlar turkumi

Pingvinlar turkumi

Laylaksimonlar turkumi

Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi

Yapaloqqushlar turkumi

Ayrim vakillari








































Foydali turlari








































Qizil kitobga kiritilgan turlari








































Uyga vazifa: Jadvalni to’ldirib, hayvonlarni rasmlarini chizib, xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

1-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalari tuzilishi bilan tanishish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilar laboratoriya ishlarini bajarish jaroyonida nazariy bilimlarini amalda qo’llash malakasiga ega bo’ladilar. Hujayra va to’qimalarning tuzilishini o’rganish, bir-biri bilan taqqoslash, odam va hayvon hujayrasini o’xshashligini isbotlab odamning payda bo’lishi to’g’risidagi ilmiy asoslangan dalillarni o’quvchilar ongiga singdirish.

Kerakli jihozlar: Mikroskop, to’qimalarning tayyor mikropreparatlari, to’qimalar tasvirlangan jadvallar va rasmlar.



Mikroskop To’qimalarning tayyor mikropreparatlari

Ishning borishi: I.Savol-javob yo’li bilan to’qimalarning tuzilishi, turlari, joylashuvi, vazifalari to’g’risidagi nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

  1. Odam organizmida qanday to’qimalar bor?

  2. Epiteliy to’qimasi organizmning qaysi sohalarida bo’ladi?

  3. Biriktiruvchi to’qimalarga nimalar kiradi?

  4. Muskul to’qimasi qanday tuzilgan?

  5. Nerv to’qimasi qanday tuzilgan?

II. Epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv to’qimalarining tayyor mikropreperatlari mikroskopda kuzatiladi va jadval yoki rasmda tasvirlanganlar bilan taqqoslanadi.



Epiteliy to’qimasi Biriktiruvchi to’qimasi



Muskul to’qimasi Nerv to’qimasi

III. Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun savollar.

1. mikroskopda ko’rilgan hujayra va to’qimalar jadval yoki rasmdagidan qanday farq qiladi?

2. Hujayra organoidlariga nimalar kiradi?

3. Og’iz bo’shlig’i qanday to’qima bilan qoplangan? Burun bo’shlig’ichi?

4. Qaysi to’qimada o’simtalar bo’ladi?

5. Tirnoq va sochlar qanday to’qimadan hosil bo’lgan?

6. Muskul to’qimasi uchun qanday xususiyatlar xos?

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

2-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: 1.Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish. 2. Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilar laboratoriya ishlarini bajarish jaroyonida nazariy bilimlarini amalda qo’llash malakasiga ega bo’ladilar. Muskullarning ishlashi, charchashi va tayanch harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam berish ko’nikmasini o’rgatish.

Ishning borishi: 1.Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish.

I.Muskullarning tuzilishi, funksiyasi yuzasiqan olgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi.


  1. Muskullarning qanday shakllarini bilasiz?

  2. Skelet muskullari qanday guruhlarga bo’lib o’rganiladi?

  3. Bosh qanday qismlarga bo’linadi?

  4. Bo’yin va gavda muskullari qanday qismlarga bo’lib o’rganiladi?

  5. Qo’l va oyoq muskullari qanday muskullardan tashkil topgan?

  6. Muskullar qanday ishlaydi?

  7. Ish bajargan muskullar nima uchun charchaydi?

  8. Muskullarning yaxshi rivojlanganligi qomatning to’g’ri shakllanishida qanday ahamiyatga ega?

II. Muskullarning dinamik ishini kuzatish uchun mashg’ulot paytida bir-ikki o’quvchi boshini egish va ko’tarish, qo’lini ko’tarish va tushirish, o’tirish, yurish, sakrash kabi mashqlarni bajaradi.

III. Muskullarning statik ishini kuzatish uchun o’quvchi start oldi, gimnastlarni “qaldirg’och” holati, qo’lni ko’tarib turish kabi mashqlarni ko’rsatadi. Bajarilgan mashqlar bo’yicha dinamik va statik ish bajarganda organizmdagi holatlar taqqoslanadi.



2. Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

I. Tayanch-harakatlanish tizimining shikastlanish sabablari, turlari to’g’risidagi nazariy bilimlarni musrahkamlash.

1. Tayanch-harakatlanish tizimi qanday holatlarda shikastlanadi?

2. Muskul va paylar ezilishi hamda cho’zilishini qanday belgilariga ko’ra aniqlash mimkin?

3. Muskul va paylar ezilgan va cho’zilganda qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?

4. Bo’g’imni shikastlanganini qanday aniqlash mumkin?

5. Bo’g’im chiqqanda qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?



II. O’quvchilar ishtiroqida tajriba o’tkaziladi.

1. O’quvchilarning biri muskul ezilashi holatiga tushgan bemor deb faraz qilinadi. Ikkinchi o’quvchi birinchi yordam ko’rsatadi, ya’ni ro’mol yoki sochiqni sovuq suvda xo’llab shikastlangan joyga qo’yadi. 5-10 minut o’tgach, siqib bog’laydi.



2. O’quvchilarning biri bo’g’im chiqishi holatiga tushgan bemor deb faraz qilinadi. Ikkinchi o’quvchi birinchi yordam ko’rsatadi, ya’ni chiqqan bo’g’im sovuq suvda xo’llangan sochiq yoki ro’mol bilan 5-10 minut o’rab qo’yiladi. Qo’l bo’g’imi chiqqan bo’lsa, qo’l ro’mol bilan bo’yinga osib qo’yiladi. Bunda kaftdan tirsakgacha ro’molga osilgan bo’lishi kerak. Oyoq bo’g’imi chiqqan bo’lsa, shu bo’g’imning ikki tomoniga taxta yoki karton (shina) qo’yib mahkam bog’lanadi.



Qo’l bo’g’imi chiqqan bo’lsa Oyoq bo’g’imi chiqqan bo’lsa

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

3-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Qonning shaklli elementlarini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda qonning tuzilishi, tarkibi, funksiyasi to’g’risidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, odam qonidan tayyorlangan mikropreparatlar. Qonning shaklli elementlari tasvirlangan jadvallar va rasmlar.



Mikroskop Odam qonining tayyor mikropreparatlari
Ishning borishi: I. Qonning shklli elementlari ifodalangan rasmlardan foydalanib, nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

  1. Qonning shklli elementlariga nimalar kiradi?

  2. Qon plazmasining tarkibida qnday moddalar bo’ladi?

  3. Odam qoni eritrotsitlari bilan hayvonlar qoni eritrotsitlari orasida qanday farq bor?

  4. Eritrotsitlar qanday funksiyani bajaradi?

  5. Leykotsitlarning qanday turlari bor?

  6. Qonning ivishi qnday omillarga bog’liq?

  7. Nima uchun qon 4 ta guruhga bo’lingan?

II. Mikroskop ish holatiga keltiriladi va mikropreparat mikroskopning buyum stolchasiga joylashtiriladi.

III. O’quvchilar mikroskop ostidagi mikropreparatni ko’rib undagi qonning shaklli elementlarini aniqlaydilar.

IV. Mikroskopda kuzatilgan qonning shaklli elementlati rasmini daftarga chizib oladilar. Ularning jadvaldagi eritrotsitlar, leykotsitlar va trombatsitlar shakli hamda tuzilishi bilan taqqoslaydilar.



Qizil-qon hujayralari Oq-qon hujayralari

(eritrotsit) (leykotsit)



Qon plastinkalari (trombotsit)
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

8-sinf biologiya.

4-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Jismoniy mashq bajarganda yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga jismoniy mashq bajarganda yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholashni o’rgatish asosida nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: Sekundomerli soat, Fonindoskop, Sfigmomanometr yoki tanometr.



Sekundomer Fonindoskop Tanometr

Ishning borishi: 1. Tajriba o’tkazish uchun 2-3 o’quvchi ajratiladi.

2. Ular 5 minut partada tinch o’tirib dam olgandan keyin pulsi sanaladi va arterial bosimi o’lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga har bir o’quvchining familiyasi qarshisida yozib qo’yiladi.

3. So’ngra o’quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar (30 sek 20 marta o’tirib turadilar).

4. Mashq tugashi bilanoq pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o’lchanadi. Olingan natija doskaga- tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo’yiladi.

5. 3-minut dam olgandan keyin puls va qon bosimi takror o’lchanib, doskaga yozib qo’yiladi. Bu natija tinch holatdagiga tenglashishi kerak. Agar tenglashmasa, mazkur o’quvchining yurak qon-tomir sistemasi chiniqmaganligini ko’rsatadi.






O’quvchilarning

ism familiyasi



Mashq bajarishdan oldin

Jismoniy mashq bajarganda

Mashq bajargandan 3 minut keyin

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

1

Arislonov Sherzod

70

110-70

100

150-60

70

110-70

2

Bo’riyev Lochin

70

110-70

130

160-50

72

120-80

3

Qo’chqorov Qo’zivoy

72

120-80

150

180-40

86

130-70

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish