7-sinf uchun mavzulashtirilgan test.
1.Evglena yorug`likni qanday sezadi?
A) qizil dog` ko`zchasi yordamida B) xivchinlari orqali
C) xlorofil pigmenti orqali D) xromotoforalar orqali
2. Infuzoriya qanday so`zdan olingan va nima degan ma`noni anglatadi?
A) yunonchada "pichan ivitmasi hayvonlari” B) arabchada "pichan ivitmasi hayvonlari”
C) lotinchada "pichan ivitmasi hayvonlari” D) to`g`ri javob yo`q
3. Gidra qanday hayvon?
A) tanasi nurli simmetriyaga ega bo`lgan o`troq hayvon
B) oraliq hujayralar bilan qoplangan hayvon
C) koloniya bo’lib o`troq yashovchi poliplar
D) korall poliplar
4. Gidraning ta`sirlanishiga javob berish xususiyati nima deb ataladi?
A) oraliq hujayra B) regeneratsiya C) refleks D) korall
5. Qaysi javob aktiniyalar uchun xos?
A) koloniya bo`lib yashaydi B) paypaslagichlari bir necha qator joylashgan
C) medusa davrida erkin yashaydi D) kurtaklari ona organizmidan ajralib ketmaydi
6. Ikki yonlama simmetriya nima?
A) tana bo`ylab o`tgan markaziy chiziqning ikki tomonida organlarning teng miqdorda joylashuvi
B) erkak va urg`ochi jinsiga ega bo`lgan organizm
C) tana organlarining markazdan chiqaradigan radial chiziq bo`ylab joylashuvi
D) tana organlarining bir tekislikda joylashuvi
7. Planariyaning sezgi organlari berilgan qatorni toping?
A) paypaslagichlari, terisi B) paypaslagichlari va mo`ylovi
C) paypaslagichlari, terisi va ko`zchalari D) nerv hujayralari, terisi va paypaslagichlari
8. Suyuqlik bilan to`lgan pufakcha nima deb ataladi?
A) sista B) anal C) halqum D) finna
9. Zoologiya so’zining ma’nosi
A) zoo- hayvon logos-ta’limot B) zoon-hayvon logos-ta’limot
C) zoo-yuguraman logos-ta’limot D) zologiya-hayvon haqida
10. Yer yuzida hayvonlarning qancha turi tarqalgan.
A) 3 mln B) 4 mln C) 2 mln D) 5 mln
11. Epiteliy to’qimasi qanday hujayralardan iborat.
A) zich yassi yumaloq B) zich yassi kubsimon
C) keng yassi yumaloq D) mayda yassi yumaloq
12. Qorinoyoqli molyuskalarning yer yuzida necha turi mavjud.
A) 10.000 B) 1000 C) 100.000 D) to’g’ri javob yo’q
13. Baqachanoqning jinsi qanday tuzilgan.
A) germofrodit B) ikki jinsli
C) partenogenez D) ayrim jinsli
14. Qisqichbaqalar muskullari qanday joylashgan.
A) to’p to’p B) yo’l yo’l
C) aylanasimon D) kubsimon
15. O’rgimchaklar nafas olish organi qanday.
A) o’pka haltalari B) jabralar
C) o’pka pufagi D) bir juft alveola
“ Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir”
Este Lauder
Do'stlaringiz bilan baham: |