46
meva
larda yetiladi. Tabiiy holda tog‘larda o‘rmon hosil qilib o‘sadi.
Mustahkam ildizlari
bilan tuproqqa birikib, tog‘ni yemirilishdan as-
raydi. Manzarali o‘simlik sifatida virgin archasi, sharq sauri, tuya
archasi ko‘plab ekiladi.
Qarag‘ay
– bo‘yi 30–40 m ga yetadigan yorug‘sevar
daraxt
(40-rasm). Barglari ninasimon, uzunligi 5–7 sm. Qarag‘aynikiga
o‘xshash ninasimon bargga ega o‘simliklar
ninabargli o‘simliklar
deyiladi. Qubbasi qattiq, yog‘ochsimon. Namlik yuqori bo‘l ganda
qubba tangachalari yopilib, urug‘ni himoya qiladi.
Havo quruq
bo‘lganda tangachalar ochilib, qanotchali mevalari shamolda
uchib ketadi. Qulay sharoitga tushgan urug‘dan yosh nihol ri-
vojlanadi. Qarag‘ay archaga nisbatan tez o‘sadi.
Poyasida smola
bo‘lganligi sababli undan yasalgan qutilar mustahkam va pi-
shiq bo‘ladi. Yog‘och poyasidan qurilishda, qog‘oz tayyorlash-
da keng foydalaniladi. Ninabarglarida
efir moylari va fitonsid
modda bo‘lgani uchun bodni davolashda, asabni tinchlantirishda
qo‘llaniladi.
Yopiq urug‘li o‘simlik
lar
o‘simliklar dunyosida eng yosh va
keng tarqalgan organizmlar hisoblanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklar-
ning urug‘i
meva ichida, yopiq holda yetiladi. Ular gul hosil qilgani
uchun
gulli o‘simliklar
deb ham nomlanadi. Bu bo‘limga kiruvchi
39-rasm.
Archa daraxtining
qubbali shoxi.
40-rasm.
Qarag‘ayning qubbali
shoxi.
http://eduportal.uz
47
o‘simliklar daraxt, buta va o‘t ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Gul-
li o‘simliklarga daraxtlardan o‘rik, terak;
butalardan anor, limon;
o‘tlardan qoqi, bug‘doy kabi o‘simliklarni kiritish mumkin.
O‘rik
erta bahorda gullaydigan o‘simlik (41-rasm). Dastlab gul
kurtaklari, keyin barg kurtaklarini yozadi. Bargi oddiy, tuxumsimon
shaklda. Dastlabki tukkan mevasi –
dovuchcha vitaminga boy
bo‘lib, iste’mol qilinadi. Pishgan mevasi yurakni quvvatlantirishda,
qonni suyultirishda katta ahamiyatga ega. Quritilgan mevasi – tur-
shak holida ham iste’mol qilinadi. Danagi ichidagi mag‘zi B guruh
vitaminlariga boy, aqliy faoliyatni yaxshilaydi.
Terak
uzunligi 30– 45 m, bargi oddiy tuxumsimon,
poyasi tik
va tez o‘suvchi daraxt. Avval gullab, keyin barg yozadi. May oyida
teraklarning urug‘chili tuplarida momiqqa o‘xshash uchma meva
hosil bo‘ladi (42-rasm). Uchma mevalari
allergiya chaqirish xusu-
siyatiga ega. Terak yog‘ochbop o‘simlik, asosan, uy-joy qurilishida
va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chang va shovqinni yaxshi yutadi.
Ko‘pincha yo‘l chetlariga ekiladi.
Yuksak o‘simliklar juda xilma-xil bo‘lib, sporalari va urug‘lari
yordamida ko‘payadi. Urug‘dan ko‘payadigan o‘simliklarda tashqi
Do'stlaringiz bilan baham: