Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xususiyatlar)


Chala dominantlik,to`liq dominantlik,ko`p allellikka doir masalalar



Download 0,8 Mb.
bet24/34
Sana19.05.2023
Hajmi0,8 Mb.
#940693
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xusus

Chala dominantlik,to`liq dominantlik,ko`p allellikka doir masalalar.
1. (2019) Makkajo'xorida kraxmalli endosperim dominant (A), mumsimon endosperm (a) genlar orqali irsiylanadi.
Makkajo'xorining bir populyatsiyasida A geni 80 foiz, a geni esa, 20 foizni tashkil etadi. Agar geterozigotali orga­nizmlar chatishtirilishidan 4800 ta o'simlik olingan bo'lsa, ulardan nechtasida don kraxmalli endosperimga ega ekanligini aniqlang.
A) 3072 B) 768 C) 4808 D) 1536
2. (2019) Nomozshom gulga tegishli belgilarni aniqlang.
1) transkripsiya jarayonida polimeraza fermentini ishtirok etishi
2) transkripsiya jarayonida proteoza fermentini ishtirok etishi
3) gulining qizil rangi retsissev genga bo'g'liq 4) gulining pushti rangi oraliq xarakterga ega 5) fenotip jihatdan ajralish 1:2:1 nisbatda ro'y bermaydi
A) 1,3 B) 2.5 C) 4,5 D) 1,4
3. (2019) Modifikator (II va pleyotrop (II) genga ega orga­nizmlarni to’g’ri juftlangan javobni belgilang.
1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi;
2) gomozigota sariqsichqonlarning o'limi;
3) to'q qizil rangni ta'minlovchi pigmentga ega o'simliklarda poyava shoxlarning qizil bo'lishi A) 1-1; П-3 B) 1-2; II-l
C) 1-2: II-3 D) 1-1; 11-1,2
4. (2019) Sachratqi mevasi rangining sariq bo'lishi to'q sariq bo'lishi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalar mevasining rangi oraliq bo'ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft dominant genga bog'liq. Uning ret­sessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq bo'lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim to­monidan sachratqi mevasining rangi oraliq bo'lgan digeterozigotali o’simliklari o'zaro chatishtirilishi natijasida bi­rinchi avlodda 960 ta o'simlik olingan bo'lsa, oraliq mevali o'simliklar sonini aniqlang.
A) 360 B) 60 C) 180 D) 240
5. (2019) Pashshlarda qanotining qayrilgan holatda bo'lishi genlarning geterozigota holatda bo'lishiga bog'liq. Dominant gomozigota holatda bu gen embrional davrda o'limga olib keladi. Qayrilgan va qayrilmagan qanotli pashshlarda tu­xumdan chiqqan avlodining fenot.ipi va genotipini aniqlang.
A) faqat qanotlari qayrilmagan; aa
B) faqat qanotlari qayrilgan; Aa
C) qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; Aa, aa
D) qanotlari qayrilgan va qanotlari qayrilmagan; AA, Aa, aa
6. (2019) Uzun va kalta poyali no'xat o'simliklari o'zaro chatishtirilganda F1 avlodning barchasini uzun poyali o'simliklar, F 2 avlodning 25 %ini kalta poyali o'simliklar tashkil etdi. Ushbu misolda qaysi qonunlar aks etgan?
A) Mendelning bir xillilik qonuni va Mendelning ajralish qonuni
B) Chala dominantlik qonuni, Morganning birikkan holda irsiylanish qonuni
C) Mendelning dominantlik qonuni va Mendelning mus­taqil irsiylanish qonuni
D) Nilson Elening polimeriya hodisasi va Mendelning mus­taqil irsiylanish qonuni
7. (2019) Quyida berilgan fenotiplarning qaysilari A a yoki A a allellari tomonidan yuzaga chiqadi?
A) no'xat dukkagining oddiy shakli; no‘xat poyasining uzun formasi
B) no'xat dukkagining bo‘g‘imli shakli; no‘xat poyasining kalta formasi
C) g'o'za tolasining novvot rangda bolishi; bug‘doy doni­ning oq rangda bolishi
D) xo'roz tojining no‘xatsimon shakli; xoldor to'ti pati­ning oq rangi
8. (2019) Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bolishi oq bo'lishi ustidan chala domi­nantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi to'lqinsimon, teri rangi oraliq bo'ladi. Tolqinsimon sochli, teri rangi oraliq yigit tolqinsimon sochli terisi oq qizga uylandi. Nazariy ji­hatdan, ushbu nikohdan tug'iladigan farzandlarning necha foizi jingalak sochli bolishi mumkin?
A) 25 % C) 12,5 % B) 50% D) 0 %
9. (2019) G'o'zada poyaning uzun bolishi past bolishi ustidan to'liq, tolaning qo'ng'ir rangda bolishi oq bolishi ustidan chala dominantlik qiladi va bu genlar mustaqil irsiylanadi.
Digeterozigotali g'o'zalar o'zaro chatishtirilib olingan av­lod orasida 300 tasi past bo'yli qo'ng'ir tolali bolsa. uzun poyali oq tolali o'simliklar sonini aniqlang.
A) 600 B) 300 C) 450 D) 900
10. (2018) G'o'zaning dominant belgili qo'ng'ir tolali va uzun poyali turi gomozigota oq tola va kalta poyali turi bilan cha-tishtirildi. Birinchi avlodda olingan 700ta o'simlikning barchasi novvot rang tolali va uzun poyali bo'ldi. F1 da olin­gan avlodning genotipik nisbatini toping
A) 3:6:3:1:2;1 B) 1:2:2:4:1:2:1:2:1
C) 9:3:3:1 D) 1:2:2:3:6:1:1
11. (2018) G'o'za o'simligida tolaning malla rangi oq rang us­tidan chala dominanatlik qiladi. Malla tolali g'o'za oq to­lali g'o'za bilan chatishtirilganda Fl da 120 ta, F2 da 4200 ta o'simlik olindi. a) Ft duragaylari orasidan nechtasi ota-ona formalarga o'xshamasligini va b) Fx duragaylari orasidan nechtasi ota-ona formalarga o'xshashligini aniqlang.
A) a-60; b-3150 B) a-120; b-1050
C) a-120; b-2100 D) a-60; b-2100
12. (2018) AaBb X AaBB-genotipli organizmlar o'zaro chatishti­rilishidan olingan avlodda 4 ta retsessiv genii va 2 ta’ ret­sessiv genii individlar nisbatini aniqlang.
A) 1:3 B) 4:3 C) 3:4 D) 1:4
13. (2018) Odamda talassemiya chala dominant holda irsiylana­di. O'roqsimon anemiya retsessiv belgi. Ikkala belgi autosomada joylashgan va mustaqil holda irsiylanadi. Bu belgilar gomozigota holatda embrionlik davrida o!limga olib kela­di, geterozigotalarda kasallik yengil holda kechadi. Dige­terozigota ota-onadan tug'ilgan farzandlarning necha foizi ikkala belgi bo'yicha sog' bo'ladi?
A) 11,1 B) 18,75 C) 25 D) 44,1
14. (2017) Itog'iz o'simligi gulining qizil rang bo'lishi oq rang ustidan qisman dominantlik qiladi, geterozigotalar pushti rangni hosil qiladi. Barglarning ensiz bo'lishi enli bo'lishi­ga nisbatan chala dominantlik qiladi va geterozigota formalarning bargi o'rtacha kenglikda bo'ladi. Digeterozigota organizmlarning chatishishidan oq gulli, o'rtacha kenglikdagi bargli o'simliklar hosil bo'lishi ehtimolligini aniqlang.
A) 25% B) 18,75% C) 6,25% D) 12,5%
15. (2017) Quyidagi belgilardan qaysilari bir juft allel gen ta’sirida yuzaga chiqadi?
1) odam sochining jingalakligi
2) yong'oqsimon tojli tovuq
3) drozofila ko'zining rangi
4) oq rangli bug'doy doni
5) g'oza tolasining rangi
6) itlarda yungining ranggi
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,5 D) 2,3,6
16. (2017) Quyidagi belgilardan qaysilari bir juft allel gen(a) va ikki juft noallel gen(b) ta’sirida yuzaga chiqadi?
1) pomidor mevasining shakli
2) xushbo'y no'xat gulining ranggi
3) bug'doy donining och pushti ranggi
4) no'xat donining shakli
5) drozofila tanasining rangi
6) tovuqlarda patining ranggi
A) a-1,4,5 b-2,3,6 B) a-2,3,6 b-1,4,5
C) a-1,3,5 b-2,4,6 D) a2,4,6 b-1,3,5
17. (2017) Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipini faqat tah­liliy chatishtirish orqali aniqlash mumkin?
1) qora patli tovuq 2) yong'oqsimon tojli tovuq 3) go'za tolasining ranggi 4) uzun qanotli erkak drozofila 5) oq gulli xushbo'y no'xat
A) 2,5 B) 1,3 C) 2,4 D) 3,5
18. (2017) G'oza tolasining malla rangi, oq rang ustidan po­yasining uzunligi kaltaligi ustidan dominatlik qilib birik­kan holda irsiylanadi. Digeterozigota tolasi mallarang poya uzun g'oza bilan tolasi oq poyasi kalta g'oza chatishtiril­ganda 1200 ta avlodning 216 tasini genotipi ota-onasinikidan farq qilsa, hosil bo'lgan avlodning nechtasi tolasi oq, poyasi uzun genga ega bo'ladi?
A) 492 B) 108 C) 246 D) 216
19. (2015) Bulg'or qalampirida (R—C—) genlarining birgalikda bo'lishi mevasining qizil rangda bo'lishini ta’minlay­di, ularning resessiv allellari esa mevasining yashil rangini yuzaga chiqaradi. Genotipda faqat birinchi juft allel gen dominant holda bo'lishi mevasining qo'ng'irligini, faqat ik­kinchi juft allelining dominant holda bo'lishi esa mevasi­ning sariq rangini namoyon etadi.. Digeterozigota o'simliklar chatishtirilganda avlodda olingan o'simliklardan necha foizi-ning fenotipiga ko'ra genotipini aniqlash mumkin?
A) 12,5 B) 6,25 C) 50 D) 25
20. (2015) Qoramollarning shortgorn zotida terisi rangining ir­siylanishi oraliq xarakterga ega. R-qizil, r oq. geterozigotalar ola rangga ega. Shoxsizlik (P) esa shoxlilik (p) ustidan to'liq dominantlik qiladi. Digeterozigota buqa va sigirlar avlodida genotip bo'yicha qanday nisbat kuzatiladi?
A) 9:3:3:1 B) 3:3:1:1
C) 3:6:3:1:2:1 D) 1:2:2:4:1:2:1:2:1
21. (2015) AaBbCC genotipli, birinchi belgisi oraliq xarakterga ega bo'lgan, boshqa belgilari to'liq dominant holatda irsiylanadigan organizmlar o'zaro chatishtirilsa olinadigan avlodning genotipik sinflari soni (a), fenotipik sinflari soni (b), ota-ona organizmlar hosil qiladigan gametalar soni (c) ni aniqalang.
A) a-9; b-4; c-4 B) a-27; b-8; c-8
C) a-9; b-6; c-4 D) a-27; b-18; c-8



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish