30-35 mln tonnani tashkil etadi. BMT ma‘lumotiga ko‗ra 2050 yilga kelib o‗sib borayotgan axolining oziqovqat talabini
qondirish uchun er sharining 3 tasi talab etiladi.
Oqsil olishda mavjud usullarni intensifikatsiyalash: - yangi qishloqho‗jaligi texnologiyalarini kiritish;
-
yuqori miqdorda oqsil tutgan don mahsulotlarining yangi navlari yaratish;
-
soya va er yong‗oqni ekish jadal amalga kiritimoqda, bunda iqlim va boshqa tabiat sharoitlari inobatga
olinadi;
- membranali usullar yordamida ma‘lum suyuq chiqindilardan oqsillarni ajratib olish;
- oqsil birikmalarini ishlab chiqarishni yangi noan‘anaviy usullari ishlab chiqish.
Oqsil olishning yangi usullari Oqsil olish uchun mikroorganizmlar ishtirokida o‗simlik va mineral xom ashyoni
biokonversiya jarayonlarini qo‗llash mumkin. Quyida
mikrorganizm va ularning fermentativ tizimlarini qo‗llagan xolda oqsil tutuvchi mahsulotlarni olishni texnologik rejimlarini ko‗rib chiqamiz. Mikrob
sintezi yordamida oqsil olishda ma‘lum yutuqlarga erishilgan
27 .
Bu yo‗nalish
bir xujayrali oqsil ishlab chiqarish deb nom oldi (SSP Single cell protein), chunki
ushbu maqsadlar uchun qo‗llaniladigan ko‗pgina mikrorganizmlar ko‗p xujayrali murakkab
organizmlardan farqli o‗laroq (o‗simlik yoki hayvonlar) bir hujayrali yoki mitseliyalar (ipsimon)
ko‗rinishda o‗sadilar.
Oqsil produtsentlari sifatida mikroorganizmlarning ustunliklari -
mikroorganizmlar biomassani to‗plashning yuqori tezligiga egadirlar, bu tezlik o‗smlik va
hayvonlarga qaraganda
500–5000 martaga yuqoridir;
-
mikrob xujayralari oqsilning juda yuqori miqdorini to‗plash hususiyatiga egadirlar (massasi
bo‗yicha achitqilar 60% gacha, bakteriyalar 75% gacha);
-
mikrobiologik ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning yuqori spetsifikligi natijasida
jarayonning ko‗p bosqichliligi kuzatilmaydi;
- biosintez jarayoni yumshoq sharoitlarda olib boriladi, bunda harorat 30-45° S, rn 3-6 va bosim 0,1
Mpa ga yaqin bo‗ladi;
- oqsilga boy bo‗lgan biomassani mikrobiologik yo‗l bilan olish jarayoni qishloqxo‗jaligi
mahsulotlari olish va oqsil olishni organik sintez bilan solishtirganda ancha engildir.
Hayvon oqsillari oldida mikrob oqsillarini ustunliklari quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
250 kg sigir va 250 g achitqilarning unumdorligi deyarli bir xildir.Bu vaqtda sigir kuniga 200 g
dan massa qo‗shib borsa, shu vaqt ichida mikroblar 25 tonnagacha biomassani hosil qiladi (nazariy
jixatdan va kultivatsiyalashning ideal sharoitlarida).