152
ratsionida moyda eriydigan va muhim axamiyatga ega qandaydir diet omil bo‗lishi kerakligini aniqladi.
Bu noma‘lum moddaga vitamin E deb nom berildi.
1936 yilda Evane va boshqa olimlar bug‗doy kurtagi va paxta moyidan hayvonlarda naslsizlikni
davolashda qo‗llaniladigan ekologik faol modda ajratib olishdi. Keyinchalik unga tokoferol deb nom
berildi. Tokoferol so‗zi grekcha ―tokos‖ – nasl va lotincha ―phyko‖ – keltirish so‗zlaridan tashkil topgan
bo‗lib, nasl qoldirishni ta‘minlash demakdir. Vitamin E yoki ―urchitish vitamini‖ ko‗pchilik o‗simlik va
hayvonlarda, jumladan dukkakli va donli o‗simliklar moyida (juxori, kunjut, chakanda moylari) go‗sht,
saryog‗, tuxum, sut va boshqa ozuqa mahsulotlarining tarkibida bo‗ladi.Vitamin E tokoferolning turli
sterioizomerlaridan tashkil topgan bo‗lib, xozirgacha ularning 7 xil izomeri aniqlangan. Ammo ulardan
-tokoferol barcha sterioizomerlar orasida o‗zining biologik ta‘siri jihatidan eng kuchli hisoblanadi.
Barcha tokoferollar kimyoviy tuzilishining asosiy elementlaridan birini benzol bilan γ-pironlardan iborat
kondensirlangan xromon yoki benzo γ-degidroperan geterotsikl xalqasini tashkil qiladi.
Olimlarning tokoferol parchalanishidan kelib chiqadigan maxsulotlarning chuqur o‗rganish
soxasida olib borilgan izlanishlari natijasida ularning kimyoviy tuzilishi yaratildi. Bu borada keyinchalik
uni sintez qilib olishda Karrer o‗z shogirdlari bilan birgalikda samarali izlanishlar
olib borib yaxshi
natijalarga erishdi.
Preparat organizmda oqsil, qand, lipid va pigmentlar almashinuvida ishtirok etadi. U ayollarda
xomiladorlik davrini normal kechishga yordam beradi.
Nerv sistemasi, mushak, qon tomirlarining
qo‗zg‗aluvchan bo‗lishiga yordam beradi. Tokoferol atsetatning 5,10 va 30%li moydagi eritmalari
ichirilardi yoki mushak orasiga yuboriladi.
Preparatni odatda nerv sistemasi pereferik tomirlar va ko‗z
kasalliklarida,aterosklerozda,
organizmda jinsiy bezlar faoliyati buzilganda xamda boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
-tokoferolatsetatni og‗zi maxkam yopiladigan qo‗ng‗ir yoki qora shisha idishlarda salqin va yorug‗lik
ta‘siridan extiyotlagan xolda saqlanadi. Ozik moddalarida kimyoviy jixatdan bir-biriga uxshash uchta -
tokoferollar borligi aniklangan. Bu moddalar vitamin faolligiga ega va ular xalkali komponentida metil
guruxlarining joylanishi bilan fark kiladi:
E vitaminining organizmga kiritilishi kislorod iste‘mol kilishni pasaytirib, nafas olish
jadalligini normaga keltiradi. Demak, tokoferollar nafas olish fermentlariga ta‘sir kilib,
ularning
faolligini pasaytiradi. Muskullarning uzgarishi - E avitaminozning ikkilamchi ta‘siri hisoblanadi.E
vitaminning ayrim bir faollik xususiyatlari uning antioksidantlik ta‘siri bilan boglangan, ya‘ni uning
boshka moddalarni oksidlanishdan ximoya kilishdan iborat.
Bu
borada shunisi kizikki, tokoferollar karotinlar va A vitaminini oksidlanishdan saklab, shu bilan
ularning organizmda ishlatilishiga kulay sharoit yaratib beradilar. Tokoferollar xam o‗simlikdan, xam
xayvonlardan olinadigan ozik maxsulotlarida keng tarkalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: