Ishning bajarilishi: probirkaga 1-2 ml kraxmal eritmasidan solinadi va unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasidan qo’shiladi. Natijada quyuq ko’k rang hosil bo’ladi. Isitilganda rang yo’qoladi va sovitilgach, yana paydo bo’ladi.
Kraxmalning qaytaruvchi xossasini tekshirish
Reaktivlar: a) 1% li kraxmal, b) konsentrlangan xlorid kislota, v) Trommer reaksiyasi uchun reaktivlar: 5% li natriy ishqori, 5% li mis sulfat, v) Barfed reaktivi
Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 4-5 ml dan kraxmal eritmasidan solinadi. Birinchi probirkaga 3 tomchi konsentrlangan xlorid kislota, ikkinchi probirkaga shuncha miqdorda distillangan suv solinadi. Ikkala probirkalar 10-15 daqiqa qaynab turgan suv hammomiga qo’yiladi. Sovitilgandan so’ng Trommer reaksiyasi o’tkazib ko’riladi. Birinchi probirkada mis gidroksidining qizil cho’kmasi tushadi. Bunda kraxmal gidrolitik parchalanib, metallarni qaytarish reaksiyalarini namoyon qiladi. Ikkinchi probirkada esa bu reaksiya amalga oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |