To‘yinmagan yog‘ kislotalar sintezi
Tarkibida bitta qo‘shbog‘ tutuvchi palmitoolein va olein kislotalari
jigar va yog‘ to‘qimasi hujayralari mikrosomalarida maxsus
oksigenazalar ta’sirida kislorod ishtirokida palmitat va stearinat
kislotalaridan sintezlanadi. Ushbu reaksiyada bir molekula kislorod ikki
juft elektron uchun akseptor vazifasini o‘taydi, ularning bir jufti substrat
(atsil-KoA) hisobidan bo‘lsa, ikkinchi jufti NADFH
2
hisobiga:
C
15
H
31
-CO-S-KoA+NADFH
2
+O
2
→CH
3
-(CH
2
)
5
-CH=CH-(CH
2
)
7
-CO-SKoA +NADF
Palmitil-KoA palmitooleil-KoA
+2H
2
O
Linol va linolen kislotalari odam va hayvon organizmida
sintezlanmaydi. Organizmga ular ovqat tarkibida tushadi. Boshqa ota
to‘yinmagan yog‘ kislotalari jigarda mikrosomal va mitoxondrial
fermentlar ishtirokida palmitoolein, olein, linol, linolen kislotalari
molekulasining uzayishi hamda qoshimcha qo‘shbog‘lar kiritilishi yoli
bilan sintezlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |