Fosfoglitseridlar biosintezi
Muhim glitserofosfolipidlar sintezi hujayra endoplazmatik to‘rida yuz
beradi. Misol tarzida fosfatidiletanolamin biosintezini ko‘rib chiqamiz.
Bu jarayonda dastlab etanolamin etanolaminkinaza ishtirokida
fosforillanishi natijasida fosfoetanolamin hosil bo‘ladi.
Fosfaetanolamin STF bilan etanolaminfosfatsitidiltransferaza
ishtirokida reaksiyaga kirishi natijasida SDF-etanolamin hosil bo‘ladi:
Etanolaminfosfotransferaza ishtirokida SDF-etanolamin 1,2 diglitserid
bilan reaksiyaga kirishadi va fosfatidiletanolamin hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |