Triglitseridlar sintezlanishi
Toqimalarda triglitseridlar glitserin va yog‘ kislotalaridan
sintezlanadi. Dastlab glitserin kinaza ta’sirida glitserin ATF evaziga
fosforillanadi va glitserol-3-fosfat hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichda
glitserol-3-fosfat ikki molekula faol yog‘ kislotasi (atsil-KoA) bilan
birikib fosfatid kislota hosil bo‘ladi. Undan fosfatidatfosfataza ta’sirida
fosfat kislota qoldig‘i ajralishi natijasida hosil bo‘lgan diglitseridga yana
bir molekula atsil-KoA birikishi natijasida triglitserid hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |