38
bo`ladi. Ionlar o`zlarining qutblantirish ta`siriga ko`ra Gofmeysterning
quyidagi oddiy qatorini
hosil qiladi, ya`ni Na
+
>Li
+
>Rb
+
>K
+
. Ammo tajribalardan shu narsa ma`lum bo`ldiki, tashqi
muhitdagi ionlar konsentratsiyasining kamayishi, konsentrasion element nazariyasidan kelib
chiqadigan-potensiallar farqining kamayishi emas, balki uning dastlabki oshishiga olib keladi.
Ionlar konsentratsiyasi to`rt barobar kamaytirilgandagina potensial kamaya boshlaydi. Bunday
holni, teri passiv yarim o`tkazuvchan membrana bo`lmay, balki ionlarni o`zidan tanlab
o`tkazadigan aktiv membrana, deb faraz etish orqali tushuntirish mumkin. Faraz quyidagi dalillar
bilan tasdiqlandi:
1. Teridagi potensiallar farqi ba`zi
bir ionlar, ayniqsa,natriy ionlarining o`sha ion
konsentratsiya gradientiga qarshi yo`nalishda tashilishi evaziga osha boradi.
2. Teri elektrogenezi modda almashinuvi bilan zich bog`langan. Nafas jarayonining
susayishi teri potensialining kamayishiga olib keladi.
3. Radioaktiv izotoplar metodi yordamida shu narsa ma`lum bo`ldiki, terining har ikkala
tomonida bir xil tarkibli eritmalar mavjudligi sharoitida, natriy ionlarining tashqi eritmadan
ichkariga tashilishi evaziga terida potensiallar farqi vujudga keladi. Demak, teri faol
elektrogenez xususiyatga ega a`zo hisoblanadi. Ammo, bu terining hamma elementlarida ham
shu xildagi xususiyat mavjud,
degani emas, albatta. Elektrogenez lokalizasiyasini tekshirish
natijalari shunday xulosaga olib keldiki, mazkur xususiyat faqat natriy ionlarining konsentratsiya
gradientiga qarshi yo`nalishda aktiv tashilishini amalga oshira oladigan epitelial qavat
hujayralarigagina xos xususiyat ekan.
Natriy ionlarining aktiv tashilishi tufayli yuzaga chiqadigan potensiallar farqi, nazariy
jihatdan, odatdagi sharoitda o`lchab olinadigan potensiallar farqidan katta bo`lishi shart. Natriy
ionlari aktiv tashilganda, u bilan birga, bir vaqtning o`zida,
teri orqali xlor ionining
konsentratsiya gradienti yo`nalishidagi oqimi ham ro`y berib turadi. Natijada teridagi
potensiallar farqi kamayadi. Xlor ionining bu xildagi potensial kamaytirish (shuntlash) rolini,
odatda Ringer eritmasini sulfatli Ringer eritmasiga almashtirish yo`li bilan namoyish etsa
bo`ladi. Bunda teridagi potensiallar farqi oshadi. Xuddi shu xildagi effektga terini tashqi
tomonidan ikki valentli mis ionlari bilan ishlash orqali ham erishish mumkin. Terining tashqi
yuzasiga tegib turadigan Ringer eritmasiga mis sulfatning bir nechta kristali tashlansa,
potensiallar farqi bir soat davomida, dastlabkisiga qaraganda 10-60 mV ga oshadi.
Shu xildagi va
boshqa ko`plab eksperimentlarda qo`lga kiritilgan ma`lumotlarga asoslanib, terining natriy
ionlarini tashishdagi funksional rolini aks ettiruvchi ekvivalent sxemasi taklif etildi.
Ussing va Zeran taklifiga ko`ra, teridagi EYUK manbai natriy nasosi (E
Na
) bo`lib, u natriy
ionlarini haydaganda ma`lum qarshilikka (R
Na
) duch keladi va uni yengadi. Xlor ionlarining
passiv harakati bilan shartlangan shunt ham ma`lum qarshilikka ega (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: