"Biofizikadan amaliy mashg’ulotlar" o’quv qo’llanmasi umumiy biofizika kursining fizikа-kimyo va elektrobiologiya bo’limlariga taаlluqli amaliy mashg’ulotlarning nazariy va amaliy masalalarni o’z ichiga oladi



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/64
Sana14.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#549654
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
БИОФИЗИКА лаборатория машғулотлари-ЛОТИН pechatga

P
In
F
RT
E
Cl
Na
K
Cl
Na
K
M
(3) 
Xodjkin va Katslarning ta`kidlashlariga ko`ra, agarda mazkur ionlar tashuvchilar bilan 
kimyoviy kompleks hosil qilsa yoki ionlar oqimining sezilarli ulushi K, Na va Cl ionlari evaziga 
amalga oshsa, u holda tenglama haqiqiy holatga bo`lgan qo`pol yondashishdan boshqa narsa 


35 
bo`lmaydi va aniq natija ham bermaydi. Shunga qaramay, mazkur tenglama ikkita afzallikka ega. 
Birinchidan, u oddiy, ikkinchidan, o`tkazuvchanlik konstantalaridan biri boshqasiga qaraganda 
katta bo`lgan taqdirda, tenglama o`zining termodinamik ixcham shakliga ega bo`ladi. 
Xodjkin va boshqalarning ishlari tufayli, tinchlik potensiali bilan harakat potensiallariaro 
bog`lanish 
mavjudligi 
isbotlandi. 
Ta`kidlanishicha, 
tinchlik 
holatidagi 
asab 
tolasi 
membranasining ichki yuzasi, uning tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Shu tufayli 
asab tolasining kaliy ionlariga bo`lgan o`tkazuvchanligi tuban, natriy ionlariga nisbatan 
o`tkazuvchanligi esa undan ham tuban bo`ladi. Asab tolasi qo`zg`alganda uning natriy ionlariga 
bo`lgan o`tkazuvchanligi oshadi va natriy ionlari elektrokimyoviy gradient yo`nalishida, 
tashqaridan ichkariga o`tadi. Shu munosabat bilan tola ichkarisiga musbat zaryadlar kira boradi. 
Natijada, membrana potensiali dastlab kamayadi, keyin esa nolga va hatto teskari zaryadlanadi, 
ya`ni membrananing ichki yuzasi, uning tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadlanadi. 
Hisoblashlar natijasiga ko`ra, natriy ionining hujayra ichidagi konsentratsiyasi tashqaridagi 
konsentratsiyaning 1/10 ulushini tashkil etgan sharoitda, membranadagi zaryad 60 mV ga 
erishadi.
Tajribalardan ma`lum bo`ldiki, natriy ionlari konsentratsiyalarining ma`lum diapazonida
muhitdagi natriy ioni konsentratsiyasining logarifmi bilan qo`zg`algan membranada vujudga 
keladigan potensiallararo, taxminan chiziqli bog`lanish mavjud. Bu hol qo`zg`algan 
membranani, muvozanat potensiali quyidagi tenglama bilan ifodalanadigan natriy elektrodiga 
o`xshatib qo`yadi. Harorat 18°C bo`lgan sharoitda: 
 
 
 
 
i
i
Na
Na
Ig
Na
Na
In
F
RT
E






0
0
58
(4) 
Hujayra ichi potensial belgisining o`zgarishi o`z navbatida, kaliy ionlarining asab tolasidan 
elektrokimyoviy gradient bo`ylab tashqariga chiqishiga sabab bo`ladi. Musbat zaryadlarning bu 
xildagi tashqariga haydalishi membrana ichi potensiali dastlabki manfiylik holatiga 
erishmaguncha davom etaveradi. 
Xodjkin fikriga binoan, membrana potensialining navbatdagi o`z holiga kelishi tashqi 
muhitdan kaliy ionlarining sitoplazmaga kirishi bilan bir vaqtda boradigan, natriy ionlarining 
natriy nasosi ishi evaziga tashqariga aktiv ravishda chiqarilishi bilan amalga oshadi. 
Kalmar gigant aksonini ichkaridan perfuziyalash tadqiqotidan shu narsa ma`lum bo`ldiki, 
akson ichi kanalidagi natriy ionlari konsentratsiyasining oshirilishi, harakat potensiali "oshiqcha 
chetlanish" qismining qaytar kamayishiga sabab bo`ladi. 
Xarakat potensiali kattaligini quyidagi soddalashtirilgan tenglama yordamida hisoblab 
topsa bo`ladi: 
   
   
,
0
0
i
i
D
Na
ь
K
Na
ь
K
In
F
RT
E







(5) 
bu yerdagi 
.
K
Na
P
P
ь

Tenglamadan kelib chiqadiki, [Na
+
]

< [K
+
]
0
sharoitida harakat potensialining "oshiqcha 
chetlanish" qismi faqat hujayra ichi kaliy konsentratsiyasi bilan cheklanadi. [Na
+
]
i
= 0 va [Na
+
]
0
»[K
+
]
0
bo`lganda esa, tenglama soddalashib quyidagi shaklga kiradi: 
 
 
0
0



K
Na
ь
In
F
RT
E
(6) 
Demak, hujayra ichi muhitida natriy ionlarining umuman bo`lmasligi yoki K
+
ning kamayishi 
"oshiqcha chetlanishning" o`sishiga olib kelishi kerak. Mazkur taxmin amalda tasdiqlandi. 
Hujayra ichiga kiritilgan K
2
SO
4
eritmasining yarmi glyukoza eritmasi bilan almashtirilganda, 


36 
"oshiqcha chetlanish" 10 mV ga oshadi. Kaliy sulfat eritmasi glyukoza eritmasi bilan 6 marta 
suyultirilganda "oshiqcha chetlanish" 30 mV ga yetib boradi. Shu narsa ham qayd etiladiki
harakat potensialining tushuvchi fazasida membrananing kaliyga o`tkazuvchanligi oshadi va 
ionlar chiquvchi oqimining kuchayishi, o`z navbatida membrananing repolyarizasiyasini 
kuchaytiradi. 
Shunday qilib, natriy va kaliy ionlarining hujayra ichi konsentratsiyalarini o`zgartirish yo`li 
bilan olingan ma`lumotlar, membrananing har ikkala tomonida mavjud ionlarning konsentratsiya 
gradientlari nerv impulsi hosil bo`lishning bevosita manbai bo`lib xizmat qiladi. 
Intakt aksonlarda qayd etilgan harakat potensiali ham, membarana qo`zg`atgan paytda 
ionlarga bo`lgan o`tkazuvchanlikning o`zgarishi harakat potensialining kelib chiqishiga sabab 
bo`ladi, degan xulosani tasdiqladi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish