31
harakatchanliklaridagi farq ionlar ba`zi bir membranalar orqali o`tayotganda yana ham
kattalashadi. Shu xildagi membranalar jumlasiga birinchi navbatda,
poralar diametri kichik
bo`lib, yirik ionlarni, masalan, oqsil ionlarini ushlab qolib, anorganik kationlar, masalan, natriy
ionlarini bemalol o`tkazib yuboradigan membranalar kiradi. Shu xildagi membranalar va ularga
xarakterli bo`lgan ionlar taqsimotini birinchi bo`lib, F. Donnan batafsil o`rgandi.
Donnan Na
+
va Cl
-
ionlarini o`tkazib, oqsil anionlari (P
-
) ni o`tkazmaydigan
membranalardan foydalandi. Agarda bu xildagi membranalarning bir tomonida Na
+
va C1
-
,
ikkinchi tomonida Na
+
va P
-
ionlari mavjud bo`lsa, u holda sistemada, muvozanat tiklanishi bilan
membranada potensiallar farqi paydo bo`ladi. Kelib chiqqan potensiallar farqini quyidagi
formula yordamida hisoblab topish mumkin:
,
0
i
o
i
Na
Na
F
RT
Cl
Cl
In
F
RT
E
(1)
bu yerdagi [Cl
-
]
i
, [Cl
-
]
o
va [Na
+
]
i
, [Na
+
]
o
xlor va natriy ionlarining membrana ichi va tashqi
tomonidagi konsentratsiyalaridir.
Donnan muvozanatini biologik sistemalarga tadbiq etish uchun
qilgan urinishlardan faqat
uning eritrotsitlar bilan qon plazmasiaro ionlar taqsimotiga qilingan tadbiqigina muvaffaqiyatli
bo`lib chiqdi.
Donnan nazariyasi bioelektrik potensiallar kelib chiqishini, ya`ni elektr energiyasining
uzluksiz ravishda paydo bo`lib turishini izohlay olmadi. Chunki Donnan potensiali, o`z tabiatiga
ko`ra, statsionarmas, balki muvozanat potensiali edi.
Ikkinchi tomondan, Donnan potensialini qayd etish masalasi metodik jihatdan ham qiyinchilikka
duch keldi. Muvozanat sharoitida potensialni qayd etish uchun ishlatiladigan elektrodlar,
membranada vujudga keladigan potensialga aloqador ionlarni ajratgan
taqdirda potensiallar
farqini o`lchashning o`zi, umuman mumkin bo`lmay qoladi. Demak, Donnan muvazanat
nazariyasini, ba`zi bir xususiy hollarni inobatga olmaganda, biologik sistemalarga qo`llash
umuman mumkin emas. Ammo shunday membranalar mavjudki, ular ma`lum ionlarni o`tkazib,
ularga nisbatan qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni o`tkazmaydi. Ana shu xildagi
membranalarga kationlarni o`tkazib, anionlarni ushlab qoladigan kollodiy membranasi misol
bo`la oladi.
Membrana orqali anionlar harakatchanligi nolga teng (V=0)
membrananing tomonlari aro
kelib chiqadigan potensiallar farqi (membrana potensiali) teng bo`ladi:
F
RT
u
u
E
0
0
F
RT
C
C
In
2
1
2
1
C
C
In
(2)
Anionlarga nisbatan o`tkazuvchan membranalar uchun esa, ya`ni
v
=0 holi uchun hosil qilamiz:
F
RT
v
v
E
0
0
F
RT
C
C
In
2
1
2
1
C
C
In
(2a)
Bayon etilgan xususiy hollar uchun tenglamalarni umum tarzda quyidagicha yozish mumkin:
2
1
C
C
In
F
RT
E
(2b)
Shunday qilib, membranalarning tanlab o`tkazuvchanlik xususiyati undagi zaryadlarning
xarakteriga bog`liq. Zaryad xarakteri o`z navbatida eritmadan membranaga o`tadigan ionlar va
o`sha membrananing tabiati bilan belgilanadi. Ionlarning membranaga adsorbsiyalanishi
natijasida, membrana bilan muhit chegara bo`limi aro qo`sh elektr qavati paydo bo`ladi.
Membranadagi poralar diametri yetarli darajada katta bo`lganda,
u yoki bu xildagi ionlar
membrana orqali bemalol o`tib ketadi. Aks holda, membrana zaryad belgisi membrana zaryad
belgisiga qarama-qarshi bo`lgan ionlarnigina o`tkazadi. Zaryad belgisi membrana bilan bir xil
ionlarni esa itaradi va o`tkazmaydi.
32
Membrana bir xil kimyoviy tarkibga ega, ammo har xil konsentratsiyali eritmalarni ajratib,
eritmadagi ionlarning bir turiga o`tkazuvchan, boshqa turiga o`tkazuvchan bo`lmagantaqdirda,
unda vujudga keladigan potensial o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Membrana o`zi bilan
bir xil zaryadlangan ionlarga nisbatan ma`lum darajada o`tkazuvchan bo`lsa, u holda membrana
potensialining kattaligi o`zining nazariy miqdoridan kam bo`lib qoladi. Shunday bo`lishiga
qaramay, ba`zan membrana potensialining kattaligi ionlarning
diffuziyasi tufayli kelib
chiqadigan diffuzion potensial miqdoridan katta bo`lib chiqadi. Membrana potensiali bilan
diffuzion potensialaro bu xildagi mos kelmaslik sababi, eritmadagi erkin diffuziya sharoitida
kation va anionlar harakatchanliklarining o`zaro katta farqlanishidadir.
Ionlarning membrana poralari orqali o`chishiga ularning gidratlanish darajasi ham kuchli
ta`sir ko`rsatadi.
Membrananing
zaryad belgisi, demak, uning muayyan bir zaryadli ionlarga nisbatan
o`tkazuvchanligi mutlaqo o`zgarmas hol bo`lmay, ma`lum sharoitda o`zgaradi. Masalan,
kollodiy membranasining manfiy zaryadini ba`zi bir bo`yoq moddalar, jumladan rodamin B
q`oshib o`zgartirsa bo`ladi. Demak, shu yo`l bilan kollodiy membranasini anionlarga nisbatan
ham o`tkazuvchan qilib qo`yish mumkin. Membrana potensiali esa
qarama-qarshi belgiga ega
bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: