Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Tayyor bloklarni yig‘ish usullari



Download 4,86 Mb.
bet50/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Tayyor bloklarni yig‘ish usullari. Qurilish amaliyotida bloklarni yig‘ishni uch xil usuli qo‘llaniladi – oqimli-stendli, konveyerli va stendli – konveyerli.
Oqimli-stend usulida yig‘ish liniyasi (qatori) bir necha qator statsionar stendlarni yig‘ish bilan xosil qilinadi, ularda metall konstruksiyalarini yiriklashtirishdan to tom qoplamalarini barpo etishgacha bo‘lgan kompleks ishlar ketma-ket bajariladi. Stendlar bevosita barpo etilayotgan binoga va bir vaqtda metall konstruksiyalari va qurilish materiallari omborxonalariga yaqin joylarga joylashtiriladi. Stendlar supalar va yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bilan jihozlanadi. Tomyopma bloklari ishlarni bajarish jaraenida qo‘zg‘almas bo‘ladi. Stenddagi ishlarni ixtisoslashlashtirilgan metallkonstruksiya montajchilari, quruvchilar va texnologik uskunalarni montajchilarining mobil zvenolari bajaradi. Ishchilarning turg‘un ish joyi mavjud emas, ular bir statsionar blokdagi ishni to‘gatib , shunday ishlarni bajarish uchun boshqa yangi bazaga, boshqa stendga ko‘chishadi.
Ammo bu o‘tishlar va asboblarni, materiallarni va mexanizmlarni ko‘chirishlar ko‘p miqdordagi ish vaqtini yo‘qotilishiga olib keladi, ayniqsa stendlar soni ko‘p bo‘lganda. Lekin stendli usulda ishlarni bir xil maromda bajarilishi − ritmiylik ta’minlanadi va bloklardagi ishlarni davomiyligi bir xil bo‘lishiga erishiladi. Tayyor bloklar transportlarda tashilib, shu ishlar uchun mo‘ljallangan mexanizmlar bilan odatdagi tartibda montaj qilinadi.

10.2-rasm. Tomyopma bloklarini turlari (tiplari). a, b – simmetrik strukturali bloklar; v – simmetrik bo‘lmagan blok; 1 – stropila osti fermasi; 2 – stropila fermasi; 3 – progonlar.
Konstruksiyalarni oldindan bloklar tarzida yiriklashtirish montaj ishlarini bajarishda ko‘p afzalliklarga ega:

  • oqim-stend liniyasini qurish uchun kam miqdorda material va mehnat

xarajati;

  • ishchilarni mahsulot ishlab chiqarishi 1,3 ... 7 barobarga oshadi;

  • montaj qilishda iqtisodiy samaradorlik elementlab montaj qilishga nisbatan yuqori bo‘ladi;

  • bloklarni yig‘ish uchun nisbatan arzon va yuk ko‘taruvchanligi kam montaj kranlarini qo‘llanilishi;

  • yig‘ishdagi yuqorida bajariladigan xavfli ishlarni mustasno bo‘lishi, chunki barcha ishlar yerda yoki surilar bilan jihozlangan stendlarda bajariladi;

  • bir marotaba ko‘tariladigan yuk massasi oshadi;

  • doimiy nazorat bemalolligi ishlar sifatini sezilarli darajada oshiradi;

  • umumiy ishlarni davomiyligi kamayadi.

  • asosiy yuk ko‘taruvchi montaj mexanizmidan samarali foydalaniladi va uning to‘rib qolishi mustasno bo‘ladi.

Yig‘ish stendlarini soni asosan 2 ta dan 6 ta gacha, va shunga mos ravishda ( yarasha) bir sutkada 1 ta dan 5 ta gacha bloklarni yig‘ish mumkin.
10.3.2. Konveyerda yig‘ish

Ishlab chiqarishga oid binolarni tomyopma bloklarini konveyerlarda yig‘ishni mohiyati shundaki, alohida maydonchada, qurilayotgan ob’yektga yaqin joyda, maxsus uskuna va moslamalar bilan jihozlangan va yuk ko‘tarish mexanizmlari bilan metallkonstrutsiya elementlari operatsion ketma-ketlikda yig‘ilib, ma’lum o‘lchamdagi bikir fazoviy tomyopma bloki xosil qilinadi.
Konveyerni birinchi to‘xtash – turish joyida (10.3−rasm) bikir qilib to‘rtta metall ustun o‘rnatilgan (ustunlarni yuqori qismi) bino uchun qabul qilingan to‘r asosida, masalan 12×24 m li o‘lchamlarda. Birinchi to‘xtash joyi stend bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘rnatilgan ikkita stropilaosti va stropila fermalarni yuqori aniqlikdagi geometrik o‘lchamlarini va bir – biriga bikir qilib o‘zaro maxkamlashni ta’minlaydi. Yig‘ilgan blok domkratlar yordamida 10…15 sm, balandlikka ko‘tarilib, nolinchi turish joyidan relslar bo‘yicha to‘rt g‘ildirakli balansirlovchi aravacha yoki ikki o‘qli mustaqil aravachaga keltirilib blok ostiga kiritiladi, blok unga tushirib maxkamlanadi. Keyinchalik blokni konveyer bo‘yicha siljitish shu aravacha yordamida amalga oshiriladi.
Konveyerning xamma aravachalari o‘zaro bir-biri bilan biriktirilgan bo‘lib, xamma bloklar bir to‘xtash joyidan ikkinchisiga rels bo‘ylab bir vaqtda, bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil masofaga elektrchig‘irlari va polispastlar yordamida siljitiladi. Relsli yo‘llar, aravachalar, yig‘ish va bloklarni siljitish moslamalari xammasi birgalikda konveyer deyiladi.


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish