155
3.
Storopil to‘sinlari yoki fermalarning tayanchlari
4.
Tayanch planka
5.
Anker bolt
6.
Fiksatorlar
7.
Tayanch plastinkasi
To‘sinlarning tepa qismida yopma panelli va harilarni qotirish uchun uni ostki
qismida hamda devorida osma transport vositalarini ishlatish uchun ma’lum bir
masofalarda joylashgan metall quyma detallari, tayanch qismida esa to‘sinini
ustiga
qotirish uchun, mahsus o‘yiqlari bo‘lgan po‘lat listlar ko‘zda tutiladi (2.37-rasm).
2.37-rasm. Storopil konstruksiyalarida yopma panelini ishlatish uchun
o‘rnatilgan quyma detallari.
1.
Po‘lat taxta tayanch
2.
Quyma detallar
Fermalarni qo‘llanishi va tuzilishi yopma turiga,
fonarlarni joylashishi va
shakliga, hamda tomning umumiy komponovkasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliqlari 18m va undan katta bo‘lgan binolar uchun oldindan zo‘riqtirilgan,
betonni sinfi V30-V40 bo‘lgan temir-beton fermalar ishlatiladi. fermalarni qo‘llash
natijasida fermani tuzuvchilari bo‘lgan sterjenlar oralig‘idai bo‘shliqlarga santexnik
va texnologik tarmoq uskunalarni joylashtirish imkonini beradi.
Ferma yuqori qismi chizimiga ko‘ra ularni segmentsimon, arkasimon,
parallel
poyasli va uchburchak ko‘rinishidagi turlarga ajratish mumkin (2.38-rasm).
156
2.38-rasm. Sanoat binolarining storopil fermalari
a-hovonli, segmentsimon; b-havonsiz, sterjenlari
tikka joylashgan arkasimon
ferma; v-parallel poyasli havonli ferma; g-ikki nishobli ferma;
d-yassi tom uchun
havonsiz, arkasimon ferma.
Segmentsimon va sterjenlari tikka joylashgan fermalarni oraliqlari 18 va 24
metr, ustunlar qadami 6,0 bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
Parallel poyasli fermalarni oraliqlari 18 va 24m, ustun qadami 6 va 12m bo‘lgan
korxona binolarda qo‘llanilgan ferma ustunlariga hamda yopma plitalarini fermalarga
qotirish usullari balkalarni ustunlarga qotirish usuliga o‘xshash bo‘ladi.
Katta oraliq ishlab chiqarish binolarda arkasimon yig‘ma temir-beton
konstruksiyalari ishlatiladi. Konstruktiv sxemalarga ko‘ra ikki sharnirli “tayanchlari
157
sharnirli birikkan”, uch sharnirli va sharnirsiz turlarga bo‘linadi. Bularni ichida ikki
sharnirli arkalar jo‘nligi, qulayligi va qurilishda “yig‘ilishda”
osonligi bilan ajralib
turadi.
Oraliq kengligi 30m va undan katta bo‘lgan hollarda nishobi (qiyaligi)
oraliqning 1-5 dan 1-7 gacha qismiga to‘g‘ri keladigan temirbeton yassi arkalar
ishlatiladi. Bunday arkalarni ustki qismi (sterjeni) oldindan zo‘riqtirilgan
temirbetondan ishlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: