189
2.50-rasm. YOrug‘lik va aeratsiya fonarlarining asosiy profillari.
a – to‘g‘ri to‘rtburchakli; b,v – trapetsiyasimon; g – uchburchaksimon; d – “M”
simon; e – arrasimon (shedoviy); j,k – zenit fonarlari.
Ko‘pgina hollarda bino bo‘ylamasi bo‘yicha joylashgan fonarlar ishlatiladi va
ular bino to‘risiga ikki tomondan 6,0 yoki 12m etmaydi. Fonarlarning turlarini va
o‘lchamlarini yorug‘lik
faolligi, qurilish joyi iqlimi sharoiti, bino ichki harorat-
namlik rejimi, bino inter’eri va tejamkorlik ko‘rsatkichlariga qarab tanlanadi.
Unifikatsiya qilingan fonarlar kengligi 6,0 va 12, hamda 18m bo‘lib tavaqasi
nominal balandligi 1,25: 1,5 va 1,75m qilib qabul qilingan. YOrug‘lik fonarlari
ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Fonar ko‘taruvchi
konstruksiyalarini po‘lat, temirbeton va yog‘och ramalardan loyihalanadi. Fonarlarni
ko‘proq po‘lat tavaqali turlari ishlatiladi (2.51-rasm).
190
2.51-rasm. To‘g‘ri to‘rt burchakli fonar detali
1 – ruxlangan po‘lat tunuka; 2 –
issiq sovuqdan himoya qatlami; 3 – bo‘rt
elementi; 4 – yog‘och brusok; 5 – tavaqa; 6 – asbotsement bo‘g‘ot paneli; 7 – temir
beton plita; 8 – qotiruvchi anker; 9 – shveller; 10 – fonar fermasi; 11 – fonar paneli.
Tavaqalari ochiladigan yoki umuman ochilmaydigan bo‘lishi mumkin, ularni
bir yoki ikki yarusda o‘rnashtiriladi. Ularning hammasini yoki ayrim qismini
mexanik tarzda ochib yopuvchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
YOrug‘lik fonarlarining uzunasi bo‘yicha har 84m masofada 6,0m
kenglikda
uzish kerak bo‘ladi. Derazalarni ochilish burchagi 70
0
gacha bo‘ladi. Qiya deraza
panjalarida iloji boricha armaturalangan oyna ishlatiladi va ularni mahsus qotirgichlar
yordamida joyida mahkamlanadi.
Fonar ko‘ndalang bikirligini oshirish uchun fonar konturiga tirgaklar kiritiladi,
fonar ramasi oralig‘iga esa bog‘lovchilar o‘rnatiladi. Ramasimon fonarlarni o‘rnatish
murakkabligini
hisobga olib, ekspluatatsiya sarflari va issiqlik yo‘qotilishi yuqori
bo‘lganligini hamda oynalarining tez ifloslanadiganligi keyingi yillarda fonarlarni
yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishga to‘g‘ri kelmoqda.
Bunday fonarlar
takomillashgan bo‘lib, zenit fonarlari hioblanadi va ular yuqoridagi kamchiliklardan
holi bo‘lib qolmasdan o‘zidan yorug‘likni yaxshi o‘tkazuvchi tom hamdir. Bunday
fonarlar
plastmassalardan tayyorlangan, industrial, ko‘p og‘irlikka ega bo‘lmagan,
katta mustahkamlikka ega, montaj qilinishi jo‘n va ishlatishga qulay hisoblanadi.
191
Zenit fonarlarini tom sirtida aloxida-aloxida turuvchi va seksiya tipida bo‘lishi
mumkin. seksiyalar ko‘taruvchi konstruksiyalarga
burama mixlar yordamida
mahkamlanadi. Zenit fonarlari burtmasi (kupoli) o‘lchami 1400x1600mm, organik
shishadan qilingan panel o‘lchami esa 1600x6200mm ga teng bo‘ladi (2.52-rasm).
Bino ichkarisini shamollatish uchun mo‘ljallangan mahsus ko‘rinishlarga ega
bo‘lgan bosimlar har xil bo‘lganda so‘rilish yoki havoni chiqarish prinsiplariga
asoslangan fonarlar aeratsiya fonarlari deyiladi.
Bunday fonarlarda shamoldan muxofaza qiladigan derazadan ma’lum bir
masofada turuvchi panellar qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday fonarlarda deraza o‘rni
balandligi 1,25: 1,75: 2,4 va 3,4m qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: