15
-MAVZU
BINOLARNI GORIZONTAL SILJIYDIGAN QOLIPLARDA BARPO
ETISH.
Ma‟ruzani olib borish texnologiyasi (mashg„ulot modeli)
O‘quv soati – 2 soat
Talabalar soni: 50-60 ta
O‘quv mashg‘ulot shakli
Ma‘ruza
Ma’ruza rejasi
1.
Qish vaqtining alohida jihatlari.
Binolarni gorizontal siljiydigan qoliplarda barpo etish.
G‗ildirab gorizontal siljiydigan qolip.
2. Hajmiy qayta o‗rnatiladigan qolip. Tunnel qolip.
3. «NOE» firmasining ko‗p maqsadli hajmiy qolipi. «Utinor»
firmasining tunnel qolipi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Binolarni gorizontal siljiydigan qoliplarda barpo etish,g‗ildirab
gorizontal siljiydigan qolip,hajmiy qayta o‗rnatiladigan qolip,tunnel qolip, «NOE» firmasining
ko‗p maqsadli hajmiy qolipi, «Utinor» firmasining tunnel qolipito‗g‗risida bilimga ega bo‗lishdan
iborat.
1-ilova
Tayanch so‗zlar:
Tunnelli qolip, ―NOE‖ firmasi, «Utinor» firmasi, seksiya, modulli,
beton qorishmasi, ―o‗rdak
burun‖ traversa, sokol qolip, vertikal panel
tunnel qolip.
2-ilova
Qish vaqtining alohida jihatlari.
Me‘yoriy talablarga binoan qish sharoiti deganda, tashqi havoning o‗rtacha sutkalik xarorati
5
0
S dan past va sutkalik minimal xarorat 0
0
S dan past bo‗lgan holatlar tushuniladi. SHunday iqlimiy
sharoit O‗zbekistonda yilda 2-3 oy davom etishi mumkin.
Qish davri konstruksiyalarni monolit betondan tiklashda ko‗p jihatdan ta‘sir etadi. Qish
davrida beton ishlarini to‗xtatib qo‗yish qurilish muddatining uzayishiga, ustama xarajatlarning va
mablag‗larning aylanish muddatining ortishiga olib keladi. Natijada qurilish
maxsulotining tannarxi
ko‗tariladi, uning realizatsiyasi xajmi qisqaradi va xar xil ijtimoiy muammolar tug‗iladi.
Beton ishlarini qishda bajarishda bir qator talablar quyiladi, ulardan asosiylari:
-
qishda betonlashning texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan usulini tanlash, ishlarni
bajarish texnologik
xaritalarni ishlab chiqish;
-
beton qorishmasini tayyorlash davrida uning xaroratini 35
0
S dan oshmagan holatda
isitish;
-
beton qorishmasini ob‘ektga tashib keltirish, konstruksiyaga joylash davrida uning
boshlang‗ich issiqlik energiyasini maksimal
saqlab qolish;
-
qolip ichini va yuzasini qordan, armatura karkaslarini muzdan tozalash;
-
betonni konstruksiyaga joylashda uning zichlash davomiyligini 25% oshirish;
-
qotish davrida betonga kerakli harorat-namlik sharoitini ta‘minlash;
-
muzlaguniga qadar betonning talab etiladigan sovuqqa chidamlilik mustaxkamligini
ta‘minlash.
Qish sharoitida betonning mustaxkamlik tavsiflarini ro‗yobga chiqarishning o‗ziga xos
jihatlari mavjud.
Asosiy muammo shundan iboratki, beton strukturasi shakllanishining boshlang‗ich
davrida undagi kimyoviy bog‗lanmagan suvlarning muzlab, xajmini 9% oshirishi va betondagi
bog‗lanishni buzishidir. SHu sababdan uning keyingi mustaxkamligi normal holda qotgan betonga
nisbatan 15-20% kam bo‗ladi.
Betondagi suvning muzlashi uning mustaxkamligini pasaytiruvchi boshqa jarayonlarga ta‘sir
etib, ya‘ni muz plenkasi armaturani va to‗ldiruvchilarni qurshab
olib ularning sement bilan
jipslashishiga qarshilik ko‗rsatadi, beton erigandan so‗ng zich struktura hosil bo‗lmaydi.
Qishda betonlash texnologiyasining shakllangan asosi shundan iboratki, bunda monolit temir
beton konstruksiyalarda qisqa vaqtda, kam sarflar bilan sovuqqa chidamligi bo‗yicha yoki talab
etiladigan loyihadagi yuklamalarni qabul qila oladigan darajadagi mustaxkamligini ta‘minlashga
erishish.
Betonning kritik mustaxkamligi R
28
ga nisbatan foizda ifodalangan bo‗lib,
bu kritik
mustaxkamlikka erishgandan so‗ng, beton muzlab issiq xaroratda muzi erisa, bu uning mustaxkamlik
ko‗rsatkichlariga ta‘sir etmaydi.
Beton ishlarini olib borish uchun tayyorgarlik, betonlashning ayrim jihatlarini va monolit
konstruksiyalarning taxminiy ekspluatatsiya qilish sharoitini taxlil etishdan boshlanadi. Betonlash
texnologiyasiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar:
• betonlanadigan yuzaning moduli M
yu
konstruksiya xajmining katta-kichikligini tavsiflovchi
ko‗rsatkich bo‗lib, ya‘ni sovuq ta‘sir etuvchi konstruksiya yuzalari yig‗indisining,
shu konstruksiya
xajmiga nisbati tushuniladi;
• beton joylanadigan asosning grunt qatlamini tayyorlash;
• beton joylanadigan asosni (muzlagan grunt, tayyorgarlik qatlami) 40-50
0
S va
konstruksiyani 30 sm qalinlikgacha isitish;
• beton sinfi, uning boshlang‗ich xarorati, konstruksiyani armaturalash darajasi, qolipning turi
va alohida jihatlari, betonning qotish vaqtida unga ta‘sir etuvchi texnik
va kimyoviy manbaalar va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: