Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar
bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo‗yicha yaruslarga, reja bo‗yicha
qamrovlarga bo‗linadi.
YAruslarga bo„lish
– betonlash chog‗ida tanaffuslar bo‗lishi mumkinligi va harorat va ishchi
choklar xosil qilinishi mumkinligini nazarda tutilgan xolda balandlik bo‗yicha qirqim. Odatda bir
qavatli binolar ikki yarusga bo‗linadi, birinchisiga – poydevorlar, ikkinchisiga –karkasning
qolgan
xamma konstruksiyalari kiradi. Ko‗p qavatli binolarda to‗liq qavat yopmalar bilan yarus sifatida qabul
qilinadi. YArus balandligi 4 m oshishi ma‘qul emas, chunki katta balandlikda va jadal betonlash
chog‗ida joylanayotgan beton qorishmasidan qoliplarga ta‘sir etuvchi yon bosim oshib ketadi.
Qamrovlarga bo„lish
–gorizontal qirqim bo‗lib, uqo‗yidagilarni taqoza qiladi:
•xar qaysi oddiy jarayondagi mexnat sarfini tengligi va ruxsat etilgan og‗ish 25% dan ko‗p
bo‗lmasligini;
•qamrovning (ishchi uchastkani) eng kichik o‗lchami – zvenoni bir smena davomidagi ishiga
tengligini;
•qamrov o‗lchami, tanaffussiz betonlanayotgan yoki ishchi choklari xosil qilinayotgan blok
kattaligi bilan bog‗lanishini;
•ob‘ektdagi qamrovlar sonini oqimlar soniga teng yoki karrali bo‗lishini.
Zveno ishchilarni smena o‗rtasida bir qamrovdan boshqa qamrovga o‗tishlari ma‘qul emas.
Qamrovlarning o‗lchamlari odatda bino seksiyasining uzunligiga yoki konstruktiv elementlar –
poydevorlar, ustunlar, boshqa konstruksiyalarning to‗liq soniga, yoki uchastkalarni
ishchi va harorat
choklari uchun muljallangan chegaralariga mos kelishi kerak.
Oqim usuli bilan betonlash ishlarini majmuali jarayonini bajarishni aniq tashkil etish uchun
kerak:
• har qaysi jarayonni mexnat sarfini aniqlash;
• ob‘ektni xar bir jarayon uchun mexnat sarfi Yaqinroq bo‗lgan, zveno uchun smena
davomida bajaradigan ishlari etarli bo‗lishi kerak bo‗lgan yarus va qamrovlarga bo‗lish,;
• ritm oqimini va umumiy optimal
ish muddatini aniqlash;
• qolip, armatura va beton qorishmani ish joyiga uzatib beradigan jixozlarni aniqlash va
ma‘ulini tanlash;
• aloxida jarayonlarni mexnat sarfini, qabul qilingan oqim ritmini nazarda tutib zarur
ishchilar sonini aniqlash va zveno
va brigadalarni tuzish;
• majmuali jarayonga taqvimiy(smenali) grafik tuzish.
Oqimlarni birlashtirish variantlari ham bo‗lishi mumkin. Ko‗p hollarda bitta oqimda qoliplar
o‗rnatiladi va birdaniga armatura montaj qilinadi. Ba‘zida ajratish ham mumkin, bunda devorlarni va
yopmalarni betonlash va ular bilan bog‗liq jarayonlar aloxida oqimlarga ajratiladi.
Monolit konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayonida etakchi jarayon bu betonlash. Bu
jarayon o‗zaro bog‗liq tashish, ish joyiga uzatish, qabul qilish va beton qorishmasini zichlash
operatsiyalaridan iborat. Betonlashni uzaro texnologik bog‗liqlikda bo‗lgan qolip va armatura ishlarini
bajarish muddatlariga ta‘siri bor. SHuning uchun ritmik oqimni ta‘minlash uchun mehnat sarfi bir xil
bo‗lmagan har turli jarayonlarni , zvenolar tarkibi xam turli songa ega bo‗lib bajarilganda ishlarni
bir xil davomiyligi (betonlash davomiyligi) qabul qilinadi.
Imkon boricha ishlarni bajarish texnologiyasini, bir necha variantlarini ishlab chiqish kerak va
optimal texnik – iqtisodiy ko‗rsatgichli variantni qabul qilish kerak.
Ishlarni bajarishni
loyixalanayotganda betonlash va konstruksiyalarni montaj qilish jarayonlarini imkon boricha birinchi
smenada bajarishni nazarda tutish kerak.
Ishlarni loyixalashni asosiy prinsipi: nechta jarayon bo‗lsa shuncha qamrov (ishchi uchastka,
betonlanadigan bloklar) bo‗lishi kerak. 16.1−jadval- da devorlari monolit yopmalari yig‗ma bir
seksiyali ko‗p qavatli to‗rar-joy binosini barpo etishning ishlarni bajarish grafigi keltirilgan.Ishlarni
loyixalashda xamma qurilish jarayonlarini to‗rtta majmuali jarayonga birlashtirish, qavat – qamrov
taxminan bir xil ish xajmli (mehnat sarfini 25% chegarasida) 4 ta ishchi uchastkalariga
bo‗linishnazarda tutilgan. Bunda qolipga bo‗lgan extiyoj ham 4 martaga qisqaradi.
Ishlarni bajarish grafigi loyixalanayotganda
quyidagilar nazarda tutiladi, ishlarini majmuali
brigada ikki smenada bajaradi, betonlash ishlari ega faqat birinchi smenada olib boriladi. Montaj faqat