Buyum va konstruktsiyalar sirtini pardozlash. Yirik uysozlik panellari, fasad plitalari va bazi konstruktsiyalarni zavod sharoitida pardozlash texnologiyalari ishlab chiqilgan. İndustrial usulda zavodda pardozlangan panellar va konstruktsiyalar yuqori sifatli bo’lib, qurilishni jadallashtiradi. Devor panellari fasad tomoni fakturali ishlanadi, rangli qorishma va betonlar bilan pardozlanadi, keramik va shisha plitalar bilan qoplanadi va h’okazo.
Maishiy xizmat binolari panel va plitalari, sanitariya-texnika kabinalari ichki tomondan keramik va shisha plitalar, mozaikalar, donador polimer va bog’lovchi aralashmalar bilan pardozlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda panellar yuzasini pardozlovchi va issiqlik izolyatsiyasi maxsus ko’pchitilgan kompozitsion materiallar yaratilgan va qurilish industriyasida ishlatilmoqda.
Bunday quruq qorishmalar mineral yoki polimer bog’lovchilar, mineral va shisha tolasi kabi issiqlik izolyatsiyasi materiallari, to’ldirgichlar, rangli pigmentlar va boshqa qo’shimchalar asosida tayyorlanadi. İssiqlik izolyatsiyasi xususiyatiga ega bo’lgan pardozlash qatlami panel va plitalar asosida qurilgan binolarda issiqlik yo’qotilishini kamaytiradi.
Temirbeton buyum va konstruktsiyalarni ishlab chiqarish usullari
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar zavodda stend, potok-agregat va konveyer usullarida ishlab chiqariladi.
Stend usulida ishlab chiqarishda temirbeton konstruktsiyalar qo’zg’almas qoliplarda tayyorlanadi, texnologik operatsiyalarni amalga oshiradigan mexanizmlar va agregatlar postdan postga siljiydi va h’ar bir postda muayyan operatsiyalar belgilangan ketma-ketlikda bajariladi.
Temirbeton konstruktsiyalar stend yoki matritsa qoliplarda tayyorlanadi. Qoliplangan buyum va konstruktsiyalarning qotishini tezlashtirish uchun ular qolipning o’zida issiq suv, bug’, elektr toki va boshqa usullarda qayta ishlanadi. O’zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida temirbeton konstruktsiyalarni geliotermoishlov usulida qotishini tezlashtirish mumkin. Quyosh nuri issig’idan foydalaniladigan ushbu usul temirbeton ishlab chiqarish poligonlarida yaxshi samara beradi.
Stend usulida odatda yirik o’lchamli konstruktsiyalar, masalan, massiv to’sinlar, ustunlar, fermalar, arkalar, uysozlik panellari armaturasi avvaldan taranglangan ko’prik konstruktsiyalari va boshqalar tayyorlanadi.
Stend texnologiyasi mexanizm va agregatlarning soddaligi, qatiy ishlab chiqarish ritmiga amal qilinmasligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |