REJA:
1. Umumiy malumotlar
2. Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar
3. Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqarish
4. Monolit temirbeton konstruktsiyalar
Temirbeton qurilish konstruktsiyasi bo’lib, beton matritsadan va po’lat armatura karkasidan iborat kompozitsion materialdir.
Temirbeton jamoat va sanoat binolari va transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus obektlar qurilishida keng miqyosda qo’llaniladi.
Temirbeton rivojlangan mamlakatlarda XIX asr oxiridan boshlab ko’plab ishlatilgan. Temirbeton konstruktsiyalar nazariyasini yaratish, loyixalash va ishlab chiqarish soh’alarida prof. N.A.Belelyubskiy, İ.G.Malyuga, A.F.Loleyt, A.A.Gvozdev, Yu.V.Chinenkov, A.B.Ashrabov, T.J.Junusov, B.A.Asqarov va boshqalar shug’ullandilar.
Monolit temirbeton bilan birgalikda yig’ma temirbeton buyum va konstruktsiyalarni bino va inshootlar qurilishida ishlatish meh’nat unumdorligini oshirishga, qurilish muddatini qisqartirishga va tannarxini pasaytirishga olib keladi. Malumki, betonning siqilishdagi mustah’kamligi cho’zilishdagi mustah’kamligiga nisbatan bir necha o’n barobar ko’pdir. Betonning aynan shu xususiyati temirbeton konstruktsiyalar tayyorlanganda cho’ziluvchi qismini po’lat armaturalar bilan kuchaytirishni taqozo etadi.
Beton va po’lat armaturaning yaxshi tishlashishi va h’arorat tasirida chiziqli kengayish koeffitsientlarining yaqinligi temirbetonni bir butun tizim bo’lib ishlashini taminlaydi. Beton po’lat armaturani ob-h’avo tasirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuliga ko’ra monolit va yig’ma konstruktsiyalarga bo’linadi.
Monolit temirbeton konstruktsiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular maxsus loyixalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo’l qurilish va aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolip-opalubka, h’avoza va beton quyish ishlariga ko’p qo’l meh’nati sarf bo’ladi. Ularni quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumida tayyorlash qiyinchiliklar tug’diradi.
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari, o’lchamlari minimal o’zgaruvchan bo’lgan temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqarish tejamli bo’ladi.
Temirbeton konstruktsiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan turlarga bo’linadi. Po’lat armaturani avvaldan taranglashdan maqsad po’lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish h’olatini, temirbeton konstruktsiyaga yuklama qo’yilganda, keskin kamaytirishdir. Bu h’olatda temirbeton konstruktsiyaning cho’ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishdan yuqori bo’lgan kuchlanish h’osil bo’lgandagina cho’zilishga ishlaydi. Konstruktsiyaning cho’ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar h’osil bo’lishi keskin kamayadi.
Armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruktsiyalarda beton va armaturaning yuk ko’tarish imkoniyatlari to’laroq ishlatiladi va shuning uchun konstruktsiyaning massasi kamayadi. Bu turdagi konstruktsiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton va
mustah’kamlikdagi po’lat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda monolit temirbeton konstruktsiyalar tayyorlashga moyillik yuqoridir. Hozirgi kunda O’zbekistonda monolit beton ishlarini olib borish bo’yicha Vazirlar Maxkamasining qarorlari mavjud bo’lib, bu soh’ani rivojlantirishga katta ah’amiyat berilmoqda. 2003 yilda katta assortimentda unifikatsiyalashtirilgan monolit beton qoliplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pashal Verke” LTD o’zbek-nemis qo’shma korxonasining ishga tushirilishi bunga yaqqol misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |