Konveyer usulida temirbeton buyum va konstruktsiyalar taglik-aravachalarda belgilangan qatiy ritmda texnologik potok bo’ylab h’arakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar h’ar bir postda aloh’ida-aloh’ida bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan operatsiyalarning davomiyligi bilan belgilanadi.
Konveyer usulida tegishli postlarda zarur bo’lgan qismlar, yarim fabrikatlar: armatura karkaslari, beton qorishmasi, pardozlash qorishmalari va qoplash plitkalari va sh.k. texnologik operatsiyalarni bajarish uchun tayyor h’olda bo’ladi va uzluksizlikni taminlaydi. Buyumlarni termik qayta ishlash kameralari gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat bo’ladi.
Konveyer usuli katta quvvatli bir xil tiplardagi buyum va konstruktsiyalar ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |