8.6-rasm. İkki yarusli prokat stani
Konveyer usuliga ikki yarusli prokat stanini misol qilib keltirish mumkin. Bu prokat stani (8.6-rasm) pulsatsiyalanuvchi ritm asosida h’arakatlanadigan qolip-vagonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. Yuqori yarusda beton qorishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum va konstruktsiyalarni qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar, pastki yarusda esa tirqish tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi joylashgan.
Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda markadagi mustah’kamlikning 70% iga erishadi.
Prokat stani 18 minutga teng qatiy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga ko’chirish vaqti 10 minutni tashkil etadi. Qolip-vagonetkalarning o’rtacha h’arakatlanish tezligi 20-30msoat.
Do'stlaringiz bilan baham: |