8.3-rasm. YAxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar
a-binoning tashqi qatori (bir konsolli); b-binoning ichki qatori (ikki konsolli).
Kran osti temirbeton to’sinlari M400-M500 markali betondan, armaturasi avvaldan taranglangan h’olda ishlab chiqariladi. To’sin tavr kesimli bo’lib, uzunligi ustunlar orasidagi masofalarga bog’liq bo’ladi va odatda 12m qilib tayyorlanadi.
8.4-rasm. Temirbeton balkalar a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli.
Kran osti to’sinlari ustiga maxsus po’lat relslar o’rnatilib ko’prik krani yurishiga mo’ljallanadi. Tombop to’sinlar bir va ikki nishabli, ko’ndalang kesimi to’g’ri burchak, tavr va qo’shtavr shaklida tayyorlanadi. To’sinlar ishlab chiqarishda M400-M500 markali og’ir va g’ovak to’ldirgichli engil betonlar ishlatiladi. Ular sterjenli yoki o’rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan armaturalanadi. To’sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (8.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |