Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo



Download 55,15 Kb.
bet11/14
Sana21.07.2022
Hajmi55,15 Kb.
#835208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo

Nazorat savollari:

      1. “Jadid” so’zining lug’aviy ma’nosi nima?

      2. Jadidlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari qanday yo’llar asosida tashkil etildi?

      3. Jadidlarning bosib o’tgan yo’lini qanday bosqichlarga bo’lish mumkin?

      4. CHor Rossiyasi Turkistonni qachondan boshlab istilo qilishga kirishdi?

      5. Jadid adabiyotining o’ziga xosliklari nimalarda ko’rinadi?

      6. Jadid adabiyoti tarixining maqsad va vazifalari haqida so’zlang.

      7. AMALIY MASHG’ULOTNI O`TISH UCHUN METODIK

KO’RSATMA TAYYORLASH


5220100-O`zbek filologiyasi 1-kurs talabalari uchun “Hozirgi adabiy jarayon” fanidan “Modern ruhidagi yangi o`zbek romanchiligi” mavzusidagi amaliy mashg`ulot bo`yicha metodik ko`rsatma.
Ishning maqsadi: bu amaliy ishning maqsadi talabalarni mustaqillik yillarida yaratilayotgan modern ruhdagi yangi o`zbek romanchiligi bilan tanishtirish. Talabalarda bu mavzu bo`yicha to`plagan bilimlarini amalda qo`llash bo`yicha aniq ko`nikmalar va malakalar paydo qilish.
Ishni bajarish uchun kerak bo`ladigan ma`lumotlar: Boboyev T.
“Adabiyotshunoslik asoslari” darslik.
Ishni bajarish bo`yicha uning maqsadiga qo`yilgan vazifalar:
Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati ogʻir sanoatining qanchalik rivojlanganiga qarab belgilanganidek, har qanday milliy adabiyotning insoniyat estetik tafakkuriga qoʻshgan hissasi ham undagi romanchilikning salmogʻi bilan tayin etiladi. Chunki roman millat badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasini namoyon etadi.
Romanning bugunini tushunish va istiqbolini bashorat qilish uchun bu janrning nima uchun, qachon va qayerda paydo boʻlganini aniqlash hamda unga xos yetakchi belgilarni tayin etish lozim boʻladi. Ilk romanlar milodning XII-XIII asrlarida roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar orasida yuzaga kelgan. “Roman tillari” tushunchasi “Rim (Roma)ga tegishli” degan maʼnoni anglatib, lotin tili asosida shakllangan ispan, italyan, moldova, portugal, rumin, flamand, fransuz va boshqa tillarni oʻz tarkibiga oladi. Ilk romanlar paydo boʻlgan davrda Ovroʻpodagi deyarli barcha davlatlar uchun lotin tili rasmiy va badiiy til sanalardi. Aholining asosiy qismi esa lotin tilini bilmas, binobarin, adabiyotdan bebahra edi. Ana shunday sharoitda, aholining ruhoniylar va aslzodalardan keyingi uchinchi va son jihatidan eng katta qatlami boʻlmish ish odamlari, kosib-hunarmandlarga tushunarli boʻlgan tildagi, ularning didiga muvofiq keladigan asarlarga ehtiyoj paydo boʻldi. Roman ana shu ehtiyoj natijasi oʻlaroq yuzaga keldi. Ilk paydo boʻlgan chogʻida roman tillarining birida yaratilgan asar roman sanalib, “roman tilidagi qissa yoki hikoya” maʼnosida conte roman deyilgan.
Romanning aynan oʻsha vaqt, oʻsha joy va shu shaklda paydo boʻlishiga sabab nima? Maʼlumki, antik davrdan qolgan anʼanaga koʻra barcha badiiy asarlar “yuksak poeziya” shaklida boʻlib, ularga maʼbudlar, kohinlar, saltanat egalari, kam deganda, aslzodalar qahramon qilib olinardi. Uchinchi qatlam, yaʼni, mehnat kishilari uchun bu asarlarning tili tushunarsizligidan tashqari, qahramonlari ham mutlaqo begona edi. Holbuki, bu davrga kelib uchinchi qatlam ham son jihatidan, ham iqtisodiy mavqeiga koʻra katta kuchga ega edi. Agar insoniyat tarixining shu davriga qadar badiiy asarlar neʼmatlarga egalik qiluvchi va taqsimlovchilarning didlariga muvofiq yaratilgan boʻlsa, XII asrdan eʼtiboran ishlab
chiqaruvchilarning didlariga mos asarlar ham yaratiladigan boʻldi. Mehnat bilan kun koʻradigan oddiy odamlarning estetik ehtiyoji natijasi oʻlaroq paydo boʻlgan romanlarda aks ettirilgan voqealar, ularda tasvirlangan obrazlar va bu asarlarning ifoda yoʻsini ham oʻqirmanlarning intellektual darajasiga muvofiq boʻlishi tabiiy edi. Shuning uchun ham Gegel romanni nimkinoya bilan “burjuaziyaning epopeyasi” deb ataydi
Roman uchinchi qatlamga mansub kishilar didiga muvofiq dunyoga kelgan va oldin shakllangan “yuksak poeziya” namunalaridan keskin farq qiladigan janr boʻlgani uchun juda uzoq vaqt davomida adabiyot nazariyotchilarining eʼtiboridan chetda qolib keldi. Deyarli yetti yuz yil mobaynida romanga xos belgilar ilmiy jihatdan tadqiq qilinmadi. Bu boradagi ilk nazariy qarashlar romanchilarning oʻzlari tomonidan bildirildi. Faqat XIX asrga kelib, Gegel roman nazariyasiga qoʻl urdi. Aynan nazariy qolipning yoʻqligi romanning xilma-xil sinkretik va qirgʻoqsiz janr boʻlishiga olib keldi. Nazariy cheklovlarning kamligi sababli roman yetakchi adabiy janrga aylandi. Roman tarixiga qilingan qisqa ekskursiya uning janr sifatidagi belgilarini toʻgʻri aniqlash imkonini beradi. Ibtidoda insonning individual xususiyatlari, ruhiyat jilvalari tasviriga eʼtibor qaratilgani bois, Belinskiy romanni
“individning eposi” deb atagan. Koʻrinadiki, roman alohida shaxslarning ichki dunyosini badiiy idrok etish va izohlash yoʻsini sifatida yuzaga kelgan.
Roman oʻzining tarixi mobaynida qahramonlarni tasvirlash yoʻsini hamda inson shaxsiga yondashuv maromiga koʻra asosan ochiq yoki ekstensiv va yopiq yoxud intensiv singari ikki turga boʻlindi. Servantesning mashhur “Don Kixot”idan boshlangan ochiq romanlarda tasvirlanayotgan obrazlarning taqdiri, xattiharakatlari, faoliyati ijtimoiy turmush bilan aloqadorlikda, hayotiy determinizmga muvofiq sabab-oqibat bogʻliqligida tasvir etiladi. Ochiq romanlarda odamga asosan ijtimoiy mavjudot deb qaralib, uning taqdirida jamiyat tartiblari, ijtimoiy asoslar hal qiluvchi mavqeda boʻlishi koʻrsatilgan. Fransuz adibi M. M. de Lafayetning “Malika Klevskaya” asaridan boshlab, alohida bir odamning oʻy-kechinmalari chuqur koʻrsatiladigan, tasvir fokusi qahramon shaxsiyatining ichki jihatlarini aks ettirishga qaratilgan yopiq romanlar yaratila boshlandi. Yopiq, yaʼni, personajlarning tabiati va xatti-harakatlarini toʻligʻicha ijtimoiy tartiblarning mahsuli sifatida tasvirlamagan romanlarda asosiy eʼtibor inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga qaratilgan. Vaqti kelib, inson ruhiyatining oʻzi olami kabir ekanligi anglab yetilib, uni badiiy aks ettirish usullari egallangach, birvarakayiga ochiqlik va yopiqlik xususiyatlariga ega boʻlgan romanlar yaratila boshlandi. Odam ichki dunyosi, ruhiyati va oʻylarining ham ijtimoiy, ham psixo-fiziologik asoslarini badiiy tasvirlash muhim boʻlganidan bu ikki xususiyatning aralash qoʻllanishi keng yoyildi.
Bugungi kunda oʻzbek romanchiligi oʻz taraqqiyotining polifonik bosqichiga yetib keldi. Endilikda, mavzuning dolzarbligi, voqealarning qiziqarli yoxud tilning shirali ekani romanni oʻqishli qilgani holda, uning umrzoqligini taʼminlay olmasligi mumkinligi anglab yetildi. Zamonaviy oʻzbek romani muallifidan har bir qahramonini tushunish va aks ettirishning birovnikiga mutlaqo oʻxshamaydigan konsepsiyasiga ega boʻlish talab qilinadi.
Oʻtgan 2010 yil romanchilik xirmoni barakali boʻldi. Muhammad Alining “Ulugʻ saltanat” tetralogiyasining uchinchi kitobi, Omon Muxtorning “Xotin podshoh” va
“Muhabbat oʻlimdan kuchli”, Ahmad Aʼzamning “Oʻzi uylanmagan sovchi”,
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, Jumaqul Qurbonovning “Sardoba”, Zulfiya
Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi”, Nurilla Abbosxonning “Shoʻrqishloq”, Abduqayum Yoʻldoshning “Bankir” romanlari tobora shaxslashib borayotgan millat vakillarining ichki olamidagi turli ziddiyatlarni koʻrsatishga bagʻishlangani bilan ajralib turadi.

Download 55,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish