Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo


MUTAXASSISLIK FANLARINING BITTASIDAN SHAXSIY



Download 55,15 Kb.
bet10/14
Sana21.07.2022
Hajmi55,15 Kb.
#835208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo

6. MUTAXASSISLIK FANLARINING BITTASIDAN SHAXSIY
MA`RUZA MATNINI TAYYORLASH
Bu bo`limda men “Jadid adabiyoti tarixi” fanining “O`zbek milliy uyg`onish adabiyotining shakllanishida ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar” mavzusi bo`yicha ma`ruza matni tayyorladim.
O’zbek milliy uyg’onish adabiyotining shakllanishida ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar Reja:

  1. Ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar.

  2. Jadid adabiyoti manbalari va yuzaga kelishi.

  3. Chor Rossiyasi istilosi va jadidchilik.

  4. Adabiy maktablar va ularning o’lka hayotidagi o’rni.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Qosimov B. va b. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. – T.: Ma’naviyat, 2004.

  2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet, 1998.

  3. Ziyoev N. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. – T.: SHarq, 1998.

Jadidchilik Turkistonda X1X asrning oxirida maydonga keldi, XX asr boshlarida shakllandi. 1917 yili bolьsheviklar to’ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqei va yo’nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. U ijtimoiy turmushnibarcha jabhalarini qamrab olgan edi.
Mubolag’asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo’qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan bo’lsin. Jadidlar siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug’ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilish boshlandi. Milliy matbuot yo’lga qo’yildi. Teatr paydo bo’ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir so’z bilan aytganda yangi tafakkur maydoni keldi. Bu millatning o’zligini anglash va mustaqillik mafkura edi. Bu, shubhasiz, millatni keyingi 3-4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko’rilmagan hol edi. Unnig hayotda uzoq turg’unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi.
“Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lgan “yangilik tarafdori” emas, balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolar o’zida mujassam etgan.
Istiloning kirib kelishi Ismoilbek Gaspirali ochgan yangi maktab bilan bog’liq. U yozadi: “... 1884 sanasi Bog’chasaroyda bir maktabga “usuli jadid”a qo’ymish edim”. (I.Gaspirinskiy. Rahbari muslimi yoki muallimlari yo’ldosh
Simferepolь, 1898 y). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Gaspirali 9 bolani o’qitib, 40 kunda savodini chiqargan. O’quvchilar 6 oyda ota-onalar va jamiyatchilik huzurida muvaffaqiyat bilan imtihon topshirdilar.
Jadidchilik ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat Turkistondagi jadidchilik X1X asrning 80 yillarida Rusiya musulmonlari, xususan Kavkaz va volga bo’yida yoyilgan shu nomda taraqqiyparvarlik harakatini bevosita ta’siri va samarali sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoilbek Gaspirali “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan “usuli jadid” (“usuli savtiya”) maktabi (1884) hal qiluvchi rolь o’ynadi.
“Jadid” atamasi Turkiyada XX asr boshidagi adabiyotga, uning ham birgina yo’nalishi nisbatan ishlatiladi. Masalan, Turkiyada 1839 yildagi mashhur Mustafo
Rashid Poshsho tomonidan yozilib, Gulxona maydonida e’lon etilgan va tarixga “Gulxonai xatto Humoyun” nomi bilan kirib, “Tanzimat”ni boshlab bergan davr ham yangilanish jadidlikdir. Jadidlarda fikr va g’oya qarshiligi g’oyat kuchli an’anaviy o’zbek adabiyotini shakllanishi boshida turgan Muqimiy va Furqat, ular 30-yillarda jadid adabiyoti vakillari sifatida ko’rsatilgan.
Muqimiy o’z hajviy asarlarida savdo san’atning, ya’ni kapitalistik turmush tarzining milliy axloqsizni buzayotganligini tanqid qiladi. furqat esa uning hayotimizga kirib kelayotganligini madh etadi. Bir tasdiq, ikkinchisi inkor yo’lidan boradi. Yoki Dukchi Eshonni oling. U kun, zo’rlik bilan mustaqillikka erishish tarafdori. U ham jadid: din islohotchisi, siyosiy kurashchi. Juda ko’p jadidlar uni rad etdilar. Bir qator jadidlarimiz ongli suratda sho’rolar bilan hamkorlik qildilar, komunist bo’ldilar. Bu bilan ham hisoblashmoq kerak. Bu ham, ayniqsa, mustaqillik uchun olib borilgan kurashida yaqqol ko’rindi. Bu borada3 yo’lni kuzatish mumkin.

  1. Rusiyaga tobelikdan zo’rlik bilan qutilish, kuch bilan istiqlol olish (Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil mardikorlik harakati, bosmachilik).

  2. Mursse yo’li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash (I.Gaspirali, M.Behbudiy).

  3. Hamkorlik yo’li. CHor ma’murlari, so’ng esa SHo’ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo’lishi bilan mustaqillikni qo’lga kiritish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko’rib borishi (Munavvarqori, Hamza, Avloniy).

Bizdagi jadidchilik Kavkaz, Volgabo’yi, Turkiyadagi jadidchilikka nisbatan an’analarga ko’proq bog’lanib qolgan, ulug’ ovrupa ijtimoiy-madaniy jarayoniga tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik. Bizda har bir yangilikni kirib kelish jarayoni g’oyat og’ir kechgan.
“Jadid” atamasining Turkistonda ilk marta kim tomonidan qachon va qaerda qo’llanganini aniq belgilash qiyin. “Jadid” atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton III Salim hukmronligi (1782-1802) davrida paydo bo’ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakir Ratib afandi shohga yozgan bildiruvlarida u yerda ko’rgan idora tizimini “Nizomi jadid” deb tushuntiradi. 1789 yilgi frantsuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa “Fransi nizomi jadidi” deyila boshlandi. SHu yillari “Nizomi jadid” tor ma’noda askariy tizimni ovrupalashtirishni, keng ma’noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi.
Jadid va qadim iborasi keyingi asrlarda maydonga kelgan bo’lsa-da, u mohiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turg’unlik o’rtasidagi azaliy kurashdir. “Yunon qadimgilari ikki ming necha yil muqaddam Suhrobni jadidchilik qabohati bilan ayblab, qatl ettirdilar deb yozadi Ismoilbek”. “Qadimgi jadidchilik” (“Tarjimon”, 1909 yil 19-son) maqolasida. “Jadid” atamasi garchi Ismoilbek tomonidan 1884 yildan iste’molga kiritilgan va “Tarjimon” gazetasi orqali SHarqu G’arbning juda ko’p o’lkalariga yoyila boshlagan bo’lsa-da, bizga, asosan, 90yillarda kirib keldi.
1891 yilda Rusiya ichki ishlar vazirligining maxsus ishlar bilan shug’ullanuvchi Vankevich degan xodimi Qirimga borib, Gaspirinskiy maktabini tekshirib kelgan. SHu munosabat bilan mashhur islohotchi Qirimdagi musulmon maktablarini isloh qilish zaruratini va bu islohotning mazmun-mundarijasini asoslab ko’rsatib hujjat tayyorlagan edi.
Rasmiy murojaatdan natija chiqmagach, Ismoilbekni o’zi Turkistonga otlandi. Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’ldi. Uning tashabbusi bilan ushbu shaxarlarda, so’ngra Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topdi.
Jadidchilik bosib o’tgan yo’lni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:

  1. 1900-1925;

  2. 1925-1938;

  3. 1938-1956;

  4. 1956-1985;

  5. 1985-1991;

  6. 1991 yildan keyingi davr.

1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo bo’lishi va o’z davrining eng peshqadam hodisasi sifatida baholangan davridir. 20-yillarning boshiga qadar jadid va jadidchilik, uning vakillari atrofidagi fikrlar yo’l-yo’lakay, turli voqea va munosabatlari bilan bildirilgani bo’lib, maxsus tadqiqotlar ko’zga tashlanmaydi. S.Ayniyning 1920 yilda e’lon qilingan “Buxoro inqilobi tarixiy materiallar”, F.Xo’jaevning “Buxoro inqilobi tarixiga doir” (1926) kitoblari bu boradagi dastlabki ishlari edi. Har ikki muallif jadidchilik zamonaning eng muhim hodisasi sifatida baholagan edilar. Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidan sharoit o’zgardi. Aslida bu son oldin – 1923 yildan boshlangan edi. 1923 yilda
BXR rahbariyatidagi o’zgarishlar, besh kishini, xususan Abdurauf Fitrat va Ota Xo’jaevlarning ishdan olinib, Buxorodan badarg’a qilinishini eslaylik. Uzoq davom etgan fuqarolar urushi, qishloq xo’jaligining izdan chiqishi mamlakatning halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Stalin aybdorni qidirishga tushib ketdi. Ayni paytda partiya faoliyati haqidagi har qanday tanqidiy gap unga hujum sifatida qabul qilindi. Partiyada esa bo’linish kuchaydi. SHu yil oktyabrda Tratsentning qator e’tiroflari ifodalangan xati, izma-iz 46 lar arizasi Mirzaqo’mga kelib tushdi. RKP (b) MQning kengaytirilgan Plenumi chaqirildi. Baholar 1924 yil yanvarda
XIII partkonferentsiyada stalinchilikka dastlabki g’alaba bilan yakun topdi. Butun mamlakatda dushman izlash boshlandi.
Akmal Ikromov O’zLKSM MKning 1926 yil 13 may II Plenumdagi nutqida shunday deydi:
“Jadidizm ideologiyasi savdo burjuaziyasi ideologiyasidir. Uning bizga hech bir dahli yo’q. Negaki, u Oktyabrning bir tomonida, biz esa, ikkinchi tomonida turamiz”. SHu yili A.Qodiriy partiya – davlat arboblarini obro’sizlantirishda ayblanib qamqqa olindi. “Inog’omovchilik”, “Qosimovchilik” nomlari bilan tarixga kirgan, ziyolilarni yo’qotishga qaratilgan sud jarayonlari boshlandi. 1929 yilda “Munavvarqori va uning to’dasi” qamoqqa olindi, tergov ishlari boshlandi. 1931 yil 25 aprelda OGPUning qarori bilan 56 kishi sudga tortildi. 18 kishi otuvga hukm qilindi. 1973 yilda ommaviy qatag’onlar boshlandi. SHu tariqa SHo’ro hukumatining jadidchilik mafkurasiga kirish 20-yillarni ikkinchi yarmidan boshlagan kurash ushbu mafkurani oradan ko’tarish bilan cheklanmay, uning vakillarini jisman yo’q etishgacha borib yetdi. Tabiiyki, mazkur siyosiy muhit jadidshunoslikning ruhi va yo’nalishini belgilab berdi. Jadidlar va ularning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy faoliyati asosan ayb qidirish, tanqid va qoralash ob’ekti bo’lib xizmat qildi. Bularning harakatchanlari Olim SHarafiddinovning
CHo’lpon, J. Boybo’latovning Fitrat, Sotti Husayinning “O’tkan kunlar” haqidagi maqolalari edi. Badiiy adabiyotda esa jadidlarning mehnatkash xalq manfaatiga qarama-qarshi qilib qo’yilgan dushman obrazlari yaratildi. Jadidchilikka maxsus tadqiq qilgan Z.SH. Rajabovning “Turkistonda jadidchilik” dissertatsiyasi (1937) ham davr ruhida edi.
1938-1956 yillarda jadidchilik va uning vakillari avlodlari qalbidan tamom siqib chiqarildi. Masalan, 1956 yilda XX asr besh adabiyoti 4 ijodkordan tarkib topgan. Hamza, Ayniy, Zavqiy, Avaz. Hamza – mutaasiblar tomonidan o’ldirilganligi uchun. Ayniy Amir Said Olimxon, Avaz Isfandiyorxonning, Zavqiy Ergash qo’rboshini kaltagini yegani uchun.
KPSSning XX s’ezd (1956) Stalin qatag’onlarini yumshatdi. “Xalq dushmani” sifatida qatl etilgan ziyolilarimizni bir qismi oqlandi. Lekin tarixga
“ilmiliq davr” nomi bilan kirgan. “Xrushchev davri” uzoq davom etmadi. 60yillarni oxiri, 70-yillarning boshlaridan esa yana hamma narsa eski o’zanini qayta boshladi.
1985 yildan belgilangan demokratiya va oshkoralik jadidchilikni ilmiy asoslarda va rejali o’rganishga imkoniyat tug’dirdi. Qator ilmiy anjumanlar bo’lib o’tdi.
Turkiston jadidchiligi xorijda ham o’rganilmoqda. Nьyu Orlean universiteti professori Lazzeri, frantsuz A.Benningson, Amerikali E.Olbert, nemis I.Baldauf, yapon X.Komatsu bu borada samarali ishlamoqda.
Adabiy harakatchilik XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko’proq Qo’qon, Xiva, Samarqand, Buxoroda rivoj topdi. Biroq Toshkent ham yangi poytaxt sifatida tez yuksalib, adabiy-madaniy markazga aylana boshladi.

Download 55,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish