11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Download 247 Kb.
bet1/30
Sana16.01.2022
Hajmi247 Kb.
#370951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
11-sinf adabiyot test


11-SINF ADABIYOT 1-QISM

I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI

1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI»

(Darslikda 3–51-betlar)

1. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?



Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun

Kemishti kitob, o‘tru baqti ko‘zin.

A) «Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»

C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Nazm ul-javohir»

2. Quyidagi hadisda nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.



«... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha,

yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy ... ekansiz».

A) er kishi B) mard kishi

C) olim D) mo‘min

3. Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma’naviyatini boyitishga har qanday

adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan

asarlargina xizmat qila olishini alohida ta’kidlaydi?

A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib

C) A. Yugnakiy D) A. Navoiy

4. «Qut belgusi − bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?

A) Mahmud Koshg‘ariy B) Y.X. Hojib

C) A. Yugnakiy D) M. Zamaxshariy

5. Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?



O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,

Har ne istar sen o‘zingdan istagil.

A) «Lison ut-tayr» B) «Farhod va Shirin»

C) «Layli va Majnun» D) «Hayrat ul-abror»

6 . Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi

uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan iboratligini yozadi?

A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy

7. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?

A) O‘zg‘urmishni B) Oyto‘ldini

C) Kuntug‘dini D) O‘gdulmishni

8. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining qizi uchun maktab ochib beriladi?

A) Hay qabilasi boshlig‘i B) Bani Omar qabilasi boshlig‘i

C) Qipchoq qabilasi boshlig‘i D) No‘g‘ay qabilasi boshlig‘i

9. Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning

barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Ahmad Yassaviy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Alisher Navoiy

10. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi, shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?

A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Bobur

11. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati, kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?

A) otasi B) onasi

C) opasi D) do‘sti

12. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi?

A) «Lison ut-tayr»da B) «Farhod va Shirin»da

C) «Layli va Majnun»da D) «Hayrat ul-abror»da

13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?

A) To‘liboy sinchi B) Ravshanbek

C) Ahmadbek D) Urayxon

14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?



«Mening bir o‘yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo‘q qilaman, qo‘rg‘onini qulataman o‘ligini silataman, xazinasini o‘lja qilib sizlarni talataman».

A) Shohdorxon B) Jig‘alixon

C) Gajdumbek D) Qovishtixon

15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi

qahramonga tegishli?

«Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim

emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib,

elchiga ko‘nmasa, so‘ngra safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan edi...»

A) Odilxonga B) Shohdorxonga

C) Qovishtixonga D) Holmonga

16. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib,

mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, tashqaridan kimlar mullavachchalarning ichiga qo‘shilib o‘lja bo‘lib ketadilar?

A) Jig‘alixonning o‘g‘li Gajdumbek va qizi Bibi Hilol

B) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o‘g‘li Jig‘alixon

C) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o‘g‘li Ravshanbek

D) Jig‘alixonning qizi Bibi Hilol va o‘g‘li Gajdumbek

17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.



« ... ... ni o‘g‘il qilib olaman deb, har kuni tong otguncha uning kokilini yetti martaba o‘rib, har o‘rganda mushkning suvini berar edi. U ham bir bola bo‘ldiki, ko‘rganlar havasda, ko‘rmaganlar armonda, kamsiz, suluvxushro‘y».

A) Hamza, Bibi Hilol B) Shohdorxon, Gajdumbek

C) Hamza, Ravshan D) Shohdorxon, Bibi Hilol

18. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushiga kirgan «ko‘kargan chinor»ning ta’biri nima edi?

A) madrasaning ilmli mullavachchalari

B) baxtli va ko‘p xalq

C) Haqning kalimasi

D) masjidda namoz o‘qiyotgan fuqarolar

19. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning quli der edi, birovlar o‘g‘li der edi», – fikrlari bildiriladi?

A) Gajdumbek B) Ravshanbek

C) Rustambek D) Shohdorxon

2 0. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi qahramonga tegishli?



«...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham

yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda».

A) Bibi Oyshaga B) Ravshanga

C) Bibi Hilolga D) Zaydinoyga

21. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan?



«Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldiramiz, kuydirib kulini

elakdan o‘tkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo‘lamiz».

A) Gajdumbekning B) Shohdorxonning

C) Odilxonning D) Qovishtixonning

22. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida go‘rda o‘lib yotgan Bibi Hilol farzand ko‘rmoqchi bo‘lganida kimlar madadga keladi?

A) Momo Havo, Bibi Oysha, Anbar ena

B) Fotma buvi, Bibi Oysha, Bibi Maryam

C) Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi


Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish