«Bu shaharda menda oshna yo‘q g‘ayridin,
Ko‘p dard qo‘shding yana dardning ustiga...»
«Ajal yetib shu vaqtlarda o‘lmadim,
Yovmit elning qadrini hech bilmadim».
A) Gajdumbekning B) Hiloloyning
C) Ravshanning D) Jig‘alixonning
51. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon qabristonda yurgan
chaqaloqning o‘g‘il yoki qizligini bilish uchun uch oshiq va egarni bir tarafga,
ikkita qo‘g‘irchoq va ro‘molni bir tarafga qo‘yib sinaydi?
A) Rustambek B) Ravshanbek
C) Gajdumbek D) Qovishtixon
52. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
shahar xalqi haqida gap ketgan?
«Gajdumbek bilan Ravshanbek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya,
Shohdorxonning ko‘nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor
quvib ketgan edi, hammasi cho‘lda otidan ayrilib, piyoda bo‘lib o‘libdi.
Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini elakdan o‘tkarib yubormoqchi
bo‘lib yotibdi».
A) Zargar B) Yovmit
C) Mari D) Taka turkman
53. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Endi davlatga ega bo‘ldim, xotin
olmasam sira bo‘lmaydi», – deya Rustambek kimning singlisini oladi?
A) Yusufning B) Nazarning
C) Badgirning D) To‘liboyning
54 . «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping.
A) Zaydinoy B) Barchinoy
C) Zulxumoroy D) Gulshanoy
55. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Peshonamda bir qiz bor, buning
ham qo‘lini qabartirib kir yuvdiraymi», – deb turgan Rayhon arab nega qizini
Xoljuvonga qo‘shib yuborishga rozi bo‘ladi?
A) Xoljuvon qo‘rqadi deb
B) Xoljuvonga rahmi kelib
C) qizi ham kir yuvishni o‘rgansin deb
D) Xoljuvonni o‘g‘irlatib, uyatga qolmayin deb
56. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga
duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko‘zlarini yumib
olgan egasini narigi tomonga o‘tkazib qo‘yadi?
A) Boychibor B) G‘irot
C) Jiyronqush D) Rayhon arabning oti
57. Darslikdagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qaysi baxshining varianti
hisoblanadi?
A) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoirning
B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining
C) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining
D) Saidmurod Panoh o‘g‘lining
58. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining ota-onasini toping.
A) Xoljuvon va Ravshanbek B) Xoljuvon va Gajdumbek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek
59. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabning Xoljuvonni olib
qochishida kim o‘zini aybdor his qiladi?
A) Ahmadbek B) Go‘ro‘g‘li
C) Xoljuvon D) Urayhon
60. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon tilidan
aytilgan?
Ko‘zlaring – tongning yulduzi,
Qoshlaring – daryo qunduzi,
O‘zing Shirvonning azizi,
Suv bergin, arabning qizi.
A) Ravshanbek B) Gajdumbek
C) Go‘ro‘g‘libek D) Rustambek
6 1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo‘lga chiqqan
Go‘ro‘g‘li qaysi buloqqa yetib boradi?
A) Oydin buloq B) Oyna
C) Ko‘kbuloq D) Qorabuloq
62. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tomonidan Go‘ro‘g‘liga qarata aytilgan?
Buralib bo‘yningga qo‘lim solaman,
Harna bo‘lsam sening bilan bo‘laman.
Yig‘lama, chirog‘im, ko‘nglim buzildi
Rostin aytsam, sening tog‘ang bo‘laman.
A) Rustam B) Ravshan
C) Gajdum D) Jig‘alixon
63. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li tug‘ilgach, qancha vaqtdan
keyin go‘rdagi chiroq o‘chadi?
A) 2 yildan keyin B) 3 yildan keyin
C) 3 oydan keyin D) 2 oydan keyin
64. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida vafot etgan Bibi Hilol qancha
muddatdan keyin ko‘zi yoriydi?
A) uch oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
B) to‘rt oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
C) besh oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
D) ikki oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
65. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning amaldorlari ko‘cha-ko‘yda
yig‘ilishib, but Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryordan fotiha
olaylik deb yuradilar?
A) Gajdumbekning B) Shohdorxonning
C) Odilxonning D) Qovishtixonning
66. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada
qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |