Eligga yarasin bu san’at-hunarlarim,
(Elig) xursand bo‘lsin, mening tashvishlarim ketsin.
Zakovatli, bilimli, yumshoq fe’lli bek emish,
San’at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish.
A) O‘gdulmishga B) Kuntug‘diga
C) Oyto‘ldiga D) O‘zg‘urmishga
31. «Qutadg‘u bilig» asarida eligning oldida to‘pda o‘tirgan kim?
A) O‘gdulmish B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi D) vazirning o‘g‘li
32. «Qutadg‘u bilig» asarida elig qanday kursi ustida o‘tiradi?
A) oyog‘i uch ayrilik kumush kursi ustida
B) oyog‘i uch ayrilik oltin kursi ustida
C) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida
D) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida
33. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning qo‘lida nima bor edi?
A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi
34 . «Qutadg‘u bilig» qanday ma’noni anglatadi?
A) qut (baraka, ilm) keltiruvchi hunar
B) qut (saodat, baxt) keltiruvchi boylik
C) qut (baraka, ehson) keltiruvchi mehnat
D) qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
35. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy
mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham
yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. Shunday paytda «Qutadg‘u
bilig» asari qaysi davlatning falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo
bo‘lgan?
A) Somoniylar davlatining B) Qoraxoniylar davlatining
C) Temuriylar davlatining D) Chingiziylar davlatining
36. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Oyto‘ldi kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi B) vazir – davlat ramzi
C) vazir – aql ramzi D) elig – aql ramzi
37. «Qutadg‘u bilig» asaridagi Kuntug‘di ismiga berilgan to‘g‘ri izohni toping.
A) Kun – Quyosh hammaga bir xil yorug‘lik beradi. Hammani birdek
isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
B) Kun – Oy hammaga bir xil yorug‘lik beradi. O‘zi ham shu (oy) sifatlidir,
goho paydo bo‘ladi, goho mahv bo‘ladi.
C) Kun – Yer hammaga bir xil joy beradi. Hammani birdek ko‘radi. Uning
uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
D) Kun – Ezgulik hammaga bir xil oqibat ko‘rsatadi. Hammani birdek
ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
38. «Qutadg‘u bilig»da qaysi ramziy qahramon vafot etadi va bu nimaga
ishora qiladi?
A) Oyto‘ldi, ochko‘zlikning oxiri voyligiga
B) Kuntug‘di, adolatsizlikning oxiri voyligiga
C) Oyto‘ldi, davlatning bebaqoligiga
D) O‘zg‘urmish, davlat bebaqoligiga
39. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoda faqat davlat yoki aql
bilan bitirib bo‘lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko‘nglida nozik
tuyg‘ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg‘ularga beparvo
bo‘lmaslikka undaydi, umrni behuda o‘tkazmaslik uchun hushyorlikka
chaqiradi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
4 0. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon mushohadali, qat’iy fikrli inson
bo‘lib, eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
41. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib nimani mash’alga va kimyoga o‘xshatgan?
A) kitobni B) bilimni
C) orzuni D) ezgulikni
42. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib xalqni nimaga o‘xshatgan?
A) qo‘yga B) qo‘ychivonga
C) oqimga D) dengizga
43. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishidan maqsad
uning tajovuzkorligiga, bosqinchiligiga diqqatni tortishdir?
A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining
44. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishi har ikkisining
ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgan?
A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining
45. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi
nimaga o‘xshatiladi?
A) qoplonga B) arslonga
C) to‘ng‘izga D) filga
46. Yusuf Xos Hojib tun so‘zi o‘rnida qanday istioralardan foydalangan?
1) qora yuz bog‘i; 2) zangi yuzi; 3) hindu qirtishi (qiyofasi);
4) qora soch bo‘dug‘i; 5) qora ko‘ylak; 6) zog‘ rangi;
7) habash qirtishi; 8) tul to‘ni; 9) qunduz terisi; 10) sevuglar qoshi.
A) 2, 3, 4, 6, 7, 9, 10 B) 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9
C) 1, 3, 4, 5, 6, 8, 10 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
47. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon behuda ishlar bilan band
bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib umrni behuda o‘tkazib
yuborishdan ogohlantiradi, mudrab borayotgan tuyg‘ularni sergaklantiradi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
48. Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasida qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos
so‘zlarni qo‘ying va uning turkcha so‘zlarni nimaga qiyoslaganini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |