D) Bibi Oysha, Bibi Maryam, Momo Havo
23. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb
yig‘lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi?
A) abdal B) Xizr
C) ovtar D) qirq chiltanlar
24. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li nimani qo‘liga olgach, «Shu
mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam» so‘zlarini aytadi?
A) ro‘molni B) uch oshiqni
C) qo‘g‘irchoqni D) egarni
25. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lini emizgan biyani toping.
A) Boychibor B) Saman ot
C) G‘irot D) To‘riq ot
26. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf –
dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi?
A) Marini B) Taka turkmanni
C) Yovmitni D) Shirvonni
27. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Kir yuvaman,» – deb Zaydinoyni
qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga
barobar bo‘ladi, siz Gulshan chorbog‘da yotib turing», – deb Go‘ro‘g‘liga kim,
nima uchun aytadi?
A) Xumoroy, Rayhon arabni yomon ko‘rgani uchun
B) Xoljuvon, qiz olib qochish odati shunaqa bo‘lgani uchun
C) Xoljuvon, Rayhon arab o‘zini olib qochgani uchun
D) Xumoroy, Shirvonda bandi bo‘lganligi uchun
28. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon
qanday maqsadda aytadi?
Yangi olamday qilganman o‘zimni,
Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.
Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi,
Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!
A) o‘ch olish maqsadida
B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun
C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun
D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun
29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosi kim?
A) Shohdorxon B) Odilxon
C) Qovishtixon D) Ravshan
30. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi
nimaga ishora hisoblanadi?
A) nomusulmonlar – g‘ayridinlar qilgan nohaqliklar o‘tkinchi ekanligiga
B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol
topishiga
C) onasining e’tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga
D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda
bo‘lishiga
31. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar
ustuvorlik kasb etadi;
2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish
ham mavjud;
3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala
qarashning ham ta’siri ochiq seziladi;
4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib,
bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi;
5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
32. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,
uni kimga nikohlaydilar?
A) Rustambekka B) Go‘ro‘g‘liga
C) Gajdumbekka D) Ahmadbekka
3 3. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy
kimga nopisandlik bilan javob beryapti?
G‘o‘non toyni o‘ynatasan,
Sen ko‘nglimni qabartasan.
Yuraging kuysa, yo‘lovchi,
Chashmaning boshiga tushib,
O‘zing suv ichib ketarsan.
A) Xoljuvonga B) Ravshanga
C) Go‘ro‘g‘liga D) Gajdumbekka
34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon portreti chizilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |