«Rustambek shunday qarasa, Go‘ro‘g‘li o‘n besh kunlik oyday, qaddiqomati,
shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati».
A) o‘xshatish, sa’j, ta’did B) tazod, o‘xshatish, sa’j
C) iyhom, sa’j, ta’did D) o‘xshatish, tanosib, ta’did
81. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi so‘zlarni kim kimga qarata
aytadi?
«Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv bergan
savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish».
A) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga B) Xoljuvon Zaydinoyga
C) Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga D) Zaydinoy Xoljuvonga
82. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida keltirilgan ko‘l nomini toping.
A) Oydin B) Oyna
C) Ko‘kbuloq D) Qorabuloq
83. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha kim
tomonidan va kimga qarata aytilganligini toping.
«Bir kun o‘lmoq, bir kun tug‘ilmoq. Men bir xizmatkorim bilan mingashib
borsam, odamlar, qarindoshlarim Gajdumbekka: «Sen o‘zing qochib kelib
eding, sening singling Bibi Hilol begona bir odam bilan mingashib keldi»,
– deb aytar. Akamning va yorim Ravshanbekning yuzi tuman bo‘lar».
A) Xoljuvon tomonidan Gajdumbekka qarata
B) Bibi Hilol tomonidan Rustambekka qarata
C) Bibi Hilol tomonidan Shohdorxonga qarata
D) Xoljuvon tomonidan Rustambekka qarata
84. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Bibi Hilolning necha yoshda bo‘yi
yetib qolgani, lekin «boshi bo‘sh» ekani aytiladi?
A) 13 yoshda B) 16 yoshda
C) 17 yoshda D) 15 yoshda
85. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbek, Bibi Hilol kimning
farzandlari?
A) Jig‘alixonning B) Odilxonning
C) Shohdorxonning D) To‘liboyning
86. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Mari yurtining podshosi kim?
A) Qovishtixon B) Odilxon
C) Ahmadbek D) To‘liboy
87. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Dushmaning xas bo‘lsa ham qo‘rq»
degan maqolni kim kimga qarata aytadi?
A) Holmon Odilxonga B) Holmon Shohdorxonga
C) To‘liboy Odilxonga D) To‘liboy Shohdorxonga
88. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon: «Yovmit eldan keldi
ikkita bo‘ri. Kelgan bo‘ri, qurandozlar, kim bo‘ldi?» – deya tushining ta’birini
so‘raganda qurandoz qanday javob beradi?
A) Ko‘kargan chinor Haqning kal(i)masi,
Fuqarongning bari musulmon bo‘lar.
B) Ko‘chalarga yaxshi raislar qo‘yar,
Masjid-madrasa elingda qilar.
C) Ikkovidan yaxshi farzandlar bo‘lar
Qo‘yingni o‘ldirgan bo‘ri ikkovi.
D) Ikkovi boshingdan tillalar sochar
Qo‘yingni o‘ldirgan bo‘ri ikkovi.
89. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Zargar xalqi Gajdumbek bilan
Ravshanbekni qochib ketdi deb o‘ylab Bibi Hilolning oldiga bostirib
bormoqchi bo‘lib turganida kim buni bilib qolib, Bibi Hilolni Gajdumbekning
tuzi hurmati uchun Yovmitga eltib qo‘ymoqchi bo‘ladi?
A) Gajdumbek B) Ravshanbek
C) Rustambek D) Shohdorxon
9 0. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Qo‘ng‘irboy kimning farzandi?
A) To‘liboyning B) Bibi Hilolning
C) Ravshanning D) Rustamning
91. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li izlab kelganda chechasi
Rayhon arabning o‘g‘irlab kelganiga qancha vaqt bo‘lganini, biroq shu
muddatda biror marta ham unga qo‘lidan bir kosa suv bermaganligini aytadi?
A) ikki yil B) sakkiz yil
C) besh yil D) uch yil
92. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,
uni qayerga olib boradi?
A) Yovmit shahriga B) Shirvon yurtiga
C) Taka turkman yurtiga D) Mari bekligiga
93. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq
manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida kimlar katta o‘rin tutadi?
A) Bibi Hilol va Ravshanbek B) Gajdumbek va Rustambek
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar D) Bibi Hilol va Rustambek
94. Go‘ro‘g‘li ismining o‘zagi hisoblangan «kur» so‘zi qanday ma’nolarni
bildiradi?
A) «o‘t», «olov», «quyosh», «qir», «tog‘» «kir»
B) «olov», «qo‘ra», «qadah», «o‘t», «qir», «tog‘»
C) «quyosh», «o‘t», «olov», «qo‘r», «qir», «tog‘»
D) «qir», «tom», «quyosh», «o‘l», «olov», «qo‘r»
95. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida To‘liboy sinchi kimning o‘g‘li edi?
A) Qovishtixonning B) Odilxonning
C) Ahmadbekning D) Shohdorxonning
96. Sinchi kim?
A) otlarning zotini, naslini, yoshini yaxshi biladigan odam
B) odamning naslini, yaxshi-yomonini yaxshi biladigan odam
C) tarixni yaxshi biladigan odam
D) Ollohni tanigan odam
97. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit madrasalaridagi kattakichik
mullavachchalar tog‘ga kim boshchiligida sayohatga chiqishadi?
A) To‘liboy B) Holmon
C) Subyon D) Ravshan
98. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib,
mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, kim Ravshanbekni
o‘g‘il qilib saqlash maqsadida uni sandiqqa yashirib qo‘yadi?
A) Jig‘alixon B) Gajdumbek
C) Hamza D) Nazar
99. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rustambek kim?
A) Gajdumbekning ukasi B) Gajdumbekning xizmatkori
C) Bibi Hilolning do‘sti D) Shohdorxonning xizmatkori
100. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi chaqaloq tug‘ilganda uni
barcha abdal, ovtar, qirq chiltanlar bir-bir olib suygani, Hazrati Xizr ham
farzandim degani aytiladi?
A) Go‘ro‘g‘li B) Bibi Oysha
C) Ravshanbek D) Bibi Hilol
101. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li kimga «checha» deb
murojaat qiladi?
A) Bibi Hilolga B) Bibi Oyshaga
C) Xoljuvonga D) Zaydinoyga
102. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Go‘ro‘g‘li Yovmit elidan araz urib
kelmay ketgan kunidan beri uyda ilonday to‘lg‘anib, ayiqday ag‘anab ham
o‘g‘lidan, ham xotinidan ayrilib yotgan» obraz qaysi?
A) Gajdumbek B) Rustambek
C) Ahmadbek D) Yusufbek
103. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon kelishi bilan Taka-
Yovmit elida burilishlar bo‘ladi, eng muhimi u el-yurt sha’nini, shavkatini, ornomusini
tiklaydi?
A) Ravshan B) Gajdumbek
C) Go‘ro‘g‘li D) Rustambek
104. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rustambek tomonidan Go‘ro‘g‘lining
Bibi Hilolga bevosita daxldorligini tasavvur qila olishiga ishora qilib, uning
harakatga tushishini dalillagan, hozirgi kunda muqobili saqlanmagan maqolni
toping.
A) «Dushmaning xas bo‘lsa ham qo‘rq».
B) «Es berganga dast berar, dast berganga, es berar».
C) «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q».
D) «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar».
105. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz Go‘ro‘g‘liga achchiq
qilib, labini tishlab, soldarini solib, yerga qarab bir tortganida G‘irotning
tizzasidan pastini yerga kirgizib yuboradi?
A) Qovishtixon B) Rayhon arab
C) Zaydinoy D) Rustamxon
1 06. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi
kuyib, kishnab yurgan baytalni kim Go‘ro‘g‘lining oldiga olib keladi?
A) Rustambek B) Xizr
C) chiltanlar D) Odam ota
107. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tilidan aytilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |