«... Bibi Hilolni … ga nikohlab berdi».
A) Hamza, Gajdum B) Odilxon, Ravshan
C) Gajdumbek, Ravshan D) To‘liboy, Gajdum
67. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushining ta’biridan
olingan quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni
ketma-ketlikda qo‘ying.
Tepangdan sochilgan tillang – ...
Og‘zingdan uchgan qush – ...
Qulagan imorat – sening ...
1) qoningdir; 2) koningdir; 3) taningdir;
4) Haqning kal(i)masidir; 5) joningdir.
A) 1, 4, 2 B) 1, 5, 3
C) 3, 5, 4 D) 2, 1, 3
68. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon shahardan uzoqroq
yerdan sakkiz oshyonlik imorat soladi?
A) Shohdorxon B) Gajdumbek
C) Ravshan D) Odilxon
69. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon qachon Holmonning
gapiga kirmaganidan afsuslanadi?
A) Odilxonga g‘aybdan qo‘shin kelib qo‘shilganini ko‘rgach
B) Holmon vafot etgach
C) Odilxon lashkarining qurollari kuchliligini ko‘rgach
D) o‘zining lashkari orasida janjal va ocharchilik kelib chiqqach
70. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit elining o‘quvchi bolalari
har kuni o‘qib, qaysi kuni tushdan keyin ozod bo‘lar edilar?
A) shanba B) dushanba
C) payshanba D) juma
71. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning bozorchi
savdogarlarini kim talaydi?
A) Qovishtixon B) To‘liboy
C) Shohdorxon D) Urayxon
72. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning yurtiga bostirib
kelgan yovning kimligini bilib kelish uchun yuborgan lashkar boshlig‘i kim?
A) Taka noibi Subyon B) Yovmit begi Zamon
C) Yovmit noibi Subyon D) Taka begi Zamon
73. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Odilxon nima uchun
Ravshandan umidini uzadi?
A) O‘lgan deb o‘ylaydi.
B) Asir tushgan deb o‘ylaydi.
C) Mendan xafa bo‘lgan deb o‘ylaydi.
D) Adashib ketgan deb o‘ylaydi.
74. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qo‘llanilgan «mirg‘azab» so‘zining
ma’nosini toping.
A) shayton, dog‘uli B) mirshab, navkarboshi
C) jazo beruvchilar boshlig‘i D) jallod, jon oluvchi
75. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamzadan qulni kim sotib oladi?
A) Gajdumbek B) Ravshanbek
C) Rustambek D) Shohdorxon
7 6. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning xotinining esli ekani,
G‘oro‘g‘lini «to‘shiga bosib, ostiga yetti qavat to‘shak» tashlagani aytiladi?
A) Yusufbekning B) Ravshanbekning
C) Gajdumbekning D) Rustambekning
77. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa
o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, haloling
bo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?
A) Rustambek B) Rayhon arab
C) Gajdumbek D) Ahmadbek
78. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga
ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab
boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?
A) chiltanlar va Xizr alayhissalom B) Gajdumbek va Rustambek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek
79. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha
olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni
ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida
bo‘lar edi?
A) Shohdorxon B) Rayhon arab
C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon
80. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida
e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir
vositalaridan foydalanilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |