Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo'limi 5A120101 - Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti mutaxasisligi bitiruvchisi Ataniyazova Ro’zigulning “Hozirgi qoraqalpoq romanlarining o`zbekcha tarjimasida badiiy mahorat masalasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Badiiy adabiyot barcha mavjudotlarning gultoji bo'lgan insonda ong, qobiliyat, tuyg'u kabi xususiyatlarning rivojlanib borishi natijasida dunyoga kelgan va bugungi kungacha insonning ma’naviy-axloqiy jihatdan takomillashuviga xizmat qilib kelmoqda, millionlab qalblarni odamiylik, mehr-u oqibat va ezgulik unsurilari bilan sug'ormoqda. Mazkur qonuniyatni istisno qilmagan holda magistrant Shahanov Boburning magistrlik dissertatsiyasida ham Roman poetikasi o'ziga xosligi hamda tasvir ruhiyati, ifoda mustaqilligi va kompozitsion yaxlitlikning tutgan vazifaviy o‘rni manzarasini Nazar Eshonqulning ikki novelladan iborat “Taqiq mevasi” romani misolida tadqiq qilingan.
Magistrlik dissertatsiyasining «Kirish» qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, iilmiy yangiligi, asosiy masalalari va farazi, uslubi, nazariy hamda amaliy ahamiyati yoritiladi.
Ishning birinchi bobi “Adabiy talqinda janr va ijodiy niyat sintezi” deb nomlanib, u ikki fasldan iborat. Ma'lumki, badiiy psixologizm - inson ruhiyatini idrok etish, tahlil qilish natijasi o'laroq, badiiy asarda aks ettirilgan ruhiy holatlar tasviri, yozuvchi psixologik tahlillarining mahsulidir. Yozuvchi bevosita badiiy matnda psixologik tahlil qilmaydi, balki o'z qahramonining ruhiy olamini, ruhiy holatlarini tasvirlaydi, aks ettiradi, "chizadi". Tasvir yo'siniga muvofiq, roman voqelik psixologizmi hamda xarakter badiiy tadrijini falsafiy mushohada qatlamida to'laqonli umumlashtirishga intiladi.
“Davr ruhiyati va tasvir yo’sini yaxlitlashuvi” deya nomlanadigan ikkinchi bobi ikki fasldan iborat bo'lib, unda asosan, badiiy asar kompozitsiyasi tuzulishi, syujet va syujet liniyalari, ularning umumiy kompozitsiyani hosil qilishdagi badiiy-estetik funksiyasi, g'oya va obraz kabi masalalar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Uchinchi bob “Badiiy shartlilik va poetik mahorat uyg’unligi” deya nomlanadi. Ushbu bobda magistrant adib asarining yaratilishdagi poetik mahorati yoritiladi, tasavvur hamda taassurot tushunchalarini farqlab, shu asosda tahlil qilishga harakat qilgan. Ayniqsa, asar yaratishda muallif uslubining o'ziga xosligi, mustaqillik davri milliy adabiyotshunosligimiz uchun ahamiyati haqida nazariy umumlashmalar chiqaradi.
To'g'ri, magistrlik dissertatsiyasida imlo xatolari, 2-3 boblarda bahstalab o'rinlar, uslubiy jihatdan maromiga yetmagan fikrlar ko'zga tashlanadi. Biroq, juz'iy nuqsonlar tadqiqotning ilmiy-nazariy qimmatiga sira rahna solmaydi.
Umuman, QQDU 5A120101 - Adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) mutaxassisligi bitiruvchisi Shahanov Bobur Choriyevichning “Nazar Eshonqulning “Taqiq mevasi” nomli ikki novelladan iborat romani poetikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Nizomda belgilangan talablarga javob beradi va uni tugallangan tadqiqot sifatida yaxshi ishlar qatorida munosib baholanishga loyiq, deya hisoblayman
Taqrizchi: Z. Kabulova
QQDU O’zbek tili va adabiyoti
kafedrasi datsenti, (PhD)
Do'stlaringiz bilan baham: |