Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari


-diagramma.O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari jami regulyativ kapitalining nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi, foizda.18



Download 68,72 Kb.
bet11/12
Sana30.05.2023
Hajmi68,72 Kb.
#946392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari

2-diagramma.O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari jami regulyativ kapitalining nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi, foizda.18
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, 2013-2015-yillarda respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitali miqdorining nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi pasayish tendensiyasiga ega bo’lgan.
2016-yilda esa, ushbu ko’rsatkichning 2015-yilga nisbatan sezilarsiz darajada o’sishi kuzatilgan. Buning ustiga, tahlil qilingan davr mobaynida tijorat banklarining regulyativ kapitalini makrodarajada yetarli bo’lmaganligi kuzatilgan. Chunki, tijorat banklarining regulyativ kapitali makrodarajada yetarli bo’lishi uchun regulyativ kapitalning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi 6 foizdan kam bo’lmasligi lozim.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish maqsadida, fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Monetar siyosatning bozor tabiatiga ega bo’lgan instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati, depozit siyosati) foydalanish amaliyotini takomillashtirish yo’li bilan majburiy zaxira siyosatidan voz kechish lozim.
2. Devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidan olib tashlab, uni banklarning daromadi sifatida hisobga olish va zaxirani o’tgan-yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllantirishni yo’lga qo’yish lozim.
Buning natijasida, birinchidan, tijorat banklari kapital bazasining barqarorlik darajasi oshadi, ikkinchidan, Bazel qo’mitasining tijorat banklari regulyativ kapitalining tarkibini shakllantirishga qo’yilgan talablarini bajarish yo’lida bir jiddiy qadam qo’yiladi.
3. Davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar qo’llash orqali tijorat banklari aksiyalarining investitsion jozibadorligini oshirish va shuning asosida banklar regulyativ kapitali hajmining o’sish sur’atini nominal yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atidan yuqori bo’lishiga erishish zarur.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda jadal iqtisodiy rivojlanishlar davrida tijorat banklarining regulyativ kapitali yetarliligini ta’minlsh muhim ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakat bank tizimining barqarorlik darajasini oshirish imkonini berdi. Xususan, tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan talablarni bosqichma-bosqich oshirib borilishi bank tizimining barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
2016-2017-yillarda respublikamiz tijorat banklarining regulyativ kapitali miqdori o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan. Buning ustiga, mazkur davr mobaynida tijorat banklari regulyativ kapitalining yetarlilik darajasi Bazel standarti talablaridan qariyb 2-3 barobar yuqori bo’lgan. Mazkur holatlar tijorat banklarining barqarorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tijorat banklarining regulyativ kapitali yetarliligini ta’minlash sifatida:
1. Monetar siyosatning bozor tabiatiga ega bo’lgan instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati, depozit siyosati) foydalanish amaliyotini takomillashtirish yo’li bilan majburiy zaxira siyosatidan voz kechish lozim.
Buning natijasida majburiy zaxira siyosatining tijorat banklarining likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta’siri barxam topadi.
2. Devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidan olib tashlab, uni banklarning daromadi sifatida hisobga olish va zaxirani o’tgan-yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllantirishni yo’lga qo’yish lozim.
Buning natijasida, birinchidan, tijorat banklari kapital bazasining barqarorlik darajasi oshadi, ikkinchidan, Bazel qo’mitasining tijorat banklari regulyativ kapitalining tarkibini shakllantirishga qo’yilgan talablarini bajarish yo’lida bir jiddiy qadam qo’yiladi.
3. Davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar qo’llash orqali tijorat banklari aksiyalarining investitsion jozibadorligini oshirish va shuning asosida banklar regulyativ kapitali hajmining o’sish sur’atini nominal yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atidan yuqori bo’lishiga erishish zarur.
Ushbu o’rinda moliyaviy imtiyozlar deganda investorlarning tijorat banklarining oddiy aksiyalaridan oladigan daromadlarini foyda solig’idan ozod qilish, muammoli kreditlar bo’yicha garovga olingan mulklarni mulk solig’iga tortmaslik va banklar tomonidan chiqarilgan uzoq muddatil obligatsiyalarni banklarning birinchi darajali kapitali tarkibida hisobga olishga ruxsat berish kabi imtiyozlar ko’zda tutilmoqda.
Buning natijasida tijorat banklari kapitallashish darajasini xalqaro bank amaliyotida umume’tirof etilgan me’yoriy andoza talablari darajasida bo’lishi ta’minlanadi.

Download 68,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish