Bog'liq Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari
Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari Reja:
Kirish 3
1. Tijorat banklarinin bank kapitali va uning tarkibi. 4
2. Tijorat banklarining bank kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablar. 11
3. Bank kapitali tarkibining Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari 18
4. Banklarning birinchi darajali kapitali yetarliligi bo’yicha mavjud
muammolar tahlili va samaradorligini oshirish yo’llari 23
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 33
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo’nalishi ya’ni “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilishga, mаkrоiqtisоdiy bаrqаrоrlikni yаnаdа mustаhkаmlаsh vа yuqоri iqtisоdiy о’sish sur’аtlаrini sаqlаb qоlish bоrаsidа bаnk tizimini islоh qilishni chuqurlаshtirish vа bаrqаrоrligini tа’minlаsh, bаnklаrning kаpitаllаshuv dаrаjаsi vа depоzit bаzаsini оshirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishga alohida urg’u berilgan1.
Bank xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va bank kapitali tarkibining optimal darajasini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Kapitalning adekvatlik darajasi banklarning operatsion faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan risklarni kamaytirib, ularning moliya bozoriga erkin kirib borishini ta’minlaydi.
Bozor munosabatlarining tez sur’atlarda rivojlanishi, pul mablag’lariga bo’lgan talabning oshib borishi va mablag’larning chegaralanganligi, bankka resurslarni jalb qilish va moliyaviy resurslarning bank tizimi orqali qayta taqsimlanishini optimal olib borish mamlakatimizdagi tijorat banklaridan ular kapitalining yetarli hamda bank faoliyati daromadi va likvidligini ta’minlaydigan darajada bo’lishini talab etadi.
Kurs ishi tarkibi kirish, to’rtta reja, xulosa va takliflar, foydlanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlaridan iborat.
Kurs ishining birinchi rejasi Tijorat banklarinin bank kapitali va uning tarkibiy qismlari haqida keltirilgan.
Kurs ishining ikkinchi rejasida Tijorat banklarining regulyativ kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablarning tahliliy ko’rsatkichlari, amaliy holatlari yoritib berilgan.
Kurs ishining uchinchi rejasida Banklarning regulyativ kapitali yetarliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish yo’llari haqida keltirilgan.
Kurs ishining to’rtinchi rejasida Bank kapitali yetarliligi bo’yicha Xalqaro talablar va ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari haqida keltirilgan.
Kurs ishining xulosa qismida Tijorat banklarining regulyativ kapitali yetarliligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar va ushbu harakatlarning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni va kelajakdagi istiqbollari haqida taklif va xulosalardan iborat.