1-jadval
Tijorat banklarining turlari va ularning bir biridan farq qiluvchi jihatlari16
№
|
Tasnifiy belgilari
|
Farq qiluvchi o’ziga xos jihatlari
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Mulkchilik shakliga qarab
|
Davlat banklari
Aktsioner banklar
Kooperativ banklar
Xususiy banklar
Mintaqaviy banklar
Qo’shma banklar
Xorijiy banklar
|
2.
|
Bajariladigan operatsiyalariga qarab
|
Universal banklar
Maxsus banklar (investitsiya banklari, eksport import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, Zamin banki va h.k.)
|
3.
|
Faoliyat ko’rsatish hududi yoki joylashgan joyiga qarab
|
Xalqaro bank; Respublika miqyosidagi bank; Mintaqaviy bank; Viloyat banklari
|
4.
|
Tarmoq yo’nalishiga qarab
|
Sanoat banki; Qurilish banki; Qishloq xo’jalik banki; Savdo banki va h.k.
|
Tijorat banklari o’z ustaviga ega bo’lib, shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Bank ustavida: bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va qaerda joylashganligi (pochta manzili); ustav kapitalining miqdori, muassislar ro’yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari xaqidagi ma’lumotlar; bank auditi tartibi, shu jumladan, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Bank ustavida «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning 8-moddasida belgilangan yuqoridagi talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagilarni, ya’ni: bankka yuridik shaxs maqomini berish to’g’risidagi nizom; bankka qarashli muassasalarni ro’yxati, ularning maqomi; bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish tartibi; faoliyat to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi); O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaro munosabatlarini ham o’zida aks ettirgan bo’lishi lozim.
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyadorlik ja’miyatlar va mas’uliyati cheklangan ja’miyatlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak. Tijorat banklar ustaviga o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi va ular belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda quyidagilar hisoblanadi: vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari, jamg’armalar va yig’malarni mujassamlashtirish; hisob-kitob to’lov mexanizmining faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, xalk xo’jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to’lov muomalasini yo’lga qo’yish; alohida xo’jalik birliklari, yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik aylanmasiga kredit-moliya xizmati ko’rsatish; veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o’tkazish; moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash; mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish (trast operatsiyalari).
Zamonaviy bank vazifalarini quyidagicha tasvirlash mumkin (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |