Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


-§. Tijorat banklari investitsiya portfelini



Download 0,84 Mb.
bet8/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

1.2-§. Tijorat banklari investitsiya portfelini

boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari
Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarish – bu banklarning investitsiya strategiyasida bajariladigan ishlar tarkibi, hajmi, qiymati, sifati va ishtirokchilar manfaatlari ta’minlanishi bo’yicha erishish uchun boshqaruvning zamonaviy usullari, texnika va texnologiyasidan foydalanish yo’li bilan aniq maqsadlarga samarali erishishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish metodologiyasi (san’ati).

Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarish moliyaviy menejmentning asosini tashkil etish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy menejment shunday tizimki, bunda bankni boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan faoliyat amalga oshiriladi. Moliyaviy menejment, bir tomondan, muayyan qonuniyatlariga ega boshqariluvchi tizim bo’lsa, boshqa tomondan, bankni boshqarishning umumiy tizimi tarkibi sifatida boshqaruv tizimi hisoblanadi.

Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarishning muhim tarkibiy qismi investitsion menejment hisoblanadi. Investitsion menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi:

– rejalashtiruvchi – investitsiya strategiyasi va siyosatini ishlab chiqishni amalga oshirishdagi boshqaruv jarayoni stadiyasi. Investitsiya strategiyasi bank siyosati bilan bevosita bog’liqdir va uning barqarorligi va joriy hamda istiqbolli davrdagi ishonchliginini ta’minlashga yo’naltirilgan;

– tashkiliy – ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasi va siyosatini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan talab, o’zlik va jalb etilgan mablag’lar nisbatini, mablag’larni jalb etish shakllarini aniqlashni talab etadi. Strategik investorlarni, birmuncha foydali investitsiya portfellarni, investitsiya jarayonining maqsadga muvofiq boshqarilishini tashkil etish algoritmini (tartibi) izlab topish muhim hisoblanadi;

– muvofiqlashtiruvchi – investitsiya faoliyatidan samarali natijani olish uchun investitsiya jarayonining har bir bosqichida monitoring va investitsiya siyosatida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishga yo’naltirilgan barcha harakat va chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiya bozoridagi kon’yunktura o’zgarishi bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni moslashtirish zarur hisoblanadi.

Tijorat banklarida investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’ladi:

– bankning xizmat ko’rsatish salohiyati va iqtisodiy o’sishini ta’minlash;

– investitsiya portfelining daromadliligini maksimallashtirish;

– investitsiya faoliyati, investitsiya portfeli risklarini minimallashtirish;

– investitsiya portfelining risk va daromadliligini hisobga olgan holda tahlil qilish, tanlash va baholash (yana bir bor).

Shunga ko’ra, tijorat banklarida investitsiya menejmentining maqsadi ko’proq foyda (daromad) keltiruvchi va kamroq riskka ega bo’lgan investitsiyalarni, investitsiya loyihalarini tanlashdan iboratdir. Investitsiya menejmentining o’zi – bu bir san’atdir. Uning ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u sabab investorda boshqa investorlarga nisbatan ko’proq daromad olish va nisbatan kamroq riskka duchor bo’lishga imkon beruvchi investitsiya obyektlari, loyihalarini izlab topish va tanlash imkoniyati yaratiladi va o’z maqsadi va usutnligiga erishadi.

Shunga ko’ra aytish mumkinki, nijorat banklari investitsiya porftelini boshqarish – bu investitsiya portfeli bo’yicha barcha moliyaviy resurslar qiymatini saqlash va uni ko’paytirishga qaratilgan samarali tadbirlar tizimi.

Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarish ma’lum bir uslub va tamoyillarga tayanib, maxsus menejer yoki boshqaruv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarishda menejer mavjud resurslardan foydalanish bo’yicha strategik yo’nalish mavjud bo’ladi. Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarishni turli sxemalar asosida ham amalga oshirish mumkin va uni quyidagi variantlarda ifodalash mumkin18:

1. «Asosiy» tizim. Bunda menejeri buyurtmachining vakili («agenti») hisoblanadi va u qabul qilinadigan qarorlar uchun moliyaviy javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Menejeri bo’lib, professional boshqarish uchun litsenziyaga ega bo’lgan har qanday loyiha ishtirokchilari – yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Mazkur holatda loyiha menejeri buyurtmachidan tashqari loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat yuritishi mumkin emas va loyihaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlashi zarur.

2. «Kengaytirilgan boshqarish» tizimi. Mazkur tizimda menejer qat’iy, cheklangan (smeta) baho doirasida loyiha uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Menejer banklarning investitsiya portfeli bo’yicha jarayonlarni boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlaydi. Bunda ham «asosiy tizim»dagi singari har qarnday yuridik yoki jismoniy shaxs – professional boshqarish litsentsiyasiga ega bo’lgan va buyurtmachi oldida o’z majburiyatlari bo’yicha javob berishga qodir bo’lgan loyiha ishtirokchisi loyiha menejeri bo’lishi mumkin.

Tijorat banklari investitsiya porftelini boshqarishda investitsion menejerning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

– tijorat banklarining investitsiya faoliyatini ta’minlash;

– investitsiya strategiyasi va taktikasini belgilab olish, aniqlash va tanlash;

– banklarning investitsiyaviy biznes-rejasini tuzish;

– investitsiya portfeli bo’yicha risklarni pasaytirish va turli qo’yilmalar daromadliligini oshirish;

– investitsiya maqsadlariga muvofiq holda bank investitsiya portfelining moliyaviy holatini baholash;

– investitsion qimmatli qog’ozlarning miqdori va sifatini aniqlash;

– investitsion portfelni optimallashtirishga erishish;

– investitsion portfelning to’g’riligini ta’minlash;

– investitsiya portfelining investitsion jozibadorligini baholash va prognozash;

– investitsiya portfeli samaradorligini baholashni amalga oshirish;


  • investitsiya portfelini rejalashtirilishi va operativ boshqarilishini amalga oshirish;

– investitsiya jarayoni muvofiqligini ta’minlash.

Bu esa, o’z navbatida, investitsion menejerning o’ta tajribali, yuqori malakali, kuchli bilimga ega mutaxassis bo’lishini talab etadi. Shunga ko’ra, u investitsiya menejmenti nazariyasi, buxgalteriya hisobi, mikro va makroiqtisodiyot, texnik va fundamental tahlillar tamoyillari, matematik modellashtirish, asosiy qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, soliqqa tortishga oid qonunchilikni juda yaxshi bilishi lozimdir. Bu menejer loyihaga taalluqli axborotlarni izlab topish, to’plash, guruhlash, ularni tahlil qilish va shu asosda biznes-reja tuzish tajribasi va amaliyotiga ham ega bo’lishi zarur.

Ma’lumki, tijorat banklari investitsiya porftelini samarali boshqarish, ko’p jihatdan, boshqaruv tizimiga bog’liq bo’lib, ushbu tizim kelishilgan strategiya va asoslangan rejaga (o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimiga muvofiq faoliyatni tashkil etish, yakuniy natijalarga erishishda har bir manfaatdor loyiha ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish) muvofiq zarur vositalar yordamida tegishli tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi. Uni quyidagi 2-rasm yordamida ifodalaymiz19:




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish