Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


I BOB. TIJORAT BANKLARI INVESTITSIYA PORTFELINI BOSHQARISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI



Download 0,84 Mb.
bet4/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

I BOB. TIJORAT BANKLARI INVESTITSIYA PORTFELINI BOSHQARISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1-§. Tijorat banklarining iinvestitsion faoliyat

taraqqiyotini ta’minlashdagi roli
Tijorat banklari – bank tizimining quyi bo’g’ini bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisoblanadigan barcha operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir.

Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir. Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari, xalq xo’jaligini mablag’ bilan ta’minlash, sug’urta operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqarishni amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi sifatida xalq xo’jalik dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar.

Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning: nima bilan shug’ullanishini; qanday operatsiyalarni bajarishini; qanday sifatlarga egaligini; o’ziga xos xususiyatlarini; asosi nima bilan belgilanishini; ichki tizimi qandayligini tushunib etmoq lozim.

Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini harakterlovchi tasodifiy savollar yig’indisi emas, balki uslub bo’yicha qo’yiladigan aniq savollarni ko’rib chiqishni talab etadi. Bunday yondoshish bankka quyidagilar nuqtai nazaridan ta’rif berishga asos bo’lishi mumkin: bank tashkilot yoki muassasa sifatida; bank korxona sifatida; bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida; bank vositachi korxona sifatida; bank birja agenti sifatida; bank kredit beruvchi korxona sifatida.

Bankka tashkilot nuqtai nazardan qarash ko’z oldimizga boshqaruv apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday korxona singari mustaqil xo’jalik sub’ekti ekanligiga ishonch hosil qildiradi. Bank faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. Haqiqatdan ham banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», taqsimlash sohasida faoliyat ko’rsatib tovarlar ayirboshlashini amalga oshiradi.

Bank etarli miqdorda mablag’ to’plab turli qarz oluvchilar talabini har xil muddatli kreditlarni tanlash imkoni bergan holda ssuda foizi bilan ta’minlab qondiradi. Bu holda bank ikki sub’ekt - qarz beruvchi va qarz oluvchini tanishtiruvchi sifatida vositachi rolini o’ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir qator xizmat turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni bajarishlari mumkin. Lekin bu bilan ular bank bo’la olmaydilar. Bank vositachi sifatida bir qator oddiy vositachilardan farq qiluvchi, ya’ni ham qarz beruvchi ham qarz oluvchi hamda ular o’rtasida aloqa bog’lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir.

Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog’liq birja agenti sifatidagi tasavvurlarlar 20 - yillarda paydo bo’lgan. Bunda banklar mustaqil ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishi mumkin.

Va, nihoyat banklar valyuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi, korxona va aholi tomonidan qo’yilgan bo’sh mablag’larga to’lovlar berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan kreditning rivojlanish natijasida paydo bo’lgan Shu erda bank faoliyatining savdo tashkiloti sifatidagi ta’rifdan farqini qayd etish kerak. Savdoda tovar o’z mulk egasini o’zgartirsa, kreditlashda esa mulk egasi o’zgarmaydi.

Tijorat banklari bir biridan quyidagilar bilan farq qiladi (1-jadval).

Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo’yicha aktsioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va hozirgi paytda ham omonatchilar, kichik va o’rta biznes korxonalarga xizmat ko’rsatish asosan unchalik katta bo’lmagan xususiy banklar hissasiga to’g’ri keladi. Xususiy banklar: iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi yuqori ilg’or investitsiya-loyihalariga yo’naltirilgan mablag’larning ko’payishiga; kichik tadbirkorlarga bank xizmati ko’rsatish saviyasining oshishiga; yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish