Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimiz tijorat banklarining investitsion faolligini yanada kuchaytirishga imkon yaratadi va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Tijorat banklarining moliyaviy faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar xorijlik iqtisodchi olimlardan R.Mvesigva, M.Jozep, I.Nabetalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, tadqiqot ishlari orqali tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kredit va investitsion faoliyat bilan bog’liq riskli jarayonlar o’rganilgan5. N.Christine, M.Magnan, A.Hammami, Ya.Li kabi iqtisodchi olimlar kredit uyushmalari va tijorat banklari faoliyatida risk jarayonlarini baholashning umume’tirof etilgan xalqaro normativlari va baholash ko’rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish orqali milliy reyting baholash tizimini shakllantirish jarayolarini tadqiq etadilar6. J.M.Keyns inqiroz sharoitida tijorat banklarining kredit va investitsion faoliyatini tadqiq etadi. Tadqiqot jarayonlarida tijorat banklari kapitalining marjinal samaradorligi va uzoq muddatli taxminlar holati o’rtasidagi integratsion bog’liqlik tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga asosan tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish tizimini takomillashtirishda banklar barqaror resurs bazasini kengaytirish, depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish taklifi keltiriladi7.
M.R.Kadjaeva tomonidan tijorat banklarining aktiv operatsiyalari samaradorligini oshirishda qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish-ning o’rni, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishda investitsiya xatarlarini tasnifi va ularni baholash tizimi bilan bog’liq ilmiy tadqiqot izlanishlari amlga oshirilgan8. M.M.Dandamaev o’z tadqiqotlari orqali investitsiyalarni boshqarishga ta’sir qiluvchi omillarni va tijorat banklari tomonidan portfel investitsiyalarida foydalaniladigan moliyaviy vositalar-ning iqtisodiy mohiyatini tahlil qiladi va tijorat banklarining investitsion xatarlarini tahlil qilishda miqdoriy xavfni o’lchashning maxsus usullarini qo’llashni taviya qiladi9. L.M.Voloshchenko, A.S.Kirizleevalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot izlanishlarida tijorat banklari investitsiya faoliyatining nazariy jihatlari, investitsiya muammolari va ularni hal qilish yo’llari bilan bog’liq jarayonlar o’rganiladi. Shuningdek, tijorat banklarining investitsiya portfelini shakllantirishda rentabellik va tavakkalchilik hamda investitsiya qilingan mablag’lar miqdorini hisobga olgan holda yondashuvlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etiladi10.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan T.Karaliev, T.Bobakulov, Sh.Abdullaevalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar orqali tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishda ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorining ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalariga asosan tijorat banklarining oddiy va imtiyozli aksiyalarini ushbu bozorda doimiy oldi-sotdi ob’ektiga aylanishi, tijorat banklari investitsiya portfelini shakllantirishning muhim asosi sifatida e’tirof etiladi11. Sh.L.Ubayevaning tijorat banklari barkarorligini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlarida tijorat banklarida risklarini o’lchash va monitoring qilish, bank xizmatlari bozorida differentsiatsiya va faoliyat davri diversifikatsiyasini takomillashtirish, bank xizmatlarini tashkil etish va uning barqarorligini ta’min-lashda xorij tajribasini o’rganish hamda samarali boshqaruv mexanizmining respublika banklarida balansdan tashqari faoliyatlarini kengaytirish evaziga takomillashtirish bilan bog’liq yo’nalishlar o’rganiladi12. O.Sattorovning ilmiy izlanishlari orqali investitsiya portfelini boshqarishning diversifikatsiyalashgan tizimini bank likvidliligini ta’minlashga ta’siri tadqiq etiladi13. F.Dodiev tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rivojlantirishda qimmatli qog’ozlar bozorida o’z qimmatli qog’ozlarini joylashtirish va bozordan turli qimmatli qog’ozlarni sotib olishni tashkil etish jarayonini ajratib kshchrsatadi. Mamlakatimiz tijorat banklari investitsiya faoliyatini takomillashtirishda qimmatli qog’ozlarning daromadlilik koeffitsentiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqligi ta’kidlanadi14. X.Otamurodov tadqiqotlarida banklarda resurs bazasini kengaytirish, depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish orqali tijorat banklari investitsiya portfelini qo’llab-quvvatlash jarayonlarini o’rganilgan15.
Yuqoridagi tadqiqotlarda tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati, investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish va qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni risk darajasini oshirish omillari bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etilgan. Ammo, ikkilamchi fond bozorining likvidlik darajasi past bo’lgan sharoitda qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini amalga oshirishni rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarning riskini sug’urtalash, tijorat banklarining strategik investitsiya dasturlarida qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikatsiya qilish jarayonlari tadqiq etilmagan.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida guruhlash, deduktsiya va induktsiya, ilmiy mushohadalash, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi tadqiqot qator tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya natijalarining nazariy ahamiyati tijorat banklarining investitsion portfelini samarali boshqarishga bag’ishlangan maxsus, mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib borilishida keng ko’lamda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Dissertatsiya materiallaridan «Investitsiya loyihalarini boshqarish» va «Investitsiya siyosati» fanlarining o’quv dasturini o’qitishda va o’quv-uslubiy majmualarni takomillashtirishda foydalanish mumkinligi ishning amaliy ahamiyatini ifodalaydi.
Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O’zbekistonda tijorat banklarining investitsiya portfelini samarali boshqarish, investitsiya portfelini boshqarishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, isloh etishga bag’ishlangan ilmiy konseptsiya, qonunlar, qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Ish tarkibiy jihatdan kirish, 3 bob, 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 81 betni tashkil qiladi. Ishda 11 ta rasm va 7 ta jadval keltirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati bayon qilingan.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida tijorat banklarining investitsion faoliyat taraqqiyotini ta’minlashdagi roli yoritilgan hamda tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari ochib berilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining ikkinchi bobida tijorat banklarining investitsiya portfeli tahlil qilingan hamda tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning hozirgi zamon amaliyoti tadqiq etilgan. Tahlil va tadqiqot natijalari asosida muhim ilmiy xulosalar shakllantirilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining uchinchi bobida tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning jahon tajribasi o’rganilgan va tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari asoslab berilgan.
Dissertatsiyaning xulosa qismida O’zbekistonda tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarish yuzasidan umumiy xulosalar shakllantirilgan va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |