Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


-rasm. Zamonaviy banklarning vazifalari17



Download 0,84 Mb.
bet6/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

1-rasm. Zamonaviy banklarning vazifalari17

Tijorat banklarining strategik maqsadi ularning strategik vazifalarini belgilab beradi. Ular quyidagilardan iborat: kadrlar siyosatini kuchaytirish; bank biznesini olib borishning xalqaro andozalari va printsiplarini joriy etish; xalqaro moliya institutlari va banklari bilan o’zaro munosabatlarni rivojlantirish; bankning ichki fond bozoridagi mavqeini mustahkamlash, davlat qimmatbaho qog’ozlariga qo’yilmalarni ko’paytirish; tuman filiallari va viloyat boshqarmalari darajasida va ular kliringini bosh bank darajasiga yagona korporativ tarmog’ini qurish; elektron plastik kartochkalar tizimni joriy etish, bankomat va elektron terminalar tarmog’ini kengaytirish, kredit hisob-kitob kartochkalariga xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirish; o’z depozit bazasini ko’paytirish; lizing xizmat va shuningdek, iqtisodiyotning aniq sektorini to’g’ridan-to’g’ri kreditlashni kengaytirish; bank marketingini mijozlar bazasi marketingi bilan muvofiq holda joriy etish va keng ko’llash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan ichki qoida va tamoyillarni takomillashtirish; bank infratuzilmasini rivojlantirish; bankka xalqaro reyting agentliklarining reytingini berish bo’yicha tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.

Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so’z ketganda, dastlab jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining ularga bo’lgan ehtiyoji doirasida so’z yuritish maqsadga muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini anglatadi.

Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:


  • jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etadi;

  • qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag’lar beradi;

  • milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;

  • pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;

  • iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;

  • bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;

  • aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.

Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish tsiklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.

Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta taqsimlab beradi.

Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o’ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.

Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o’tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.

Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish