mlrd. so’mda
|
% da
|
mlrd. so’mda
|
% da
|
mlrd. so’mda
|
% da
|
mlrd. so’mda
|
% da
|
mlrd. so’mda
|
% da
|
Jami birja savdolari hajmi
|
161
|
100
|
299,8
|
100
|
298,6
|
100
|
687,3
|
100
|
438,8
|
100
|
Banklar
|
141,4
|
87,8
|
151,7
|
50,6
|
257,6
|
86,3
|
591
|
86
|
319,5
|
72,8
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz fond birjalarida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan savdo aylanmalarining 70 foizdan yuqori ulushi tijorat banklari hissasiga to’g’ri keladi. Quyidagi jadvalda O’zbekiston bank tizimining investitsiya operatsiyalarini ayrim asosiy ko’rsatkichlarga (mamlakat YaIMga, bank tizimi aktivlariga, kreditlariga) nisbati berilgan (4-jadval). Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining hajmi mamlakat YaIMga nisbati tahlil etilayotgan davrda 2,0 foizga ham etmayapti.
4-jadval
O’zbekiston tijorat banklari tomonidan qilingan
investitsiyalarning ayrim asosiy ko’rsatkichlarga nisbati (% da)30
Investitsiyalarning nisbati
|
01.01.2016 yil
|
01.01.2017 yil
|
01.01.2018 yil
|
01.01.2019
yil
|
01.01.2020
Yil
|
YaIMga nisbatan
|
1,37
|
1,61
|
1,36
|
0,93
|
0,63
|
Bank tizimining jami aktivlariga nisbati
|
3,68
|
3,98
|
2,46
|
1,77
|
1,17
|
Bank tizimining jami kreditlariga nisbati
|
5,62
|
5,73
|
3,71
|
2,27
|
l,51
|
Masalaning qiziq jihati shundaki, aynan, mamlakatimiz tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining hajmi tahlil etilayotgan davrda o’sish emas, balki pasayish holatiga ega bo’lib turgan bir paytda bank tizimi asosiy ko’rsatkichlari, aktivlari, kreditlari, kapitali va depozit hajmi absolyut summada sezilarli darajada o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan.
Tahlillar va o’rganishlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatining zaifligining asosiy sabablaridan biri mamlakatimizda fond bozorining faoliyati yetarli darajada rivojlanmaganligidir. Xususan, “Toshkent” Respublika fond birjasida aksiyalarning jami qiymati joriy yil boshida 25 trln. so’mni tashkil etib, bu YaIMga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko’rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztagayam bormaydi. Bugungi kunda 599 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmokda”31.
Biz quyida AT “Aloqabank” investitsion portfeli hajmining o’sishi bilan bank aktivlari o’sishini taqqoslashni maqsad qildik. Bu orqali bankning investitsion portfeli o’sish darajasiga xulosa beramiz. 6-rasm ma’lumotlarida oldingi chorakka nisbatan o’zgarish olingan. Shuningdek, statistik ma’lumotlarning ko’lamini kichraytirish maqsadida ular natural logarifmlangan. Rasm ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, AT “Aloqabank” aktivlari doimiy o’sish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. Ammo, bankning investitsion portfeli hajmining o’zgarishi yillar davomida betartib o’zgargan. Ushbu tijorat bankining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion hamda oldi-sotdi operatsiyalariga yo’naltirgan resurslari aktivlari o’zgarishiga bog’liq holda amalga oshirilmagan. Buni ular o’rtasidagi korrelyatsion koeffitsient orqali ham ko’rishimiz mumkin va bu ko’rsatkich -0,11 ga teng bo’lmoqda. Ya’ni ushbu ikki ko’rsatkich o’rtasida mantiqiy bog’liqlik mavjud bo’lmagan.
6-rasm. AT “Aloqabank” investitsion portfeli va jami aktivlari
Do'stlaringiz bilan baham: |